Maqola haqida


Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi



Yüklə 184,4 Kb.
səhifə2/11
tarix17.09.2023
ölçüsü184,4 Kb.
#144690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Loyih\' ishi

Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

  • -“Men” konsepsiyasi;

  • -hissiyotlar va ularni boshqarish;

  • -ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.

    Ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasida bola o‘z “Men” i va boshqa insonlarni hayotiy faoliyti to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi:
    -o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi
    -o‘zgalarning hissiyoptlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi
    - kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi
    - murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi
    Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘quv yili bo‘yicha tashkil qiladi. Rivojalanish sohalari bo‘yicha maqsadlar jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakillantirish safda bir, ikki, to‘rt kishi bo‘lib yurish ijtimoiy-hissiy (emotsional) rivojlanish, o‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rganish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bolaning og‘zaki nutqini yoshiga muvofiq mustahkamlash ijodiy rivojlanish hamkorlikdagi faoliyatga ijobiy munosabatni shakillantirish, ritm hissini, musiqani his etish fazilatini harakatlarda ritmik ifodalilikni tarbiyalashdan iboratdir.
    Adabiyotlar tahlili
    Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi va bilim olishiga oid ilmiy izlanishlar, bolaga yo‘naltirilgan amaliyotda juda muhim sanaladi. Mazkur izlanishlarda J. Piaje, L.S.Vigotskiy, Erikson va boshqalarning ilmiy qarashlari bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘z-o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko‘zda tutadi. Jumladan, Shvetsiyalik psixolog Jan Piajening, Avstriyalik psixiatr, psixolog Z.Freyd, Sobiq Ittifoq olimi D. B. Elkoning nazariyalaridan tadqiqotimizda keng foydalanildi. U. Djeyms bolada “Men” konsepsiyasini “Men-yaratuvchi” va “Men-obyekt” ga bog‘lagan. “Men” konsepsiyasini ko‘pincha yo‘naltirilgan tushunchalar sifatida aniqlandi. Uning ichida “Men” uchta tarkibiy qismlarga ajratiladi:

    • Kognitiv qism - “Men” qiyofam (inglizcha- Selg image), o‘z ichiga shaxsning o‘zi haqida taassurotini qamrab oladi.

    • Emmotsional qadriyatlar (affektiv) - o‘ziga shaxs sifatida, o‘z faoliyatiga bo‘lgan munosabati. Bu tarkibiy qism, boshqacha aytganda, o‘z-o‘ziga baho berish tizimiga o‘zini baholash tizimi (inglizcha-self-esteem) kiradi.

    Axloqiy fe‘l - atvor qism, bu kognitiv va baholash qismlarining fe‘l - atvorida namoyon bo‘lishini xarakterlaydi. Masalan: nutqda, o‘zi haqidagi fikrlarda o‘zini anglab ko‘rsatadi.5
    Amerikalik psixolog E.Torndayk bolalarning «tabiiy kuchlari» va «tug’ma mayllar»ini hissiy rivojlanishning yetakchi omili qilib ko‘rsatib, muhitning, ta’lim-tarbiyaning ta’siri-ikkinchi darajalidir, deb aytadi. Avstraliyalik psixolog K. Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb ta’kidlaydi. Amerikalik pedagog va psixolog D. Dyui - inson tabiatini o‘zgartirib bo‘lmaydi, odam ehtiyojlari va psixik hususiyatlari bilan tug‘iladi. Bu ehtiyojlar va psixik hususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo‘lib, ba’zida o‘zgarishi, tarbiyaning esa miqdorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi. Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yuzaga kelgan yana bir ta’limot - sotsiogenetik kontseptsiya - qobiliyatlarning taraqqiyotini faqat tevarak-atrofdagi muhitning ta’siri bilan tushuntiradi. K.Gelvetsiyning ta’limotiga ko‘ra, barcha odamlar aqliy va ahlosiy rivojlanishi uchun tug‘ilishdanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo‘ladilar. Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina muhit va tarbiyaning turlicha ta’sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. Bu nazariyaning xorijiy mamlakatlardagi hozirgi turli namoyondalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy muhitning g‘oyat darajada muhim roli borligini e’tirof etadilar. Shuningdek, rossiyalik X. Shinchenkova professor olima maktabgacha yoshdagi 6-7 yoshli bolalarni o‘rganish orqali ularning hissiy jarayonlarini amaliy tadqiqotlarida batafsil yoritganligini o‘qish va natijalari bilan tanishib chiqish orqali o‘rgandik. Bu esa bizning tanlagan mavzumiz yuzasidan bir qator manbalarni o‘rganish orqali to‘laroq yoritishimizga kengroq imkon tug‘dirdi. O‘zbek olimlaridan esa Z. T. Nishonova, E. G‘oziyev, M. Xolnazarova, F. Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, D. Kamilovalar tomonidan biz tanlagan mavzuda tadqiqiy ishlarga qo‘l urilgan ekan. F.Qodirovaning “Maktabgacha pedagogika” o‘quv darsligida 6-7 yoshli bolalarning bilish jarayonlari, jumladan ulardagi ijtimoiy-hissiy rivojlanish jarayonlari va ularni rivojlantish haqida bir qator nazariy ma’lumotlar berilganligini ko‘rishimiz mumkin. Unda 6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari, bolani maktabga tayyorlash jarayonida ta’lim olishga tayyorlash, o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozimligi haqida fikrlar keltirib o‘tilgan. Z.T.Nishonova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullayeva, M.X.Xolnazarovalarning “Rivojlanish psixologiyasi pedagogik psixologiya” kitobida bu yoshda bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanish jarayonida yuz beradigan inqirozlarni o‘rganilgan. Unga ko‘ra, maktabgacha yoshda bola o‘zini jismoniy alohida mustaqil individ sifatida anglashdan, o‘z hissiyot va kechinmalarini anglashgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi6. O‘z uyida yaqinlariga nisbatan quyidagi xulq-atvorni namoyon etadi: bolaga gapirganda javob reaksiyasi orasida tanaffusning paydo bo‘lishi, ota-ona tomonidan buyurilgan ishni bajarishda vaqtni cho‘zish, quloq solmaslik, qaysarlik, talabchanlik, injiqlik, maqtovni kutish kabi xulq-atvor shakllarini namoyon qiladi. Professor Y. Nurumbekovaning maktabgacha ta’lim va uni O‘zbekistonda yangi istiqbollari haqidagi ko‘plab tadqidiy ishlari ham biz tanlagan mavzuga doir juda ko‘p ma‘lumotlarni taqdim etishiga guvoh bo‘ldik. Yani, yosh avlodni har tomonlama yuksak saviyali va sog‘lom qilib tarbiyalashdagi eng muhim ta’lim muassasasidan biri bu maktabgacha ta’lim ekanligi uning tadqiqotlarida yaqqol namoyon bo‘lgan. 6-7 yoshli bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishida jiddiy o‘zgarishlar jismoniy va fiziologik jihatdan rivojlanish, emotsional sohalaridagi rivojlanishlar yangi shaxsiy hayotga debocha hisoblanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pedagogika fanlari nomzodi dotsent G. Kushakova va S.Muzaffarovalarning “Maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy-hissiy rivojlanishida ijtimoiy omillarni o‘rni” nomli maqolasida ham bolalarning rivojlanishida ijtimoiy-hissiy munosabatlar tahlili haqida juda ko‘plab foydali ma’lumotlarga duch keldik. Bu kabi fikrlar biz tanlagan mavzu uchun juda ham kompetent bo‘la oldi. Shuningdek, boshqa ko‘plab internet manbalari orqali to‘plangan ma’lumotlar orqali tadqiqotimizning metodoligiyasiga ham o‘ziga xos usullar bilan yondashgan holda amalga oshirib, tahlil qildik va natijalarni keltirib o‘tdik.

    Yüklə 184,4 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin