Mаvzu: Cho'kindi tog’ jinslari


Sul’fat va galoidli jinslar



Yüklə 140,82 Kb.
səhifə11/14
tarix05.12.2023
ölçüsü140,82 Kb.
#172922
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
26 ma\'ruza Cho\'kindi tog’ jinslari

Sul’fat va galoidli jinslar. Sul’fatli va galoidli jinslarning hosil bo'lish sharoitlari bir-biriga o'xshash bo'lib tarkibi turlichadir. Bu jinslar orasida toshtuz, gips va angidridlar keng tarqalgan.
Toshtuz (galit) jinslarda to'la donador, kristallangan yoki yaxlit quyma ko'rinishda uchraydi. Uning rangidagi aralashmalarga qarab oq, havorang, pushti, qizil va qora bo'lishi mumkin. Ta'mi sho'r, suvda oson eriydi, solishtirma og’irligi 2,1 g/sm3. Toshtuz ancha qalin uyumlar va aralashmalar ko'rinishida uchraydi. Toshtuz qavatining qalinligi 10-15 m va undan ko'p bo'ladi.
Toshtuz aralashgan jinslar odatda sho'r bo'ladi va ular nurashga uchraganda jinsning yuzasida tuz gardi (sho'ri) hosil bo'ladi. Ko'pincha qumlar, gil va tuproqlar sho'rlanadi. Toshtuz ovqat tayyorlashda ishlatilganligidan osh tuzi deb yuritiladi. GIPS tabiatda xuddi toshtuz singari donador kristallangan uyumlar ko'rinishida uchraydi. Gips yumshoq, qattiqligi kichik, etalon sifatida 2-o'rindadir. Solishtirma og’irligi 2,2-2,4 g/sm3. Rangi aralashmalarning tarkibi va mikdoriga qarab xilma-xil. Toza gips qordek oq, och-kulrang yoki pushti rangda bo'ladi. Gips, gil, qumtosh va boshqa xil Cho’kindi jin­slar orasida qatlam mayda, siyrak donalar yoki ayrim kristallar druzasi (shodasi) shaklida ham ko'p uchraydi. Gips ko'pincha bo'shliqlarda - yoriq, g’ovaklarda aylanib yuradigan eritmalardan ajralib chiqadi, shunda o'sha bo'shliqlarning devori uning kristallari bilan qoplanadi. Gipsni asosiy qismi qatlamlar hosil qiladi.
Angidrid. Solishtirma og’irligi 2,9-3,1 g/sm3 va qattiqligi 2,5-3,0 bo'lib, u kulrang yoki havorang zich jinsdir. Bu belgilari angidritni boshqa jinslardan ro'yi-rost ajratib turadi. Angidridga uning 100-300 metr chuqurlikda uchraydi. Odatda angidritni gidratlanish jarayoni, ya'ni CaSO4 (angidrit) molekulasiga ikki molekula suv qo'shilishi tabiiy sharoitlarda juda tez sodir bo'ladi, natijada gips СаSO4 · 2Н2О hosil bo'ladi. Bunday vaqtlarda jinsning hajmi kengayib burmalanadi va g’ijimlangan qat-qatli tekstura hosil bo'ladi.
Angidrit ayrim hollarda gips va toshtuz kabi hosil bo'ladi, ya'ni sho'r suvli qo'ltiq va ko'llarda, ikkinchidan ekzogen sharoitda o'z tarkibidan ikki molekula suvni yo'qotishdan, shuningdek tuz hosil qilguvchi maxsus suv havzalarida hosil bo'ladi.

Yüklə 140,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin