TADQIQOT METODOLOGIYASI Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiylashuvi va emotsional rivojlanishini qiyosiy tahlil qilishda turli xil zamonaviy metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 8-maktabgacha ta’lim tashkilotining 18 nafar pedagoglari va 60 nafar tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan ijtimoiy psixologik so‘rovnoma o‘tkazildi. Shuningdek, SWOT tahlili yordamida zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim bo‘lgan bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi afzalliklari va kamchiliklari, imkoniyatlari hamda to‘siqlarini tahlil qilishga erishdik. Ushbu metodlar yordamida bola jamoa fikri va bahsi bilan hisoblashadi. Bola o‘zining jamoa uchun zaruriyatini sezishi, u bilan g‘ururlanishi, umumiy hayotning yoqimli va quvonchli bo‘lishi uchun intilishi, bu jamoaning yetarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi. Bola muassasaga kelishi bilan bolalar jamoasining a‘zosi bo‘lib qoladi, u boshqa bolalar bilan o‘ynashi, mehnat qilishi, kelishishi kerak paytda yon bosishni o‘rganib oladi. Tarbiyachi bunda har bir bolaning hissiy – ijtimoiy qobiliyatini alohida baholab borishi kerak. 6-7 yoshli bolalar oilada uy ishlariga ota-onasiga ko‘maklashishi lozim. Uy mehnatida ishtirok etish orqali bolada saramjonlik, mehnatsevarlik, estetik did, ma’suliyatlilik sifatlari shakllana boshlaydi. Bolalar o‘zlari o‘ynaydigan, dam oladigan xonani yig‘ishtirishi xonalarni bezatish, taom pishirishda ota-onasiga ko‘maklashishi orqali o‘zlarida kichik motivatsiyalarni shakllantiradi. Bolaning hissiy rivojlanishda ota-ona yaxshi o‘rtoq bo‘lishi, uni boshqalar bilan bir qatorda qo‘yishi, farzandi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi ularning rivojlanishida ijobiy tasir ko‘rsatadi. Ota-ona bolalarning xohishlarini inobatga olishi, qiziqishlarini o‘rganishi, yutuqlarini baholab rag‘batlantirib turishi kerak. (1-rasm)
Bolalar faolligini oshiradi.
Bilim olishni osonlashtiradi.