eshitadi. Odamda tovush sezgisini uyg’otuvchi elastik to’lqinlarga tovush to’lqinlari deyiladi. Tovush
Tovushning intensivligi deb, tovush to’lqinlarining, tarqalish yo’nalishiga perpendikulyar
bo’lgan birlik yuzadan olib o’tadigan energiyasi bilan aniqlanadigan kattalikka aytiladi:
Tovush intensivligining SI dagi birligi:
To’lqin energiyasi to’lqin amplitudasi va chastotasining kvadratlariga to’g’ri proportsianal.
Shuning uchun ham to’lqin intensivligi to’lqin amplitudasi, chastotalarining kvadratiga to’g’ri
proportsional deyiladi. Shuni qayd etish kerakki inson qulog’ining sezuvchanligi turli chastotalar
uchun turlichadir. Kishida tovush tuyg’usini uyg’otish uchun har bir chastotaga mos ma’lum minimal
intensivlik mavjud. Agar intensivlik o’sha chegaradan oshib ketsa tovush eshitilmaydi va quloqda
og’rik qo’zg’atadi. Shunday qilib har bir to’lqin chastotasi uchun eng kichik (eshitish bo’sag’asi) va
eng katta (og’rik sezish bo’sag’asi) tovush intensivligi mavjuddir. 7 – rasmda eshitish va og’rik sezish
bo’sag’alarining tovush chastotasiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Ular orasida eshitish sohasi joylashgan.
Tovushning qattiqligi intensivlikka bog’lik bo’lgan kattalikdir. Veber-Fehner qonuni bo’yicha
intensivlik ortishi bilan tovushning qattiqligi logarifmik qonun bo’yicha ortadi:
eshitish bo’sag’asidagi tovush intensivligi bo’lib barcha tovushlar uchun
deb qabul
qilinadi.
kattalik tovushning intensivlik darajasi deyiladi va bel yoki detsibellarda
o’lchanadi.
1000 Hz chastotada, agar intensivlik darajasi
bo’lsa tovushning qattiqligi 1 fon bo’ladi.
Qattiqlikdan tashkari tovushni xarakterlovchi tovushning balandligi va tembri tushunchalaridan ham
foydalaniladi. Tovushning balandligi - tovush chastotasiga bog’liq bo’lib, eshituvchi tomonidan
aniqlanadigan, tovushning sifatidir. Chastota ortishi bilan tovushning balandligi ham orta boradi.
Tovushning tembri esa energiyaning ma’lum chastotalar orasida taqsimlanishini xarakterlovchi
kattalikdir. Masalan bir hil notada ashula aytuvchi honandalar turlicha energiya sarflaganlari uchun
turlicha tembrga ega bo’ladilar.
Dostları ilə paylaş: