1. Biriktiruv bog‘lovchilarva, hamda so‘zlaridan iborat bo‘lib, ular gapning uyushiq bo‘laklarini yoki sodda gaplarni o‘zaro bog‘laydi.
Vabog‘lovchisi qo‘shma gan tarkibidagi sodda gaplarni bir-
biriga bog‘laganda: a) o‘zi bog‘lagan sodda gaplarda ifoda qilingan ish-hrakat, voqea va hodisalarning bir vaqtda bo‘lganini ko‘rsatadi: Soy g‘o’villab oqar va uning suvi qirg’oqda o‘sgan o‘tlarni silkitar edi. (O.); b) ish-harakatning ketma-ket bo‘lganini ko‘rsatadi: Bahor keldi va daraxtlar gullay boshladi.
Hamda bog‘lovchisi sodda gaplar va uyushgan bo‘laklarni o‘zaro teng munosabatda bog‘laydi.Uyushgan bo‘laklarning oxirgisidan oldin kelganda, uyushgan bo‘laklar orasidagi tenglikni ko‘rsatish bilan birga, oxirgi uyushgan bo‘lakni ajratib ham ko‘rsatadi: Anvar, Qodir, G‘olib hamda Ruxsoralar guruhimiz a’lochilaridir. Bulardan tashqari, bilan ko‘makchisi, -yu, -u, -da, ham yuklamalari shunday vazifada qo‘llanishi mumkin. Ushbu birliklar ana shu vazifasiga ko‘ra biriktiruv bog‘lovchilarga sinonim hisoblanadi: ota va ona, ota bilan ona, ota - yu ona kabi. Ham uyushgan bo‘laklarning oldida yoki oxirida takrorlanib kelishi mumkin. U faqat uyushgan bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi sanaladi: Ham qo‘rqaman, ham bilgim keladi. 2. Zidlov bog‘lovchilar mazmunan bir-biriga zid bo‘lgan gap va gap bo‘laklarini o‘zaro teng bog‘laydi. Ularga ammo, lekin, biroq so‘zlari kiradi. Bundan tashqari, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni va undagi uyushiq bo‘laklarni zidlash asosida teng bog‘lashda - u, (-yu) yuklamalari ham zidlov bog‘lovchilarga sinonim sifatida qo‘llaniladi: O‘qidi, biroq yozmadi - o‘qidi - yu, yozmadi. O‘zbek tilida lekin, ammo, biroq, balki, holbuki kabi zidlovchi borg‘lovchilardankeng foydalaniladi:Uy kichkina, lekin yorug‘ va toza edi. (O.) Tiniq osmonda yulduzlar miltirar, biroq oy ko‘rinmasdi. (O.) Shuningdek, badiiy adabiyot tilida a zidlov bog‘lovchi ham uchraydi. Bu bog‘lovchi qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lab, ular orasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi: Men-ku boraman, a siz-chi? Biriktiruv va zidlov bog‘lovchilar bilan grammatik sinonim bo‘ladigan –u, -yu, -da, ham, bilanyordamchilari vazifadosh bog‘lovchilar deb yuritiladi.