Maqola haqida



Yüklə 184,4 Kb.
səhifə8/11
tarix17.09.2023
ölçüsü184,4 Kb.
#144690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Loyih\' ishi

W-kamchiliklari.
Tarbiyachilardan ijtimoiylashuvda va “Men” konsepsiyasida haqida tushunchalarning yetishmasligi.
Yetakchi mutaxassislarni yetishmasligi.
Bolalar o‘rtasida bir-birni kamsitish rivojlanganligi.
Didaktik mashg‘ulotlardan o‘rinli foydalana olmaslik.
Ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi.
Infratuzilmalarning (texnik resurslarni) yetishmasligi.

O-imkoniyatlari.
Rivojlanishda kognitiv imkoniyatlarni beradi.
Hissiy rivojlanish orqali bolani dunyoqarashni rivojlantirishga imkon beradi.
Hamkorlikda ishlash orqali bolaning ijtimoiy-hissiy holatidan habardor bo‘lishi.
Bolani jamoaga, muhitga, tengdoshlari bilan munosabatda erkin bo‘lish imkonini beradi.

T-tahdidlar.
Tarbiyachining o‘rnini boshqa jamoa a‘zolari egalalshi.
ONMTTni nufuzi ortib borishi.
MTTlarda bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlanishida ko‘mak beruvchi mutaxassis psixologlarni yetishmasligi.
Bilish jarayonlarini rivojlantirishda zamonaviy metodlardan to‘g‘ri foydalana olmaslik.



TADQIQOT MUHOKAMASI

Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha tug‘ma va egallangan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Bolaning hissiy rivojlanishi – bu uning idrokining rivojlanishi va ob’ektlarning tashqi xususiyatlari: ularning shakli, rangi, o‘lchovi, fazodagi holati, shuningdek hidi, ta’mi haqidagi g‘oyalarini shakillantirishdir. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy rivojlanishning ahamiyatini yaxshilash, atrofimizdagi dunyo haqidagi g‘oyalarni to‘plash uchun eng qulaydir.


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6-7 yoshli bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishiga tizimli yondashuv asosida kattalar va tengdoshlari bilan muloqatchanlikka o‘rgatish hissi, psixologik zo‘riqishlarga nisbatan bardoshli bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashishimiz lozim. Bolalar jamoasini shakllantirish axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘liq. Bunda bolalar o‘z xulqlarining jamoa manfaati bilan bog‘liqligi haqidagi bahoni eshitadilar. Bola jamoa fikri va bahsi bilan hisoblashsa, o‘zining jamoa uchun zaruriyatini sezsa, u bilan g‘ururlansa, umumiy hayotning yoqimli va quvonchli bo‘lishi uchun intilsa, bu jamoaning yetarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi. Bola muassasaga kelishi bilan bolalar jamoasining a’zosi bo‘lib qoladi, u boshqa bolalar bilan o‘ynashi, mehnat qilishi, kelishishi kerak bo‘lsa yon bosishi o‘rganib oladi. Tarbiyachi bunda har bir bolaning hissiy – ijtimoiy qobiliyatini alohida baholab kuzatib borishi kerak. 6-7 yoshdagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida ularda paydo bo‘ladigan xilma-xil ehtiyoj va qiziqishlar juda katta ahamiyatga ega. Chunki ehtiyoj va qiziqishlar bolalani u yoki bu harakatga undovchi, ularni ishga soluvchi stimul (omil) hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiya ishidagi bolalar organik ehtiyojlardan tashqari ijtimoiy va intellektual ehtiyojlarning dastlabki kurtaklari yuzaga kela boshlaydi. Masalan, tarbiyalanuvchi bolalar hali yaxshi gapira olmasalar ham, haddan tashqari qiziquvchan bo‘ladilar. Ular ko‘zlariga ko‘ringan har bir narsani qo‘llari bilan timirskilab ushlab ko‘rmagunlaricha tinib-tinchimaydilar. Tarbiyalanuvchi bolalarda uchraydigan mana shunday qiziquvchanlik ularda intellektual ehtiyojlarning yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. 6-7 yoshdagi bolalar kattalarning samimiy diqqatiga va hamkorlikda ish olib borishga intilmaydi, balki kattalar bolalarni hurmat qilishlarini, o‘zaro tushunishlarini xohlaydi. Bu yoshdagi bolada tengdoshlari bilan muloqot qilish, boshqalar bilan o‘zini solishtirish, taqlid qilishga nisbatan ehtiyoj kuchayib boradi. Faoliyatda ya’ni o‘yin, mahsuldor faoliyatda tengdosh-sherigi sifatida qatnashadi. Tengdoshlari bilan muloqot davrida bolalar o‘yinda va boshqa faoliyatda ma’lumotlar, rejalar, vazifalarning taqsimlanishi asosida birgalikda faoliyat olib borishga intiladi. A. S. Makarenkoning fikricha, bolalarning o‘yin faoliyatlari ularni jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishlari uchun birdan-bir vositadir. Katta odamlar uchun mehnat faoliyati qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, bolalar uchun o‘yin shunchalik ahamiyatga ega. “Yaxshi o‘yin faoliyati- deydi A. S. Makarenko-yaxshi bajarilayotgan mehnatga o‘xshaydi. Mana shuning uchun bolalar o‘yin faoliyatida o‘zlarini qanday namoyon etsalar, katta bo‘lganlaridan so‘ng mehnat faoliyatlarida ham ko‘p jihatdan o‘zlarini shunday namoyon etadilar”. A. S. Makarenkoning bu fikri bolalarning o‘yin faoliyatlari orqali ularda yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalash imkoniyati naqadar katta ekanligiga ahamiyat bilan qarashni taqozo etadi. O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning shakliga, ya’ni ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan, ma’lum malaka, ko‘nikma hamda elementar tushunchalarga ega bo‘lishi kerak. Bularga esa bola faqat o‘yin faoliyati tufayligina erishadi.Yoshga qarab muloqot bolaning hissiyotini, o‘zaro tushunishini, tengdoshlariga nisbatan hissiy yaqinlikni tasvirlay boshlaydi. 7 yoshga borib bola tengdoshining shaxsiy xususiyatlarini ajrata boshlaydi ya’ni “qiziqarli o‘yinlarni o‘ylab topadi”. Bitta guruhda birnecha yil birgalikda yurgan bolalar jamoasi yetarlicha jipslashgan oila hisoblanadi. Bolalarning muloqot qilish intensivligi va kengligi aniq ko‘rina boshlaydi. O‘yin davrida bolalar jamoalarning turg‘unligi osha boradi, jamoa 4-5ta kishidan tashkil topadi ayniqsa, o‘g‘il bolalar jamoalarda bolalarning soni 8-9 ta bolani tashkil qiladi. 6-7 yoshdagi bolalarda muloqotga kirishish malakasi yuqori bo‘ladi. Bolalar tomonidan beriladigan taklif, iltimos, baholanish ancha asoslangan holda ifodalanadi. Maktabgacha yosh davridagi bolalar rivojlanishining turli jihatlarini har tomonlama o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabning birinchi sinflari bilan taqqoslaganda bolalar maktabga tayyorgarlik guruhlarida o‘qiyotganda ular o‘zlarini xotirjam, psixologik jihatdan erkin va o‘ziga bo‘lgan ishonchni his qilishadi. Shunday qilib, bola mustaqil bo‘lishni xohlaydi, shuning uchun siz unga bu imkoniyatni berishingiz kerak. U chizishni, plastilin va loydan asarlar yaratishni orzu qiladi – biz bunday holatlarda bolalarga erkinlik berishimiz kerak. Bolalar tengdoshlari bilan muloqot qilishni xohlaydi, do‘st bo‘lishni, janjallashib, sabr qilishni, kechirim so‘rashni va kechirishni o‘rganadi. Bu hayotiy tajribani to‘plashdir, Iijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish va atrofdagi dunyoni bilishga imkon beradi.


Yüklə 184,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin