Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Molekulaning xarakteristikalari. Molekulaning
kattaligi. Modda miqdori. Avogadro qonuni va Loshmit soni.
Molekulyar-kinetik nazariya asoslari.
Yuqorida qayd etilganidek barcha
moddalarning tuzilishi va
xossalari ular tashkil topgan, betartib harakatdagi molekulalarga bog`lik. O’tkazilgan ko’plab tajribalar
va nazariy xulosalar molekulyar-kinetik nazariyaning asosida yotuvchi ko’yidagi
uchta qoidaning
yaratilishiga olib keladi:
1.
Barcha moddalar juda kichik zarralar-atomlar va molekulalardan tashkil topgan. O’z
navbatida ular ham yanada kichikrok zarralardan (elektronlar, protonlar, neytronlar) tashkil
topgan.
2.
Moddalarning atomlari va molekulalari doimo uzluksiz xaotik
harakat holatida;
3.
Istalgan moddalarning zarralari orasida o’zaro ta’sir – tortishish
va itarish kuchlari
mavjuddir. Bu kuchlar elektromagnit tabiatga ega.
Dostları ilə paylaş: