tebranuvchi tizimning xususiy chatotasidir.
Tenglikning hadlarini
ga bo’lsak, quyidagi ifodaga ega bo’lamiz:
Bu ifoda erkin so’nuvchi tebranishlarning differentsial tenglamasi deb ataladi. Bu yerda
,
so’nish koeffitsienti deb ataladi. (9.38) tenglamani quyidagi ko’rinishda ham yozish mumkin:
Bu tenglamaning yechimi
dan iboratdir. Bu yerda,
so’nuvchi tebranishning chastotasidir
Muhitning qarshiligi bo’lmagan holatda (
) (9.41) – ifoda tizimning xususiy chastotasiga
tenglashadi:
. (9.40) - funktsiya ko’rinishiga qarab, tizimning harakatini
chastotali,
amplitudasi vaqt bo’yicha o’zgaradigan quyidagi
so’nuvchi tebranish deb qarash mumkin. Bu yerda
- vaqtning boshlang’ich holatidagi tebranish
amplitudasidir.
9 - rasmda amplituda va siljishning vaqtga bog’liq egri chiziqlari keltirilgan. Egri chiziqlarning
yuqorigisi
funktsiya grafigini belgilaydi. Bu yerda
va
boshlang’ich momentdagi
amplituda va siljishning qiymatlaridir.
Boshlang’ich siljish
o’z vaqtida,
dan tashqari, boshlang’ich fazaga ham bog’liqdir:
Tebranishning so’nish tezligi
bilan aniqlanadi va u so’nish koeffitsienti deb ataladi.
Amplituda
marta kamayishga ketgan vaqt
ga tengdir. so’nuvchi tebranishlar davri
ifoda bilan aniqlanadi. Muhitning qarshiligi sezilarli
ravishda kichik bo’lganda
, tebranish davri
xususiy davrga teng bo’ladi:
so’nish koeffitsienti ortishi bilan tebranish davri orta boradi.
Bitta to’la davrning boshlang’ich va oxirgi holatlariga
mos keluvchi amplitudalar nisbati quyidagiga tengdir:
va u so’nish dekrementi deb ataladi. Bu ifodaning logarifmi so’nishning logarifmik dekrementi deb
ataladi:
So’nishning logarifmik dekrementi bir davr ichida amplitudaning nisbiy kamayishini xarakterlaydi,
so’nish koeffitsienti esa apmlitudaning birlik vaqt ichidagi nisbiy kamayishini ko’rsatadi.
Yuqorida ta’kidlangandek, so’nish koeffitsienti r qarshilik koeffitsientiga to’g’ri
va tebranuvchi
jismning massasiga teskari proportsionaldir.
(9.41) - ifodadan tsiklik chastota
xususiy chastota
dan kichikligi ko’rinib turibdi. Agarda
muhitning qarshiligi juda katta bo’lsa
dir, ildiz ostidagi
ifoda manfiy, tsiklik chastota
esa mavhum bo’ladi. Bu holatda jism davriy bo’lmagan - aperiodik harakat qilaboshlaydi (10 - rasm).
Dostları ilə paylaş: