Maqsad: a) ta'limiymaqsadi – o’quvchilarga naqsh turlarini o’rgatish.
b) tarbiyaviymaqsadi –o’zgalar hunarini ,mehnatini qadrlashga, iboli bo’lishga o’rgatish
v)rivojlantiruvchimaqsadi – turli kashtachilik namunalarini tikishni o’rgarish
d) kompetensiya elementlari: Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar,naqsh elementlari. Naqshlar chizish. Kashtachilik ranglari va tikiladigan kashta uchun rang tanlay oladi.
Dars turi:nazariy,amaliy
Dars metodi: guruhlarga bo’lib
Dars jihozi: 1) metodik qo’llanmalar.
2naqshlardan namunalar , qaychi, qalam,qog’oz.
Darsni borishi:1) Tashkiliy qism. a) salomlashish , davomat, tozalik, darsga tayyor ligini tekshirish.b) uy vazifa va amaliy ish uchun jihozlarni tekshirish.
O’tilgan mavzularni yodga solish: 1)fartukni qanday turlari bor?
2) dazmollash usullarini ayting? Yangi mavzu bayoni: Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda katta ahamiyatga ega.Kashta tikishni bilish orqali , kiyimlarni yangilab olish, ko’p gina kerakli buyumlar: salfetkalar , panno, fartuk, yostiq jilidlari, yaqin kishilarga sovg’alarni bezash va tayyorlah mumkun. Kashta tikish sanatining ko’p asrlik tarixi bor. Arxeo logik topil malarda yozilishicha , qadimdan uy-ro’zg’or buyumlari- sochiq lar, to’r hoshiya, dasturxonlar , bayram va kundalik kiyimlar, peshbandlar, boh kiyimlar va boshqa narsalar kashtalar tikib bezatilga. Kashta tikish usullari , gullar , ranglarning mujassamlanishi avloddan-avlodga o’tib takomollashib bordi. Sekin-asta eng yaxshi kashtalar tanlanib qoldi va milliy xususiyatlari bilan haraktwerlik betakror kashta namunalari yaratildi. Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullar bilan , ranglarni bir-biriga mosligi , to’la mutanosiblig, bajarish usullarining aniq ligi bilan ajralib turadi. Kashta tikilgan har bir buyum amlaliy vazifasiga to’g’ri keladi. Mamlakatimiz muzey larida xalq kashta chiligining ko’plab namunalari to’plangan, ayniqsa XiX asr kash talari eng yaxshi saqlanib, shu kunlargacha yetib kelgan. Kash tachilikda ishlatiladigan chok namunalaridan foydalanib kiyim lar, uy-ro’zg’or va xona anjiomlarini bezatish mumkun. Bu vaqt da albatta, xavfszlik qoidalariga amal qilish lozim, ya’ni kashta tikishda to’g’ri o’tirish, yorug’likni chap tomonidan tushib turishi , asbob- moslamalardan to’g’ri foydalanish kerak. Qo’lda kash ta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak bo’ladi. Bular:igna , angishvona, qaychi, santimetr tasmasi, gardish , turli xil iplar. Bularning hammasi maxsus qutichalarda saqlanishi kerak.
Kashtachilikda quyidagi choklardan foydalaniladi. Qaytma chok.Bu chok bir xil yiriklik dagi qaniqlarning uzluksiz qatoridan iborat bo’ladi. Ignani o’ngdan chapga yuritib, birin chi qaviq bilan shu qavq yirikligidagi oraliq hosil qilnadi. Ikkinchi qavqni tushirish uchun ip chapdan o’ngga yotqizib birinchi qavq tugagan joydagi nuqtaga igna sochiladida , qavq yirikligida o’ngga chiqariladi. Uchinchi va undan keyingi qavqlarni tushirishda , ular ning o’zidan oldingi qavq tugagan joyga igna sanchiladi. Qaytma chokni qaviqlar orasida ochiq joy qoldirib tiksa ham bo’ladi. Suv chok. Bir-biriga zich joylashgan qator qiya qaviqlardan iborat bo’ladi. Bu chokni chapdan o’ngga tomon yoki o’zidan oldinga qaratib yo’naltirib tikish mumkun. Suv chokni tikilayotganda ip doimo bir tomonda – chapda yoki o’ngda bo’lishi kerak. Tikilayotganda ip yo’nalishi ni o’zgartirib bo’lmaydi, chunki chokning strukturasi buzilib qoladi. Iroqsimonchok. Gazlamadan sug’irilib chiqiladigan ikkita ip izi bo’ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulining motividan tikiladi. Bunda kashta gulining goh u,goh bu tomoniga navbatma – navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan o’ngga tomon joylashtirilib boriladi.Gazlamaga igna sanchilgan oraliqlar bir xil bo’lishi kerak. Yo’lning o’rtasi bo’ylab qaviqlar chalishub boradi. Har bir yangi qaviq oldingi qaviq ustiga tushadi.