Maqola haqida


-rasm. Maktabgacha yosh bolada psixik yetukligi.7



Yüklə 184,4 Kb.
səhifə5/11
tarix17.09.2023
ölçüsü184,4 Kb.
#144690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Loyih\' ishi

2-rasm. Maktabgacha yosh bolada psixik yetukligi.7

6-7 yoshli bolalarda psixik yetuklikni emotsional, intellektual, ijtimoiy kabi kichik ko‘rinishlarga bo‘lib o‘rganamiz. Emotsional yetuklik-emotsional barqarorlikda namoyon bo‘ladi. Intellektual yetuklik - idrokning differensiyasi, ixtiyoriy diqqatni to‘plash, analitik tafakkurni charxlashda yuzaga chiqadi. Bunga misol qilib biz, bilim olishga qiziqish, og‘zaki nutqqa ega bo‘lish kabilarni kiritishimiz mumkin. Ijtimoiy yetuklik-bolalar bilan muloqotda bo‘lish ehtiyoji, bolalar guruhiga qiziqish va ularni an’analarga bo‘ysunishini o‘z ichiga oladi.8




TADQIQOT NATIJASI
Bola shaxsini tadqiq qilish bu juda murakkab jarayondir, sababi ko‘pgina shaxsni tadqiq qilish metodlari katta yoshli odamlarga mo‘ljallangan va bolani o‘z-o‘zini tahlil qilish imkoniyatlariga asoslanmagan. Bundan tashqari psixodiagnostika yordamida o‘rganaladigan shaxs sifatlari maktabgacha tarbiya yoshida to‘liq shakllanmagan va beqarordir. Biz rivojlanish sohalaridan ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasiga alohida to‘xtalib o‘tamiz. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasiga qo‘yilgan davlat talablari” asosida ishlab chiqilgan takomillashgan “ Ilk qadam” dasturida jtimoiy- hissiy rivojlanish sohasi bolalarni kattalar va tengdoshlar bilan muloqotchanligini shakllantirish va ularning atrofdagilarga nisbatan hissiy kechinmalari ifoda etish jarayonlariga qaratilingan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borgan bolalar bilan bormagan bolalar o‘rtasidagi juda katta farq mavjud. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bola jamoa bilan tanishadi, do‘stlar orttiradi, mashg‘ulotlar davomida jamoa bo‘lib ishlash, yutuqlardan zavqlanish, g‘oliblik sari intilish hislari bolada uyg‘onadi. Irodaviy fazilatlari rivojlanadi. Bu esa ularning kelajagi uchun albatta foydalidir. Bu yoshdagi bolalar tengdoshlari bilan mehr-muhabbat, iliq tuyg‘ular va mamnunlik hissi bilan aloqada bo‘ladi. Bola o‘ziga yaqin bo‘lgan kattalarning ruhiy holatini tushunadi, dardlariga hamdard bo‘lishni o‘rganadi. Bolalar maqtovga ham, tanqidga ham juda ta’sirchan munosabatda bo‘lishadi. Bu paytda bolalar hissiyotlarga o‘ta beriluvchan bo‘ladi. Chunki ular ayni shu davrda juda sezgir va zaif bo‘lib qolishadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, bu jarayonlar hozirgi davr bolalariga xos ajralib turadigan xususiyatlaridan biridir. Bolalar teleekranlarda namoyish etilayotgan multfilm qahramonlariga taqlid qilishni boshlaydi. Salbiy qahramonlarga nisbatan nafrat uyg‘onadi. Ularning hatti- harakatlarini atrofdagilarga solishtiradi. Bu turli xil qo‘rquvlarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Bola ertak qahramoni yoki xayoliy yirtqich hayvonlardan qo‘rqishi mumkin. Bu jarayonlar ota-onalarni tashvishga solmasligi kerak. Sababi, bu davrdagi ajablanish, qo‘rqish kabi hissiyotlar boshqa hissiy jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu esa bolalarda salbiy hislatlarni o‘zlarida qo‘llamasliklari hamda yomon va yaxshi fazilatlarni ajrata olish qobiliyatini shakillanishiga sabab bo‘ladi.





Yüklə 184,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin