3-rasm. Psixolog va tarbiyachilarning 6 va 7 yoshli bolalar bilan ishlash jarayonidagi eng ko‘p foydalaniladigan metodlari
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari o‘qitishda bolalarning psixologik va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda hozirda qo‘llanilayotgan, shaxsni shakllantirish va har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va rejalar asosida ish oib borishlari kerak bo‘ladi. Tarbiyachilar 6-7 yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bolani alohida diagnostika qilishi va qulay faoliyat turi bilan tanishtirib hissiy jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishsa bu ish maqsadga muvofiqdir. 6-7 yoshli bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanish kompetensiyasini o‘rganish jarayonini yanada takomillashtirish uchun turli xil zamonaviy metodlarni qo‘llash maqsadga muvofiq. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 8-maktabgacha ta’lim tashkilotining 18 nafar pedagoglari 6-7 yoshli bolalar bilan ishlash jarayonida qanday metodlardan foydalanishadi ? Ushbu savolga 15ta (85%) respondent bola bilan ishlash jarayonida ko‘p holatlarda diqqatni rivojlantiruvchi metodlardan foydalanishini takidlab o‘tishdi, 2ta (13.5%) respondent xotirani rivojlantiruvchi metodlardan foydalanishini takidladi, 1ta (1.5%) respodentlarimiz maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun metodlardan foydalanmasligini takidladi.
Bolaga tarbiya berishda Maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘rni qanday degan savolga ota-onalardan iborat 54ta (89.5 %) respondent o‘rni katta, 4ta (7%) respondent unchalik ahamiyatga ega emas, 2ta (3.5%) respondent bola tarbiyani uyda oladi deb javob bergan. Mashhur psixolog Z.Freyd, bolaning ijtimoiy emotsional rivojlanishida, Maktabgacha ta’limning o‘rni juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Bu savolnoma orqali ota-onalar farzandlarini rivojlanish jarayonlarida maktabgacha ta’lim taskilotlarini o‘rnini ijobiy baholashlarini aniqladik. (4-rasm)
4-rasm. Bolalarning Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish zarurligi va so‘rov natijasi (foizda)
Bolaga tarbiya berishda, eng avvalo, qaysi xususiyatlarga e’tibor berish kerak degan savolimizga 18nafar respondentlarimizdan 1ta (14%) respondent bolaning yoshiga, 7ta (41%) respondent ruhiy holatiga, 10ta (55%) respondent qiziqishlariga deb javob berishdi. Jan Piaje bolaga tarbiya berishda, eng avallo, uning qiziqishlarini inobatga olish lozimligi haqida o‘z nazariyalarida alohida takidlab o‘tgan. Savolnoma natijasiga ko‘ra tarbiyachilar bolaga tarbiya berishda qiziqishlariga qarab ish olib borishlarini aniqladik. (6-rasm)
Dostları ilə paylaş: |