50
Asosiy afzallik, turli usullar bilan pishiradi.
Sizdan voz kechishingiz kerak bo'lgan eng asosiy narsa - oziq-ovqat va ziravorli ovqatlarni iste'mol qilish.
15-raqamli stolning tarkibi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
karotin (sabzi, qovoq, yashil piyoz, kantalup, Bektoshi uzumni, xurmo, qalampir, greyfurt, pomidor);
retinol (baliq yog'i, jigar, viburnum, ikra, yog ', bedana tuxumlari, brokkoli,
dengiz qoldiqlari, istiridye);
tiamin (jigar, kepek,);
nikotinik kislota (yerfıstığı, dengiz baliq, qo'ziqorin, sabzavot, jigar, yovvoyi guruch);
riboflavin (karam, sholg'om, no'xat, mol go'shti, bodom, sut mahsulotlari);
askorbin kislotasi (yovvoyi gul, archa, dengiz shimoli, smorodina, kivi, petrushka);
va boshqa foydali foydali qazilmalar (qo'ng'iz, sut mahsulotlari, ismaloq, donalar, loviya, sabzavot
mahsulotlari).
Yuqoridagi vitaminlarga asoslanib, o'zingizning oziq-ovqatingizni mustaqil ravishda tanlashingiz mumkin.
Tabiiy ovqatlantirish
. O’quv qo’llanmaning oldingi boblarida ta'kidlaganimizdek, inson ovqat bilan
birga tana quvvati uchun sarflanadigan kuch va uning asosiy modda almashinuvini ta'minlovchi
zaruriy
moddalarni qabul qiladi. Bunday holat, o’sayotgan organizm, ya'ni bola uchun alohida ahamiyatga ega.
Ovqatlanishni organizm talablariga monand bo’lishi bolani immun holati, salbiy reaksiyalarga qarshilik
qobiliyati, jismoniy va ruhiy rivojlanishini bevosita belgilaydi. Ovqatlantirishdagi nomutanosibliklar ayniqsa,
uning hayotining birinchi yillarida sezilarli salbiy ta'sir ko’rsatadi. Chunki ayni
shu davrda bola tanasining
vazni, uzunligi, ichki a'zolar va tizimlarning rivojlanishi hamda immun holati tez rivojlanadi. Ushbu
jarayonlarni to’laqonligini ta'minlash ovqat mahsulotlari tarkibida asosiy va qo’shimcha moddalarning, ya'ni
vitaminlar, mikroelementlar, mineral tuzlar va boshqalar bo’lishini taqozo qiladi. Shu boisdan ham erta
yoshdagi bolalar sog’ligini saqlashga qaratilgan tadbirlar orasida ularni yetarli darajada va monand
ovqatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarni tabiiy ona suti
bilan boqish
ovqatlantirishning eng monand va fiziologik usuli hisoblanadi. Qiz bolaning ko’krak bezi ularning yetilish
davrida tez rivojlanadi va bu jarayon homiladorlik hamda ko’zi yorish davrida ko’zga yaqqol tashlanadi.
Ko’krak bezini homiladorlikni dastlabki 2 - 3 oyida rivoj topishi mammogenez deb ataladi. Bola ko’krak bilan
emizilayotganda sut hosil bo’lish jarayonida laktogenez (sut ajralishining kuchayishi) galaktopoez (sutni bez
bo’shliqlarida yig’ilishi) va avtomatizm bosqichi (sut ajralishining boshlanishi) kuzatiladi. Jahon sog’liqni
saqlash «Baby friendly hospital» nomli dasturiga binoan ko’krak suti bilan ovqatlantirishning qo’llab -
quvvatlovchi 10 ta tamoyillar amaliyotga keng tadbiq qilingan:
Ovqatlantirish qoidalariga jiddiy amal qilishni tibbiyot xodimlari va homilador ayollarga yetkazish;
Tibbiyot xodimlarini chaqaloqlarni ko’krak suti bilan boqish ko’nikmalari bo’yicha o’qitish;
51
Barcha homilador ayollar va onalarni bolani ko’krak suti bilan boqishning afzalliklari va usullari
haqidagi ma'lumotlar bilan ta'minlash;
Ko’zi yorigach, onalarga dastlabki 30 daqiqa ichida bolani ko’krak suti bilan boqishga ko’maklashish;
Emizikli onalarni bolasini ko’krak
suti bilan boqish, sut ajralishini saqlash hamda bola vaqtincha
yonida bo’lmagan paytda sutni to’g’ri sog’ib olishga o’rgatish;
Tibbiy mo'nelikdan tashqari holatlarda, yangi tug’ilgan chaqaloqqa ona sutidan boshqa taom yoki
suyuqlik bermaslik;
Ona va bolani bir xonada bo’lishini ta'minlash;
Bolani emishini uning talabiga ko’ra amalga oshirish;
Bolalarga tinchlantiruvchi vositalar va ko’krak o’rniga (sơrg’ich, shisha idish)
boshqa narsalarni
berishni man etish;
Onalar orasida ko’krak suti bilan boqish guruhlarini tashkil etishni qo’llab - quvvatlash va
rag’batlantirish, barcha homilador va emizikli ayollarni tug’ruqxonadan chiqgach ushbu guruhlarga yuborish.
Dostları ilə paylaş: