Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


ALIMENTAR TOKSIK ALEYKIYA (SEPTIK ANGINA)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/82
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#188634
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

ALIMENTAR TOKSIK ALEYKIYA (SEPTIK ANGINA) 
Alimentar toksik aleykiya yoki septik angina qishda qor tagida qolib ketgan g‘allani iste’mol qilish 
natijasida paydo bo‘ladi. Erta bahorda qorlar eriganda oftob ta’sirida dalalardagi g‘allada nam va issiq muhit 
hosil bo‘lib, bu Fusarium sporotrichiella Fusarium sporotrichiella Fusarium sporotrichiella Fusarium 


72 
sporotrichiella Fusarium sporotrichiella var, sporotrichioides var, sporotrichioides var, sporotrichioides var, 
sporotrichioides var, sporotrichioides turkumidagi zamburug‘ning ko‘payishiga imkon beradi. 
Zamburug‘larning hayot faoliyati natijasida g‘allalarda zaharli moddalar yig‘iladi, bular issiqqa g‘oyat 
chidamli, 120°C haroratda 2 soat mobaynida ham parchalanmaydi. Zaharli moddalar odamlar, hayvonlar va 
parrandalarga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Kasallikning tarqalishi bahor faslining oxiri va yozning boshlarida 
zaharlangan g‘alla mahsulotlarini iste’mol qilgandan 1—3 hafta o‘tgandan keyin kuzatiladi. Ba’zi vaqtlarda
kasallik belgisi (noxushlik, og‘izning burishishi, yutishning qiyinligi, kam bo‘lsa-da, ko‘ngil aynish, qusish, 
ich ketish alomatlari) kuzatiladi. Zamburug‘ toksinlari bilan zararlangan g‘alla mahsulotlaridan tayyorlangan 
non iste’mol qilingandan bir necha soat o‘tgandan keyin ham bu alomatlar kuzatiladi. Aleykiya kasalligining 
boshlanishi qon paydo qilish a’zolari faoliyatining buzilishi bilan ifodalanadi. Kasallikning rivojlanishida 
qonda leykopeniya hamda qon tanachalarining hosil bo‘lishida depressiya (trombopeniya, gipoxrom 
anemiya) alomatlari kuzatiladi. Leykotsitlarning miqdori 1:109/l kamayishi (1 mm3 da 1000 va undan ham 
kam) eritrotsitlarning soni esa 1,8:1012/l (1800.000) gacha kamayishi mumkin. Kasallik asta-sekin 
rivojlanadi. Avvaliga tomoqning yallig‘lanishi va yengil gastrit paydo bo‘lib, umumiy holat biroz o‘zgaradi, 
so‘ngra qonda leykotsitlar miqdori 3000—4000 gacha, hatto 800 va undan ham kamayadi. Bu leykopeniya 
bosqichi deyiladi. Keyinchalik qon tarkibida o‘zgarishlar kuchaya boradi: leykotsitlar miqdori 1 mm3 da 
400—200 gacha pasayadi. Gemoglobin miqdori ham keskin pasayadi. Kasallik og‘irlashib, teriga gemorragik 
toshmalar toshadi. Tomoqning difteritik yallig‘lanishi bilan birga, og‘ir angina belgilari rivojlanadi. So‘ngra 
nekrotik va hatto gangrenoz angina paydo bo‘ladi. Nekrotik jarayon bodomcha bezlarga, yoychalariga, 
tilchaga, burun-halqum halqasiga va hatto lunj shilliq pardasiga tarqaladi. Natijada komaning klinik manzarasi 
rivojlanishi mumkin. Bu anginali gemorragik bosqich deyiladi. Zamburug‘larning ba’zi bir shtamplari 
nefrotrop xossaga ega bo‘lgan zahar ajratadi. 1960-yilda Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviyada olingan g‘alla 
zamburug‘i zaharlari oqibatida buyrak va siydik yo‘llari kasalligi qayd etilgan. Siydik yo‘llari kasalligiga 
duchor bo‘lganlarning 1/3 qismida poliplar va karsinomalar topilgan. Bunday kasalliklar zararlangan g‘alla 
mahsulotlaridan tayyorlangan taomni iste’mol qilganlarda ko‘proq uchragan. Shuning uchun ham endemik 
nefropatiya deb atalgan. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Dalada, qor 
ostida qolib ketgan g‘allani ovqatga ishlatmaslik kerak. G‘allani yig‘ish va almashtirish sanitariya nazorati 
ostida amalga oshiriladi. G‘alla boshoqlari qolib ketgan dalalarni erta haydash tavsiya etiladi. Fuzarium 
zamburug‘i tushgan g‘allani umuman ovqatga (hayvonga ham) ishlatish mumkin emas, chunki hayvonlarda 
ham bu kasallik kuzatiladi. Bu g‘alladan texnik qayta ishlash (xususan spirtga) maqsadida foydalanish 
mumkin, xolos. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin