Mаvzu: Cho'kindi tog’ jinslari



Yüklə 140,82 Kb.
səhifə9/14
tarix05.12.2023
ölçüsü140,82 Kb.
#172922
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
26 ma\'ruza Cho\'kindi tog’ jinslari

Kimyoviy ohaktoshlar. Kimyoviy yo'l bilan hosil bo'lgan ohaktoshlar, organogenlarga qaraganda po'proq uchraydi. Bular orasida mikrodonali va oolit ohaktoshlar, ohakli tuflar va boshqalar hammadan ko'p ahamiyatga egadir.
Mayda kal’tsit donalaridan tashkil topgan mikrodonali ohaktoshlar ayniqsa qadimgi qatlamlarda juda keng tarqalgan. Ularni qanday qilib va nimadan hosil bo'lganligi hanuzgacha bahs tug’dirib kelmoqda. Ehtimol ularning bir qismi organik yo'l bilan hosil bo'lib, o'zgarib ketgan ohaktoshlardir.
Oolit ohaktoshlar sharsimon ohak donalari - oolitlardan iborat bo'lib, ular qobiqqa o'xshash yoki radial shu'lasimon tuzilishda bo'ladi. Oolitlarning kattaligi odatda so'k donasidan (ikratoshi) nahotdekgacha bo'ladi. Ba'zan oolit donalar erib ularning jinsdagi o'rni dumaloq bo'shliq bo'lib qoladi. Bunday jinslar “Manfiy oolitlar” nomini olgan.
Ohakli tuf odatda kavakli yoki katakli ohakli jins ko'rinishida bo'lib, erigan bikarbonatli ohakka boy suvlardan kal’tsit cho'kib tushishi natijasida paydo bo'ladi. Unda ko'pincha shoxlar, barglar va boshqa o'simlik qoldiqlarining, shuningdek ohak manbaidan chiqqan yupqa qobiq bilan o'ralgan hayvon organizmlari qoldiqlarining izlari uchraydi. Tuflar quruqlikda paydo bo'lganligidan uncha qalin bulmaydi. Bu jinslar ba'zan qaynoq buloqlar chiqqan joylarda kattagina massa bo'lib to'planadi. Kristall tuzilishga ega bo'lgan qattiq tuflar travertinlar deyiladi. Gilli aralashmaning miqdoriga qarab ohaktoshlar gilli ohaktosh (20% dan ko'p) va mergelga (30-50%) bo'linadi.
Mergellar juda keng tarqalgan bo'lib, tsement sanoati uchun xomashyo sifatida katta ahamiyatga egadir. Tashqi ko'rinishidan mergel odatda zich, qattiq yoki yumshoqjins bo'lib, ba'zan chiganoqsimon, ko'pincha notekis yoki tuproqsimon sinishga ega bo'lib juda turli-tuman rangda (oq, kulrang, pushti, qizil va yashil) uchraydi. Xlorid kislotasida mergellar kuchli qaynaydi. NCl kislotasining har bir tomchisi jins yuzasida xira (kir) dog’ qoldiradi (mana shu bilan mergellar ohaktoshlardan keskin farq qiladi). Dolomit aralashgan jinslarni dolomitli ohaktoshlar deb yuritiladi. Kuchsiz dolomitlashgan ohaktoshlarni NCl yordamida qaynash darajasiga, ya'ni toza ohaktoshlarga qaraganda ancha kuchsiz kuzatilishiga qarab aniqlash mumkin. Ohak­tosh va mergellar orasida ko'pincha kremniyli turlar uch­raydi. Bunday jinslarni kremniyli ohaktosh va krem­niyli mergellar deb yuritiladi. Ular juda qattiq bo'lib, chig’anoqsimon va o'tkir qirrali sinishga ega, NCl kislotasi kuchsiz ta'sir ko'rsatadi.

Yüklə 140,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin