Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə12/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi

I BOB XULOSASI

  1. Axborotlashgan mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi davri tadqiqotimiz paragrafini asosiy qismini tashkil etadi. Bu davr mafkuraviy jarayonlarning ommaviy tus olishi fonida kechdi. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi keng qamrovda ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, ekologik, kommunikativ, baynalminal, transformatsion va informatsion jarayonlarning barcha turlarini qamrab olgan holda amalga oshmoqda. Globallashuv davri boshqa davrlarga nisbatan shakliy jihatdan juda katta farq qiladi.

  2. Sovuq urushning paydo bo‘lishi mavjud ikki qutubning qarama-qarshi faoliyatini tezlashtirdi. Qarshi harakatlanish qurollanish poygasini kuchaytirdi. Umumqirg‘in harbiy qurollarining ko‘payishi jahonga hukumronlik qilishning yangicha formatsiyasini shakllantirdi. Bu formatsiya sotsializm va kapitalizm o‘rtasidagi kurashga aylandi.

  3. Axborot vositalarining yuksak rivojlanishi natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi. Bu vositalar orqali taklif etilayotgan “qadriyatlar” ko‘p hollarda yoshlarni milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda, boshqacha aytganda o‘ziga xos “ildizi yo‘q individ”larning shakllanishiga, o‘z tarixiy ildizlaridan uzoqlashuviga olib kelmoqda.

  4. “Ommaviy madaniyat” turli ko‘rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi. Bular, asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo‘sh vaqtni o‘tkazishda, didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munoabatda namoyon bo‘lmoqda. YOt madaniyat qadriyatlarini o‘zida ifoda etayotgan “ommaviy madaniyat” yoshlarimizda g‘arbona individualizm, egotsentrizm, nigilizm, andishasizlik, bexayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda.


II BOB. OʼZBEKISTONDA AXBOROT SOHASIDAGI OʼZGARISHLAR DAVRIDA MILLIY MUSTAQILLIKNI ASRASH G‘OYALARI
2.1. Axborot xuruji sharoitida xavfsizlikni ta’minlash va shaxs axborot-psixikasidagi muammolari
Bugungi kunga kelib ijtimoiy boshqaruv texnologiyalari yanada rivojlanganligini hamda takomillashganligini qayd etish zarur. Zamonaviy ommaviy ommaviy axborot kommunikatsiyalari axborotdan foydalanish samaradorligini bir necha karra kuchaytirish orqali mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratdi. Hokimiyat va ijtimoiy boshqaruv texnologiyasi evolyusiyasining asosiy yo‘nalishi, ularni o‘zgartirish va takomillashtirishdan ko‘zlangan maqsad – mablag‘ hamda resurslarni imkon qadar kamroq sarflagan holda odamlarga ta’sir ko‘rsatishning eng yuqori samarasiga erishishdan, ularning ixtiyoriy bo‘ysinuvini ta’minlashdan iborat bo‘lgan va hozirgi vaqtda ham shunday bo‘lib qolmoqda.
Bu borada postindustrial jamiyatda asosiy e’tibor mashinalarni o‘zgartirishga emas, axborotga, kishilar ongi va madaniyatini o‘zgartirishga qaratilishi haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan amerikalik sotsiolog O.Tofflerning fikrlarini eslash maqsadga muvofiqdir. Hokimiyat resurslarini iloji boricha kamroq sarflab, mo‘ljallangan maqsadlarga erishish: odamlarni ular ushbu maqsadlardan manfaatdor bo‘lishga ishontirish; dushmanlarni ittifoqchilarga aylantirish imkonini beradigan bilimlar hozirgi zamon hokimiyati faoliyatining sifatini oliy darajaga ko‘taradi va samaradorlgini eng ko‘p darajada oshiradi32. Keyinchalik siyosatshunoslik fani vakillari ommaviy axborot kommunikatsiyalarining roli va siyosiy jarayonlarga ta’sini ko‘rib chiqar ekan, sanoatlashgan jamiyatda bilimlar va axborot hokimiyati jamiyatni boshqarishda hal qiluvchi omilga aylanib, pulning ta’sir ko‘rsatishini va davlat tomonidan majburlovni keyingi o‘ringa siqib chiqarishini ta’kidlaydi. Bunda ommaviy axborot kommunikatsiyalari bilimlarni va ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa axborotni bevosita tashuvchisi va ayniqsa tarqatuvchisi vazifasini bajaradi33. Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda davlat tomonidan, ma’muriy va boshqa tarzda kuch ishlatish bilan majburlov o‘rnini borgan sari axborot ta’siri va psixologik majburlov egallamoqda. Bu borada nemis siyosatshunoslari odamlarga axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatishning roli va ahamiyatiga lo‘nda, yorqin va obrazli ta’rif berishganini aytish mumkin. Ularning fikricha: muhim axborotga ega bo‘lish hokimiyatga ega bo‘lishni anglatadi; muhim axborotni muhim bo‘lmagan axborotdan farqlash yanada ko‘proq hokimiyatga egalikni anglatadi; muhim bo‘lgan axborotni o‘z talqinida tarqatish yoki u haqida og‘iz ochmaslik ikki yoqlama hokimiyatni anglatadi34.
Inson o‘zining xulq-atvorini jamiyatda ro‘yobga chiqarish uchun axborotning doimiy oqimiga muhtoj ekanligiga hozirgi vaqtda diyarli shubha yo‘q. Insonning o‘z atrofidagilari, o‘z ijtimoiy sub’ekt sifatida faol harakat qilayotgan ijtimoiy muhit bilan axborot orqali domiy aloqada bo‘lishi normal turmush faoliyatining o‘ta muhim shartlaridan biridir. Axborot aloqalarini to‘xtatish turli xil psixik holatlarni va hatto psixik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Insonga nafaqat ijtimoiy muhit bilan muntazam ravishdagi axborot aloqasi yoki uning yo‘qligi, balki kelib tushayotgan va ishlov berilayotgan axborotning miqdori, hajmi, mazmuni va tuzilishi ham ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Inson zarur axbortni bevosita o‘z tajribasidan, shaxsiy muloqotlaridan, shuningdek turli-tuman axborot manbalaridan (kitoblar, radio, televidenie, jurnallar, gazetalar, boshqa ommaviy axborot vositalari va turli axborot tizimlaridan) oladi. Ta’kidlash kerakki, axborot manbalaridan olinadigan axborot ulushi bevosita tajriba va shaxsiy muloqotdan olinadigan axborotga qaraganda aniq-ravshan ustunlikka egaligi va keskin oshib borishi ijtimoiy taraqqiyotning qonuniyatidir.
Jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning murakkablashuvi va rivojlanib borishi, yuz berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlarning bevosita insonning kundalik hayotiga ta’siri borgan sari insonni ommaviy axborot kommunikatsiyalari tarqatadigan xabarlar oqimiga bog‘liq qilib qo‘ymoqda. Inson o‘zining jamiyatdagi xulq-atvori va hayoti uchun zarur ma’lumotlarni faqatgina kundalik hayotiga asoslanib oladigan bo‘lsa, u juda oz ma’lumotga ega bo‘ladi. Inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy axborotni ko‘proq teleradio dasturlaridan, davriy nashrlardan, global tarmoqdan oladi. Bu hol ayniqsa, insonning ayniqa, insonning bevosita tajribasida o‘z ifodasini topmaydigan masalalarda, masalan, boshqa mintaqalar va mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy ahvolga doir, siyosiy etakchilar haqidagi, iqtisodiy kon’yuktura va boshqa shu kabilar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar shakllanishida yorqin namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, insonning axborot-psixologik xavfsizligi – uning atrof-muhit bilan axborot orqali aloqada bo‘lish sharoitlarida faol ijtimoiy sub’ekt sifatidagi yaxlitligini va rivojlanishi imkoniyatini ta’minlovchi himoyalanganlik holatidir.
SHaxsning axborot-psixologik xavfsizligini (ushbu holda shaxs tushunchasidan mustaqil ijtimoiy faol sub’ekt sifatida inson tushunchasining sinonimi sifatida umumiy tarzda foydalanadi) mustaqil yo‘nalish sifatida axborot va psixologik xavfsizlikning umumiy maslasi tarzida ajratib ko‘rsatish quyidagi sabablar bilan belgilanadi:
Birinchidan, axborot jamiyatiga o‘tish, axborot oqimlari va yalpi axborot muhitining ko‘lamlari kengayishi hamda uning mazmun-mohiyati va tuzilmasi murakkablashishi munosabati bilan uning inson psixikasiga ta’siri bir necha marta kuchayadi, bunday ta’sirning sur’atlari jadal oshib boradi. Bu hol hozirgi zamon jamiyatida ijtimoiy faol sub’ekt sifatida inson omon qolishining yangi mexanizmlari va vositalarini shakllantirish zarurligini taqozo etadi.
Ikkinchidan, inson psixikasining axborot muhiti bilan birgalikda harakat qilishi sifat jihatidan ixtisoslashuvi bilan farqlanadi va boshqa biologik tuzilmalar bilan axborot birgalikda harakat qilishining o‘xshash shakli ega emas.
Uchinchidan, inson va uning psixikasi axborot ta’sirining asosiy va markaziy nishoni hisoblanadi. Turli murakkablikdagi ijtimoiy sub’ektlaring, har qanday odamlar birligi va ijtimoiy tashkilotlarning – kichik guruhdan tortib, to mamlakatning barcha aholisiga normal faoliyat yuritishi ayni shaxslarga, ularning o‘zaro aloqalari va munosabatlariga bog‘liq.
Jamiyat axborot muhitining turli sabablarga ko‘ra, insonni o‘rab turgan dunyoni to‘g‘ri ifoda etmaydigan qismi, ya’ni odamlarni chalg‘itadigan, xayolparastlikka olib boradigan, atrofni va o‘zini o‘zi to‘g‘ri tushunish imkonini bermaydigan axborot insonning axborot-psixologik xavfsizligiga qilinadigan tashqi tahdidning umumiy manbai hisoblanadi. Axborot muhiti inson uchun ikkinchi, sub’ektiv reallik tusini kasb etadi. Axborot muhitining atrof dunyoni noto‘g‘ri aks ettiradigan, inson o‘z atrofini va o‘zini o‘zi to‘g‘ri qabul qilishi hamda tushunishini qiyinlashtiradigan va bu ishlarga to‘sqinlik qiladigan axborotni o‘z ichiga olgan qismini shart ravishda xayoliy reallik deb atash mukmin. SHunday qilib, axborot muhitida o‘xshash va xayoliy sub’ektiv realliklar g‘alati tuyg‘unlikda va turli shakllarda bir-biri bilan chatishib ketgan. Bunday realliklar bir-birini taqozo etgan, o‘z qonunlariga binoan o‘zgarib va rivojlanib borgan, bir-biriga singib ketgan holda juda ko‘p tarmoqlar va tuzoqlarni keltirib chiqaradiki, agar inson psixologik nayranglarni quli bo‘lib qolishni emas, balki haqiqatdan ham mukammal va erkin inson bo‘lishini istasa, har kuni va har soatda, borgan sari ko‘proq ana shu jumboqlar va tuzoqlarning echimini topishi zarur bo‘ladi.
Rivojlanishning hozirgi bosqichi siyosiy kurashda odamlar psixikasiga manipulyativ ta’sir ko‘rsatishning eng yangi texnologiyalaridan foydalanishga bo‘lgan tamoyilni pasaytirmadi, balki aksincha kuchaytirdi. Kommunikatsion jarayonlarda manipulyativ ta’sir ko‘rsatishni keng ko‘lamda qo‘llash aholining chalg‘itadi, psixologik-emotsional va ijtimoiy keskinlik keltirib chiqaradi, bu esa, fuqarolar sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, davlat hokimiyati oliy organlarining faoliyatini to‘g‘ri tushunishga imkon bermaydi. Bu o‘z navbatida ichki siyosiy vaziyatning barqarorligiga putur etkazib jamiyatda islohotlarning kechish jarayonini qiyinlashtiradi. Buni juda yaxshi tushungan ba’zi xorij davlatlari yoshlarning o‘smirligi davrida ularga manipulyativ ta’sir ko‘rsatishning ishonchli usuli sifatida internet tarmog‘i va kompyuter o‘yinlaridan samarali foydalanmoqdalar. Hozirgi kunda o‘smirlar o‘rtasida agressiv, zo‘ravonlik sahnalari ko‘p bo‘lgan o‘yinlarning, diniy oqimlarga da’vat qiluvchi behayo sahnali o‘yinlarning keng tarqatilayotgani dunyo jamoasini tashvishga solayotgani haqida avalgi paragraflarda ko‘plab misollar keltirildi.
Aytib o‘tish joizki, keyingi yillarda O‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan ham o‘smirlik davri muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganishga doir tadqiqotlar soni ko‘paymoqda, zeroki, bu davrda vujudga keladigan induvidual psixologik o‘zgarishlar, tassurotlarga beriluvchanlik, deviant xulq shakllanishi, turli ommaviy axborot vositalari orqali olinayotgan ma’lumotlarni tahlil etish ko‘nikmalarini sust rivojlanganligi shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik jihatdan xavfsizligi mavzuida faol ish olib borishi zaruriyatini eng muhim vazifalardan biriga aylantirib qo‘ymoqda. Bu masalalarni ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqmasdan turib, jamiyatni bundan buyon ham barqaror rivojlantirib hamda siyosiy, iqtisoiday, ijtimoiy, ma’naviy, harbiy va boshqa sohalarda inson, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlab bo‘lmaydi. SHu sababli, mazkur muammoni bartaraf qilishning tadbirlari majmuasini yaratish, samarali usullarni qo‘llash o‘smirlarda kompyuter o‘yinlariga tobelikning echimini topishga xizmat qiladi. Bu borada tadqiqotchi N.Dalimova tomonidan amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar diqqatga sazovor. N.Dalimova axborot omillaridan hisoblanmish kompyuter o‘yinlarini psixikaga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganish asosida, o‘smirlarda kompyuterga tobelikning rivojlanish bosqichlari, diognostika qilish usullari, oldini olish chora-tadbirlari va korreksiya qilish yo‘llarini ochib berishga harakat qilgan35. Bu tadqiqotning e’tiborga molik jihati kompyuter o‘yinlariga tobelik belgilarini, o‘smirlarning fiziologik xusisiyatlarini, kun tartiblarini inobatga olgan holda kompyuter o‘yinlariga tobelikni aniqlaydigan metodikaning mahalliy muhitda ilk marotaba ishlab chiqilganidir. Qayd etish zarurki, mamlakatimizda xorijda bo‘lgani kabi, bunday tadqiqotlarning salmog‘i oshib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda, o‘tkazilgan tadqiqotlar axborot omillarining inson psixikasiga ko‘rsatadigan ta’sirining ko‘lami va qudrati axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashni hozirgi sharoitlarda umummilliy muammo darajasinga ko‘tarishni taqozo qilayotganini ko‘rsatmoqda. SHunga ko‘ra, ommaviy axborot kommunikatsiyalarining manipulyativ xarakterini keltirib chiqaradigan sabablarni talqin qilishda turli mualliflar turlicha yondashganlariga qaramay, ushbu sabablarni uchta asosiy guruhga birlashtirish mumkin.
Birinchidan, ushbu sabablar ommaviy axborot kommunikatsiyasi sohasida ishlovchi odamlarning moyilligi va sub’ektivizmida kelib chiqqan. YA’ni, ularning individual psixologik, shaxsiy fazilatlari, siyosiy yo‘nalishlari va mayllari tufayli kelib chiqqan xatolar.
Ikkinchidan, ushbu sabablar axborot vositalari o‘z faoliyatini amalga oshirdigan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar tufayli kelib chiqqan. Ularning asosiysi – axborot vositalarining muayyan ijtimoiy sub’ektlarga qaramligidir. Bunday qaramlik ikkita shaklda – iqtisodiy va ma’muriy shakllarda namoyon bo‘ladi. Qaramlikning iqtisodiy shakli axborot vositalari bozor sharoitlarida muayyan mijozlarning, masalan, reklama beruvchilarning va yirik kapital vakillari orasidagi boshqa buyurtmachilarning manfaatlarini ko‘zlab ishlashida namoyon bo‘ladi. Ma’muriy qaramlik shakli esa, axborot vositalari o‘z xo‘jayinlari va muassislariga bo‘ysinishida namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, ushbu sabablar ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatishi jarayonining o‘zidan kelib chiqqan. Odamlarni jalb qilish va ommaviy auditoriya e’tiborini qozonish uchun axborot vositalari materiallarni uzatish va xabarlar, turli dasturlar tayyorlash vaqtida muayyan umumiy qoidalar yoki tamoyillarga asoslanadi.
YAngi axborot texnologiyalaridan foydalanishning va ommaviy kommunikatsiya vositalari ustidan nazorat qilishning keng ko‘lamli sharoitlari jamiyat axborot muhitining o‘zgarishi orqali odamlarga axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini bir necha marta kuchaytiradi. Buning ayniqsa turli ijtimoiy tashkilotlar – odamlarning turli xil birlashmalari, ijtimoiy guruhlar, jamoat, siyosiy va davlat tuzilmalari, jamiyatning ayrim ijtimoiy guruhlari uchun ehtimoli katta. SHu munosabat bilan inson axborot psixologik xavfsizligiga tahdid soluvchi manbalarning nisbatan mustaqil bo‘lgan yana uchta guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, ayrim guruhlar va odamlar birlashmasining, ayrim siyosiy partiyalarning, ijtimoiy-siyosiy harakatlarning, millatchilik ruhidagi va diniy tashkilotlarning, moliya-iqtisodiy va tijorat tuzilmalarining, lobbistlar va mafiya guruhlari hamda boshqa shu kabilarning faoliyati inson uchun axborot-psixologik xavf tug‘dirishi mumkin. Ular o‘z maqsadlariga erishish uchun axborot-psixologik ta’sirning turli vositalarini qo‘llashni boshlab, shu usul orqali odamlar xulq-atvorni ayni ularning manfaatlariga ziyon etkazgan holda o‘zgartirishi yuqorida tilga olingan ijtimoiy tashkilotlarning faoliyatini yanada xavfli qilib qo‘yadi.
Muayyan sharoitlarda davlatning o‘zini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini shaxsning axborot-psixologik xavfsizligiga tahdid qiluvchi manbalardan biri sifatida ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu hol davlat boshliqlarining, hukmron namoyondalarining xatti-harakatlari bilan bog‘liq. Ular davlat, jamiyat va mamlakat aholisining manfaatlariga mos kelmaydigan o‘z xatti-harakatlari va asl maqsadlarini niqoblab, axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatish uchun o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda, ba’zida esa, shunchaki jizzakilik qilib davlat apparatining qudratidan foydalanganlarida xavf yuzaga keladi. Bundan tashqari, davlat boshliqlarining individual-psixologik fazilatlari ham xavf manbai bo‘lishi mumkin. CHunki, ularning xos fazilatlari davlat siyosatini va tegishli davlat apparatining imkoniyatlaridan foydalangan holda ko‘rsatiladigan axborot-psixologik ta’sirini tashkil etish va uning amaliyotini belgilab beruvchi o‘ta muhim davlat qarorlarini qabul qilishning adekvatligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Insonga axborot-psixologik ta’sirining asosiy manbalarini umumlashtirgan tarzda quyidagicha keltirish mumkin:
- davlat, hokimiyat va boshqaruv organlari hamda boshqa davlat tuzilmalari va muassasalari;
- jamiyat (turli, shu jumladan, xorijiy jamiyat, iqtisodiy, siyosiy va boshqa tashkilotlar);
- turli ijtimoiy guruhlar (yashash, ish, o‘qish, xizmat, birgalikda yashash va bo‘sh vaqtni birga o‘tkazish va shu kabi boshqalar bo‘yicha rasmiy va norasmiy, barqaror va tasodifiy, katta va kichik ijtimoiy guruhlar);
- ayrim shaxslar (davlat va jamoat tuzilmalarining turli tuman ijtimoiy guruhlar va boshqa shu kabilarning vakillari).
Insonga axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatishning asosiy vositalari sifatida umumiy tarzda quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, axborot tizimlari, masalan, internet va boshqalar);
- adabiyot (badiiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy, maxsus va boshqa);
- san’at (ommaviy madaniyat deb atalmish madaniyatning turli yo‘nalishlari va boshqalar);
- ta’lim (maktabgacha ta’lim, umumta’lim, oliy ta’lim, nodavlat ta’lim tizimlari va boshqalar);
- tarbiya (ta’lim, jamoat tashkilotlari tizimidagi va tarbiyaning boshqa shakllari);
- shaxsiy muloqot.
Paragraf xulosalariga ko‘ra, jamiyatni isloh qilish va bozor munosabatlariga o‘tish bevosita ommaviy axborot vositalari orqali hamda bevosita shaxslar, shaxs va guruhlar o‘rtasida birgalikda amalga oshiriladigan axborot-kommunikativ jarayonlarda turli toifadagi fuqarolarga manipulyativ ta’sir ko‘rsatish usullaridan foydalanish shaxsning va umuman jamiyatning axborot-psixologik xavfsizligiga tahdid qiladigan ko‘lamlarga etib bordi. SHunga ko‘ra, insonga axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatishning asosiy vositalari sifatida umumiy tarzda quyidagilar kiradi: davlat, hokimiyat va boshqaruv organlari hamda boshqa davlat tuzilmalari va muassasalari; jamiyat; turli ijtimoiy guruhlar; ayrim shaxslar. Insonga axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatishning asosiy vositalari sifatida umumiy tarzda quyidagilar kiradi; ommaviy axborot vositalari; adabiyot; san’at; ta’lim; tarbiya; shaxsiy muloqot.



Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin