XULOSA VA TAKLIFLAR
XULOSA
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, bolada o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Rasman maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov maskani hisoblansada, aslida bolalar tug‘ilishi bilanoq maktabga tayyorgarlik boshlanadi-desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘z oila a‘zolari va do‘stlari-atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatlari orqali ular boshqalarga mas’ul bo‘lish, tashqi dunyoga qiziqish va yangi qobiliyatlarni o‘zlashtirish ishtiyoqini rivojlantirish singari muhim tayyorgarlik ko‘nikmalarini o‘rganadilar. Bundan tashqari, ular o‘zlarining ota-onalari, tarbiyachilari va aka-ukalaridan farqli alohida faoliyat bilan shug‘ullanadigan individual shaxslar ekanliklarini anglab boradilar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6-7 yoshli bolaning ijtimoiy-hisiy rivojlanishida shaxslararo munosabatlarni yetarlicha shakillanmaganligi sababli bu yoshdagi bolalar atrofidagi ko‘p narsalarga noadekvat munosabatda bo‘lishmoqdi. Nega?-degan savolga bugungi kunda bolaning birinchi tarbiyachilari televizor va zamonaviy uyali aloqa vositalari, ekanligini javob qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Bilamizki zamonaviy uyali aloqa vositalari ko‘pincha yangilik sifatida qabul qilinadi va katta qiziqish bilan o‘rganiladi. Bunday qurilmalar har bittasi o‘zining orginal dizayni bilan ham e‘tiborni tortadi. Oqibatida bola shaxsida boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini e‘tiborsiz qoldirish, muloqotchanlikning yo‘qligi kabi holatlari uchrab turibdi. O‘z his-tuyg‘ularini boshqarishga harakat qilmaydigan bolalar aynan mana shunday “Qaram” bolalar orasidan chiqayotganligini kuzatishimiz mumkin. Bu asosan, juda kam komunikkatsiya qilish bilan ham tasniflanadi. Hozirda bolalar kun davomida qancha vaqtni shunday o‘tkazishi, ota-onalari ularga qancha vaqt ajratishlari haqida o‘ylab ko‘rishni fursati yetgan. Televideniya va uyali aloqa vositalariga qaramlik, bolaning ota-onalari, tengdoshlari bilan kommunikatsiyaning kamligi sababli 6-7 yoshdagi bolalarda ijtimoiy-hissiy rivojlanish yetarlicha bo‘lmay qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: |