10-ma’ruza O’simliklarning o’zaro bir-biriga bevosita va bilvosita ta’siri
Reja:
O’simliklarga bilvosita ta’sir. Orografik omil
O’simliklarga bevosita ta’sir. Biotik omillar
O’simliklarning o’simliklarga ta’siri
Hayvonlarning o’simliklarga ta’siri
Mikroorganizmlarning o’simliklarga ta’siri
Antopogen omil. Inson faoloyatining o’simliklarga ta’siri
Tayanch so’z va iboralar: bevosita, bilvosita, orografik, ekspozitsiya, rel’ef, fitogen, zoogen, mikribogen, antropogen, parazitlik, simbioz, ongli ta’sir, ongsiz ta’sir, agrofitosenoz
Orografik omillar. Bular bilvosita omil bo‘lib, o‘simliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmay, balki boshqa omillar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ular iqlim omillari orqali ta’sir etishi mumkin. Orografik omillarga dengiz sathiga nisbatan balandlik, yonbag‘irlarning eksiozitsiyasi (quyoshga nisbatan joylashganligi) va qiyalik kiradi. Orografik omillarning o‘simliklar qoplamiga ta’siri faqat yerning geografik kengli- giga (zonalarga) qapab emas, balki dengiz sathidan qanchalik balandlikda joylashganligiga qarab ham o‘zgarib turadi, Bu xolat ayniqsa tog‘li rayonlarda keskin namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, tog‘da har 100 metr ko‘tarilib borgan sari, temperatura 0,5° ga pasayib boradi. Shunga ko‘ra, o‘simliklar qoplami xam o‘zgarib boradi. O‘rta Osiyo o‘simliklar qoplamini o‘rgangan botaniklar, tekislikdan tog‘lar tomon ko‘tarilgan sari o‘simliklar qoplami xuddi geografik zonalarga qarab o‘zgargani singari ma’lum qonuniyatga muvofiq o‘zgarib borishini aniqlaganlar.
O‘rta Osiyoda dengiz sathidan ko‘tarilish darajasiga qarab, o‘simliklar mintaqalari ketma-ket keladi. Masalan, cho‘llar, adirlar, yaylovlar. Shu bilan birga har qaysi mintaqa o‘z navbatida ikki bosqichga bo‘linadi pastki va yuqorigi (bu O‘zbekistonlik botanik olim, akademik K.3.Zakirov tomonidan taklif qilingan). Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, har qaysi o‘simlik mintaqasining chegarasida-dengiz satxidan balandlikka ko‘tarilgan sari o‘simliklarniig balandligi, tanasining diametri, shox-shabbasining shakli, ba’zan hosilga kirish tezligi xam o‘zgarib boradi.
O‘simliklarniig tarqalishida ekspozitsiya va yonbag‘irlarning qiyaligi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, shimoliy yonbag‘irlar janubiy yonbag‘irlarga qaraganda sernam bo‘lib, o‘simlik qoplaminnng qalinligi bilan harakterlanadi. Janubiy yonbag‘irlarda issiqsevar va yorug‘sevar o‘simliklar o‘sadi. Adabiyotlarda, odatda, tog‘lardagi daraxtzorlar shimoliy yonbag‘irlar bilan bog‘lanib ketgan deb qayd qilinadi. Buni faqat tabiiy sharoit, yuqori darajadagi namlik va xilma-xil bo‘ladigan tuproq sharoitining muvofiq kelishi bilan izohlash mumkin. Lekin tog‘lardagi o‘simliklar qoplami qanday joylashganligiga diqqat bilan nazar tashlasak, tog‘ning qishloqdan ancha uzoq va odam borishi ancha qiyin bo‘lgan shimoliy va janubiy yonbag‘irlari o‘simliklar bilan qoplanganligini ko‘ramiz. Janubiy yonbag‘irlarning o‘rmonsizligini odam ta’siridan deb tushunsa bo‘ladi. Ma’lumki, janubiy yonbag‘irlarda qor ancha erta erib ketadi va O‘rta Osiyo aholisi ilgaridan bu yerlardan dehqonchilik maqsadlarida foydalanib kelgan. Buning natijasida janubiy yonbagirlar o‘rmonsizlanib qolgan.
Yuqorida aytilganidek o‘simliklarning tarqalishida yonbag‘irlarning qiyaligi muhim rol o‘ynaydi. Yonbag‘irning qiyaligi asosan tuproqning suv bilan ta’minlanish darajasiga, yog‘in miqdoriga, ayniqsa kuchli bo‘ladigan yog‘inlarga bog‘liq. Ma’lumki, anchagina tik yonbarirlardan suv juda tez oqib tushadi va tuproqni hamda u bilan birga o‘simliklarni ham ma’lum darajada yuvib ketadi. Kamroq qiya bo‘lgan yonbag‘irlarda esa namlik ko‘proq ushlanib qoladi va tuproqning chuqyp qatlamlarigacha nam kirib boradi. Bunday yonbarirlarda o‘simliklar qalin bo‘lib o‘sadi va rivojlanadi. Olib borilgan ko‘plab kuzatishlarda aniqlanishicha, yonbag‘irlar qiyaligining kritik burchagi 10-12° ga teng bo‘ladi. Yonbag‘irlarda shunday qiyalikdan boshlanib eroziya egatlari kuzatiladi. Yonbag‘ir qancha qiya bo‘lsa, u shuncha ko‘p isiydi, shunga mos ravishda o‘simliklari ham shuncha kam bo‘ladi.
Relef shakllarining xilma-xilligi, ularning tarkibiga bog‘liq xolda o‘simliklarning tarqalishi ayniqsa tog‘li rayonlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Lekin tekisliklarda ham orografik omillarning ta’siri yaxshi seziladi. Ko‘pincha chuqurliklar hosil bo‘ladigan joylarda suv ko‘p to‘planib qoladi, tepaliklarda esa bunga teskari holda tuproq namligi past bo‘ladi. Bu farq o‘simliklarning tur tarkibiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
Dostları ilə paylaş: |