73
Ergotizm — ovqatda Clavicers purpurla zamburug‘i bilan zararlangan g‘allani iste’mol qilish natijasida
vujudga keladi. Donda qorakosov (Scale cornutum) zamburug‘lari rivojlanadi. Qorakosov, asosan, javdar,
kamroq arpa va bug‘doy boshoqlarida uchraydi: to‘q
binafsha, deyarli qora rangli, uzunligi 1—3 sm bo‘lgan
zamburug‘. Qorakosovdagi zaharli moddalar yuqori haroratga chidamli va uzoq muddat saqlanganda ham
zaharli xususiyatini yo‘qotmaydi. Qorakosovdan yaxshi tozalanmagan g‘alla
unidan tayyorlangan non va
taomlar zaharli xossalarga ega bo‘ladi va ergotizm — surunkali zaharlanishni keltirib chiqaradi.
Klinikasi.
Ergotizm konvulsiv (talvasa tutadigan) yoki gangrenoz turlardan birida yuzaga chiqadi. Konvulsiv turda
me’daichak yo‘llari va asab sistemasi zararlanadi. O‘ziga xos belgilari: so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qusish,
qorinning sanchib og‘rishi, uyquchanlik,
tananing hamma mushaklari, ayniqsa, bukiladigan mushaklarning
tortishib qisqarishi, nerv tolalari bo‘yicha og‘riq namoyon bo‘ladi. Og‘ir hollarda gallyusinatsiya, es-xushning
kirarli-chiqarli bo‘lib qolishi va ruhiy holatning buzilib turishi (depressiv-manyakal holat) va tutqanoqsimon
hurujlar qayd qilinadi.
Gangrenoz turda, asosan, tomir-asab sistemasi zararlanadi. Bunda sianoz, oyoq-
qo‘llarda og‘riq, oyoq barmoqlarida,
keyinroq yuz, ko‘krakda nekroz paydo bo‘ladi. Nekrozlar odatda, quruq
gangrena ko‘rinishiga o‘tib, jonsizlangan to‘qimalar ko‘chib tushadi. Profilaktikasi. Profilaktikasi.
Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. G‘allani qorakosovdan tozalash shart.
Dostları ilə paylaş: