Biotik omillar O‘simliklar tabiiy sharoitda kamdan-kam hollarda tevarak-atrofdan himoyalangan tur sifatida o‘sadi va faqat abiogen omillar kompleksi ta’sirini sezadi. Odatda, o‘simliklar guruh hosil qilib, boshqa komponentlar bilan birga, ya’ni hayvonlar, mikroorganizmlar, tuproq va boshqalar bilan u yoki bu darajadagi murakkab ekosistema tarkibiga kiradi. O‘simliklar hayvonlar, mikroorganizmlariing o‘zaro ta’siri alohida guruhni tashkil etuvchi biotik omillarni keltirib chiqaradi. Boshqacha aytganda, biotik omil deganda, barcha tirik organizmlarning yashash protsessida o‘zaro va bir-biriga nisbatan ma’lum darajada munosabatda bo‘lishi hamda ta’sir ko‘rsatishi tushuniladi. Shuni ham aytish kerakki, yer yuzidagi barcha o‘simlik va hayvonlar turining hamda mikroorganizmlarning hayot faoliyati bir-biriga bog‘liq holda kechadi. Shunga ko‘ra, tabiatda bironta o‘simlik yoki hayvon, yoki bo‘lmasa mikroorganizm turi yakka holda yashashi, bir-biriga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmasdan hayot kechirishi mumkin emas.
Qisqasi, o‘simliklar qoplamini tashkil etadigan barcha o‘simliklar guruhni, tuproqdagi, suvli muhitdagi mikroorganizmlar, shuningdek, hayvonlar guruhi doim o‘zaro ta’sir etib hayot kechiradi.
Biotik omillar quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi:
a) o‘simliklarning o‘simliklarga ta’siri;
b) hayvonlarning o‘simliklarga ta’siri;
v) mikroorganizmlariing o‘simliklarga ta’siri;
g) yuqoridagi uch guruh organizmlarning o‘zaro ta’siri.
O‘simliklarning o‘simliklarga ta’siri. Guruhdagi o‘simliklar doimo boshqa o‘simliklar ta’sirida bo‘ladi. Fitotsenozda o‘simliklarning bir-biriga ta’sirini o‘rganishda tuban o‘simliklarni ham kuzda tutish kerak bo‘ladi. Mikroorganizmlar yuksak o‘simliklarga ham ta’sir ko‘rsatadi, bir tur yuksak o‘simlikning boshqasiga ta’sir ko‘rsatishi ham tez-tez uchrab turadi. Shunday qilib, o‘simliklarning o‘simliklarga ko‘rsatadigan ta’siri juda xilma-xil bo‘ladi. Ularning bevosita va bilvosita ko‘rsatadigan ta’siri farq qilinadi.
O‘simliklarning o‘simliklarga bevosita ko‘rsatadigan ta’siriga quyidagilar kiradi: parazitizm, simbioz holat, bir o‘simlikning boshqasiga mexanik ta’siri, bir o‘simlik boshqasini siqib chiqarishi, lianlar va epifitlar.
Parazitizm ta’sir ko‘rsatish deganda, shuni tushunish kerakki, bunda bir o‘simlik (parazit) boshqa o‘simlik tanasi hisobiga yashaydi. Ko‘pgina tuban o‘simliklar yuksak o‘simliklarda parazitlik qilgai holda hayot kechiradi, ayniqsa ular orasida zamburug‘ va bakteriyalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu xildagi o‘simliklar xo‘jayin o‘simlikka zaharlaydigan darajada ta’sir qiladi, asta-sekin uni nimjon qilib qo‘yadi, ko‘pincha esa nobud qiladi. Ular boshoqdosh va o‘t o‘simliklarnigina emas, balki daraxt hamda butalarni ham nobud qiladi.
Yuksak o‘simliklar orasida Cuscuta turlari ancha xavfli parazitlardan hisoblanadi. Cuscuta trifolii-sebargada, Cuscuta arvensis-beda, soya, no‘xatda va boshqa o‘simliklarda parazitlik qiladi. Zarpechak, ya’ni boshqa o‘simliklarga chirmashib o‘sadigan begona o‘t urug‘i o‘simliklar nihollari yetarli kuchga kirgan davrda una boshlaydi. Jumladan, zarpechak nihollarining uchi xo‘jayin-o‘simlikni topib, uning atrofiga o‘ralib va surg‘ichlari bilan o‘simlikka tirmashib oladi. Bu so‘rg‘ichlar shakli o‘zgargan to‘yintiruvchi ildizlardir. Zarpechak xo‘jayin-o‘simlikka yaxshiroq yopishgan holda tuproq bilan aloqasini yo‘qotadi va to‘la parazitga aylanadi. Yashil barglarini yo‘qotgan va xo‘jayin-o‘simlik hisobiga oziqlanadigan o‘simliklar to‘la parazitlar deb ataladi. To‘la parazitlarga shumriya (Orobanche) avlodining turlari ham kiradi, ular ildiz parazitlari hisoblanadi, chunki shumriya urug‘i xo‘jayin-o‘simlik ildizlariga bevosita tekkandagina una boshlaydi. Ular shuvoq ildizlariga yopishib yashaydi. Havorang shumriya (Orobanche ramosa), qum shumriyasi (Orobanche arenaria) shular jumlasidandir. Tamakida, pomidorda va boshqa o‘simliklarda shoxli shumriya (Orobanche ramosa), dastarbosh ildizida tukli qizil shumgiya (Orobanche purpurea) parazitlik qiladi.
Bundan tashqari, chala parazitlar ham bo‘ladi. Bular xlorofillga ega bo‘lib, o‘zi uglevodlar hosil qiladi, lekin xo‘jayin-o‘simlik hisobiga suv va unda erigan tuzlarni oladi. Chala parazitlarning tipik vakili doim yashil, xlorofillga boy bo‘lgan o‘simliklardan oq omela (Viscum album) dir. U oqqarag‘ayda, olmada, jo‘kada va terakda parazitlik qiladi.
Simbioz bu o‘simliklarning birgalikda yashashidir, masalan, lishaynik-suv o‘tlari va zamburug‘lariing birga yashashi. Zamburug‘lar bilan chirmashgan suv o‘tlari, ulardan suv va unda erigan mineral tuzlarni oladi, bularni zamburug‘lar tuproqdan o‘zlashtiradi. Zamburug‘, o‘z navbatida, suv o‘tlaridan ba’zi oziq moddalarni, asosan uglevodlarni oladi. Masalan, mikoriza zamburug‘ining yuksak o‘simliklar ildizida yashashi ham simbiozga misoldir. Mikoriza ko‘p daraxt va o‘t o‘simliklarda topilgan. Ichki (endotrof) va tashqi (ekzotrof) mikoriza farq qilinadi. Endotrof mikorizada zamburug‘lar ildizniig ichida bo‘ladi, ekzotrof mikorizada esa o‘simlik ildizlarining uchini g‘ilof kabi o‘rab olgan bo‘ladi. Endotrof mikoriza tufayli ko‘pchilik o‘simliklar, masalan, orxideya, archagul, boshokdosh o‘simliklar nitrat tuzlari kamchil tuproqlarda o‘sishi mumkin. Bundan tashqari, rizosferadagi zamburug‘li o‘simliklar azotli birikmalarning ba’zi tuzlaridan foydalanadi. Ekzotrof mikorizada zamburug‘ giflari bilan faqat ildizni o‘rab olmay, balki ulardan ba’zilari ildiz hujayralari ichiga qisman kirib, ulardagi uglevodlarni o‘zlashtiradi. Zamburug‘ning tashqi giflari ildizdan ajralgan moddalar bilan oziqlanadi. Zamburug‘ning alohida giflari tuproqqa kirib, undagi suv va unda erigan oziq moddalarni o‘zlashtiradi, bu esa o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga imkon beradi.
Lianalar boshqa o‘simliklardan tayanch sifatida foydalanib o‘sadigan o‘simliklardir. Lianalar yorug‘sevar o‘simliklar guruhiga kiradi va barglariga yorug‘lik yaxshi tushishi uchun boshqa o‘simliklardan balandroq ko‘tarilib oladi. Lianalarning poyasi nimjon bo‘lib, vertikal holatda o‘sa olmaydi, shuning uchun ular boshqa o‘simliklarga, ya’ni daraxt va butalarga tayanib (chirmashib) o‘sadi. To‘qaylarda o‘sadigan ilono‘t (Clematis orientalis), yovvoyi tok (Vitis vinifera) limono‘t (Schizandra) va boshqalar lianalarga kiradi. Tropik o‘rmonlar lianalarga boy bo‘ladi, bu yerlarda ular yaxshi rivojlanadi va turlarga boy bo‘ladi.
Epifitlar boshqa o‘simliklarda o‘suvchi o‘simliklardir. Ular bu xildagi o‘simliklardan mustaxkamlanish joyi sifatida foydalanadi va xo‘jayin-o‘simlikka zarar yetkazmaydi. Odatda, ular daraxtlarda o‘talarda, lianalarda, poya, shoxlar orasida, uncha ko‘p miqdorda bo‘lmasa ham tuproq to‘plangan joylarda o‘sadi. Epifitlar havo sernam bo‘lgan tropik oblastlarda ko‘p uchraydi. Ularga Bromelaceae oilasining ko‘p turlari va orxideyalar kiradi.
O‘simliklarning o‘simliklarga bilvosita ta’siri tuproq, iqlim, hayvonlar va mikroorganizmlar orqali o‘tadn. Garchi bu ta’sir har xil bo‘lsa ham, ular orasida tor doiradagi munosabat va o‘zaro bog‘liklik mavjud. Ma’lumki, fitotsenozda bir o‘simlik boshqalariga qaraganda ustun bo‘luvchi, asosiy, ya’ni muhit hosil qiluvchi fitotsenoz quruvchisi bo‘lib hisoblanadi. By asosiy o‘simlik asta-sekin muhitnn o‘zgartirib boshqa o‘simliklar uchun qulay sharoit yaratadi. Lekin bu xildagi sharoit ikkinchi o‘simlikka qulay, uchinchisi uchun esa noqulay bo‘lishi mumkin. O‘simliklarning bir-biriga tuproq orqali ta’siri tuproq fizik xossalarining, ya’ni mexanik tarkibi, strukturasi, zichligi, rangining o‘zgarishi protsessida, ximiyaviy xossalarining, ya’ni tuz rejimining, ildiz ajratmalari, o‘lik qoldig‘larning o‘zgarishi protsessida sodir bo‘ladi.
Hayvonlarning o‘simliklarga ta’siri. Hayvonlar tarqalishida aniq o‘simlik guruhlari fitotsenozlari bog‘langan bo‘ladi. Xayvonlar va o‘simliklarng o‘zaro munosabatini o‘rganishda hayvonlarning o‘simliklarga ko‘rsatadigan foydali va zararli ta’sirini farq qilish kerak bo‘ladi. Yovvoyi hayvonlar chamasi, zarardan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi. Hayvonlar keltiradigan asosiy zarar o‘simliklarni yeb tugatish, payxon qilishdan iborat. Lekin ko‘pincha hayvonlarning o‘simliklarni yeyishi foydali bo‘ladi.
Hayvonlar bilan o‘simliklarning o‘zaro ta’siri oziq zanjiri orqali sodir bo‘ladi. O‘simliklarni va ularning mevasini hayvonlar yeganda, o‘simlik qoplamiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Hayvonlar o‘simliklarning juda ko‘plab urug‘ini yo‘qotadi deb hisoblaydilar. Lekin bu borada yetarli ma’lumotlar yo‘q, chunki hammaga malum, biror o‘simlikka bevosita ta’sir etilsa, u birinchi navbatda yetilgan mevalarini to‘kadi. Shuning uchun hayvonlarning harakati tufayli o‘simlikning pishgan mevalari to‘kiladi va hayvonlar ularni yeynshga ham ulgurmaydi. Chigirtkalar, masalan, o‘simliklarga juda katta zarar yetkazar edi, ya’ni yo‘lida uchraganni yeb, yo‘q qilib ketar edi. Ular tufayli dehkonchilikda katta zarar ko‘rilardi. Lekin hozirgi vaqtda bu xildagi ofat bizda uzil kesil tugatilgan.
Shuni ham aytish kerakki, hayvonlar o‘simliklarga ham bevosita, ham tuproq orqali bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hayvonlarning bevosita ta’siri changlanishda va meva, urug‘larning tarqalishida, yerni go‘ng bilan o‘g‘itlashda namoyon bo‘ladi. Hayvonlar o‘simliklarning urug‘i va mevalarini tarqatib, fitotsenozga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yovvoyi hayvonlarning o‘simliklarga bilvosita ta’siri turli hayvonlar tuproqni qayta ishlashida namoyon bo‘ladi. Masalan, qo‘shoyoqlar taqirlarda tuproq yoriqlaridan lola piyozchalarini kovlab, bu yerda shuvok va boshqa o‘simliklarning o‘sishiga ta’sir etadi.
Yer qazuvchi hayvonlar-krotlar, yumronqoziqlar, sichqonlar, kemiruvchilar yer yuzasiga karbonatlarni, gipsni olib chiqadi, tuproq va tuproq osti ximizmiga nisbatan tuproq sho‘rlanishiga hamda chuqurlanishiga imkon yaratadi, bu xildagi sharoit ba’zi o‘simliklar uchun foydali bo‘lsa, boshqalari uchun zararli bo‘lishi mumkin. O‘rta Osiyo cho‘llarida qumsichqonlarning faoliyati ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Botanik V. B. Drobov o‘z ishlarining birida ta’kidlashicha qumsichqonlar saksovulning yaxshi rivojlanishiga imkon yaratadi. Saksovul shoxlari ostida deyarli xech narsa o‘smaydi, chunki uning to‘kilayotgan barglaridan yuvilib tushgan tuzlar tuproqni sementlaydi, natijada uning yuzasida suv va havo kirishiga to‘sqinlik qiluvchi qatlam hosil bo‘ladi. Qumsichqonlar saksovulning ostiga joylashib olganda, intensiv ravishda shoxchalarini kemirib arralay boshlaydi, bu esa tinim davrida bo‘lgan kurtaklarning uyg‘onishiga olib keladi va saksovul ma’lum vaqtgacha yaxshi o‘sadi. Lekin bunda saksovul tezda kuchsizlanib qoladi va ildizlari ham shikastlangani uchun qurib qoladi. Saksovul qurib qolgan joylardan piyoda yurish ancha qiyin, tuyada yurish hayot uchun xavfli, chunki bu joylarni qumsichqonlar juda kovlab tashlagan bo‘ladi. Tuproq qatlamida o‘sadigan o‘simliklar va o‘simlik guruhlari hayotida umurtqasiz hayvonlarning roli katta.
Tuproqda katta ish olib boruvchi yomg‘ir chuvalchanglariga ayniqsa e’tibor berish kerak. Ular tuproqni yumshatadi, o‘simliklar qoldig‘ini maydalaydi va qayta ishlaydi, ularning parchalanishiga va tuproq organik moddalarga boyishiga imkon yaratadi. Buning natijasida tuproqning strukturasi, suv o‘tkazuvchanligi, namligi va ximiyaviy tarkibi yaxshilanadi. Yomgir chuvalchanglari tuproqning unumdorligini oshiradi. Lekin keyingi vaqtlarda tuproqda yomg‘ir chuvalchanglari kamayib ketayotganligi kuzatilmoqda, ayniqsa ular turli ximikatlar ishlatiladigan maydonlarda kamayib bormoqda. Ta’sirning boshqa yo‘llari yuqorida batafsil ko‘rib chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |