MERKANTILIZM (frans. mercantilisme, ital. mercante — savdogar) — 1) iqtisodiy tafakkur tarixida mu-him yo‘nalishlardan biri, hukmron hokimiyat va savdogarlar mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan; 2) kapitalning dastlabki jamg‘arilishi davrida davlatning xo‘jalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat. M. ning vujudga kelishi va rivojlanishi Buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tizimining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Merkantilizm dastlab qonuniy yo‘l bilan pulni ko‘paytirishga qaratilgan siyosatni targ‘ib qilgan. Xorijdan kelgan savdogarlarning pulni o‘z mamlakatiga olib ketishini taqiqpagan, savdodan tushgan pulga mahalliy sanoat mahsulotlarini xarid qilish zarur bo‘lgan. Merkantilizm davlatning iqtisodi-yotga faol aralashishini talab etadi. Merkantilizm ta’limotiga ko‘ra, boylik i. ch. da emas, balki muomala sohasida yuzaga keladi va u aynan mamlakatdagi oltin, kumush va b. javohirlarda o‘z aksini topadi. Merkantilizm 15-a. ning 2-yarmidan rivojlana boshlab, 17-a. da ravnaq topdi, 18-a. ning 1-yarmiga qadar nufuzini saqgsab keldi. Uning asosiy nazariyotchilari — T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya), A. Monkreten (Fransiya) faol savdoni targ‘ib qildi, ya’ni mamlakatdan tayyor sanoat mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan arzon bahoda tovar sotib olib, boshqa davlatga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi. Merkantilizm mo-hiyatan o‘tkinchi ta’limot bo‘lishiga qaramasdan, uning g‘oyalari tovar-pul, moliya-kredit, savdo rivojiga muhim hissa qo‘shdi.
Kapitalizmning paydo bo‘lishi bilan Merkantilizmning asosiy qoidalari yangi iqtisodiy sharoitga mos kelmay qoddi. Merkantilizm o‘rniga erkin iqtisodiy (proteksionizmga qarshi) faoliyatni nazariy asoslagan klassik sie’siy iktisod maktablari vujudga keldi.
Keyingi muhim o‘zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu iqtisodiy ta’limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo‘lmadi. Klassik maktab g‘oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo‘lmokda (neoklassik, liberal, neoliberal...). Marks nomi bilan bog‘liq bo‘lgan marksizm ta’limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o‘rinni egallaydi. Hozirgi davrda bu ta’limot to‘g‘risida imkoni boricha gapirmaslikka va ayniqsa yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko‘proq uning faqat salbiy tomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. Bunda «jon» bor albatta, chunki 1917 yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tadbiq etish jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo‘lga o‘tgan bir qancha mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu sabok juda muhim, shu sababli uni chetlab o‘tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Xayoliy sotsialistlar va markschilarning iqtisodiy g‘oyalari ham o‘rganilishi zarur.
XIX asr 2-yarmida avvalgi g‘oyalarga, marksizmga muholif ravishda vujudga kelgan va umumlashtirilgan holda marjinalizm deb ataladigan ta’limot hozirgi zamonning asosiy iqtisodiy g‘oyasi xisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, biror ta’limot doimo sof holda amalda deyarli qo‘llanilmaydi. Har bir ta’limotning ko‘plab turli oqim va yo‘nalishlari mavjud. Odatda sof erkin bozor munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular o‘rtasidagi nisbat ham doimo o‘zgarib turadi. Demak, iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, o‘zgarish, rivojlanishda ekanligidir. Bir mamlakat chegarasida iqtisodiy ta’limot ta’siri ostida iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |