Matematik model orqali obyektning xossalarini o‘rganish matematik modellash deb tushuniladi



Yüklə 15,46 Kb.
səhifə3/4
tarix22.09.2022
ölçüsü15,46 Kb.
#63955
1   2   3   4
3-dars

Xayoliy modellashtirish. Xayoliy modellashtirish ba’zi hollarda vaqtning berilgan oralig‘ida amalga oshirib bo‘lmaydigan yoki ularni jismoniy shartlaridan tashqarida yotganligi uchun obyektlami modellashtirishning yagona usuli hisoblanadi. Masalan, xayoliy modellashtirish asosida mikroolamdagi fizik tajriba o‘tkazishga imkon bermaydigan ko‘p vaziyatlarni tahlillash mumkin. Xayoliy modellashtirish ayoniy, belgili va matematik ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin. Obyektni (S tizimni) taqdim etish shakliga muvofiq xayoliy va real modellashtirishni ajratish mumkin.
Ayoniy modellashtirish. Ayoniy modellashtirishda, obyektda o‘tadigan hodisalar va jarayonlami aks ettiruvchi real obyektlar haqida turli ayoniy modellar inson tushunchalari asosida yaratiladi. Gipotetik modellashtrish asosida real obyektda jarayonlar o‘tish qonuniyatlari haqida tadqiqotchi qandaydir gipotezani asos qilib oladi. Bu gipoteza obyekt haqida tadqiqotchining bilim darajasini aks ettiradi va o‘rganilayotgan obyektning kirish va chiqish orasidagi sabab - oqibat aloqalarga asoslanadi. Gipotetik modellashtirish formal modellami qurish uchun obyekt haqidagi bilimlar yetishmayotganda ishlatiladi.
Analogli modellashtirish. Analogli modellashtirish turli darajadagi anologiyalarni qo‘llashga asoslanadi. Faqat oddiy obyektlar uchun o‘rinli boTgan eng yuqori darajalilari toTiq analogiya hisoblanadi. Obyektni murakkablashishi bilan keyingi darajalardagi analogiyalardan foydalaniladi, bunda, analogli model obyektni ishlashining bir nechta yoki faqat bir tarafini aks ettiradi.
Tilli modellashtirish. Tilli modellashtirish asosida qandaydir tezaurus (bir tilning mukammal lug‘ati) yotadi. U kiruvchi tushunchalar ta‘plamidan tashkil topadi, uning ustiga bu to‘plam fiksatsiyalangan bo'lishi kerak. Shuni qayd etish kerakki, tezaurus va oddiy lug‘at orasida prinsipial farqlar bor. Tezaurus - lug‘at, bir xil bo‘lmaganlikdan tozalangan, ya’ni unda har bir so‘zga yagona tushuncha muvofiq bo‘lishi kerak, garchi oddiy lug‘atda bir so‘zga bir nechta tushunchalar muvofiq boflishi mumkin.

Yüklə 15,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin