Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix31.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#54544
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2-мавзу маъруза материали

Shopengauer(1788—1860)dir.  Shopengauer  olamdagi  barcha  mavjud  narsalarni  irodaning 

namoyon  bo‘lishi,  irodani  esa  ongsiz  ko‘rko‘rona  intilish  tarzida  tushunadi.  Mahpuqotlarning 

instinktlari,  xatgi-harakatlari  —  irodaning  namoyon  bo‘lishidir.  Inson  faoliyati  ham  aqpdan 



13 

 

begona  bo‘lgan  irodaning  natijasidir.  Shuning  uchun  inson  mohiyati  irratsional  asosga  ega.  Aql 



esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib turgan iroda g‘ildiragiga bog‘likdir.  

 Shopengauer  ta’limotini  davom  ettirgan  nemis  faylasufi  Fridrix  Nisshe  (1844—1900) 

fikricha,  “borliqning  eng  chuqur  mohiyati  hokimiyatga  erishish  uchun  bo‘lgan  irodadir.”  Nisshe 

inson  borlig‘ida  maxluqlik  va  xoliqlikning  birlashib  ketganini  asoslab  berishga  harakat  qildi. 

Uning  diyorimizda  bundan  ikki  yarim  ming  yil  muqaddam  shakllangan  zardushtiylik  ta’limotini 

o‘rganib yaratgan “Zardusht tavallosi” asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surilgan. 

U  o‘z  ortidan  irodasiz  kishilar  ommasini  yetaklashga  qodir  bo‘lgan  irodasi  kuchli  shaxslarni 

tarbiyalash  tarafdori  bo‘lgan.  Nisshening  sivilizatsiya  va  madaniyatning  so‘nishi  va  barqam 

topishi  to‘g‘risidagi  g‘oyasiga  asoslanib,  1918  yilda  G.Shpengler  “Yevropaning  so‘nishi”  degan 

asarini  yozadi.  O‘tgan  asr  oxiri  olimlari  ijtimoiy  inqiroz  va  ma’naviy  turg‘unlikdan  chiqishning 

yo‘lini G‘arbda mumtoz falsafiy merosga murojaat etishda va uni qayta  tiklashda ko‘rdilar. Shu 

zaylda  “Orqaga.  Kantga”  shiori  ostida  neokantchilik,  “Orqaga,  Gegelga”  shiori  ostida  esa 

neogegelchilik paydo bo‘ldi. 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin