Mаvzu: Cho'kindi tog’ jinslari



Yüklə 140,82 Kb.
səhifə13/14
tarix05.12.2023
ölçüsü140,82 Kb.
#172922
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
26 ma\'ruza Cho\'kindi tog’ jinslari

Kaustobiolitlar. Kaustobiolitlarga organogen yo'l bilan hosil bo'lgan organik tarkibli jinslar kiradi. Bular birinchi darajali foydali qazilmalar bo'lib juda katta xalq xo'jalik ahamiyatiga ega. Bulardan torf, ko'mir, yonuvchi sla­nets, neft’ va bitumli (organik moddalar) jinslarning ta'rifini keltiramiz.
Torf - yog’och, mo'xlar, barglar, daraxt shox-shabbalaridan, ularning ildizlarining batamom emirilgan qoldiqlaridan iborat massadir.
Torfning rangi to'q malla yoki qoramtir bo'ladi. Torfni hosil qiluvchi o'simliklarning emirilishi suvli, havo kam joyda mikroorganizm ishtiroki bilan davom etadi. Quruq torf tarkibidagi organik moddalar ichida uglerod C - 28-35 % ni, kislorod O2 - 30-38 % ni va vodorod H2 - 5,5% ni tashkil etadi. Torf tarkibida ma'lum miqdorda mineral moddalar mavjud bo'lib, uni yoqqanda bu mineral moddalardan kul hosil bo'ladi. Torf botqoqliklarda hosil bo'ladi. Ularni torf koni - torfanik (torf koni ma'nosida) nomi bilan yuritiladi. Torfning qalinligi uncha katta bo'lmaydi, lekin ba'zan keng maydonlarni egallab yotadi. Sobiq Sovet Ittifoqining Еvropa qismi maydonining 17% i torfli botqoqliklar bilan qoplangandir. Torf o'zining paydo bo'lishiga va ichidagi materiallariga kura osoka torfi, qamish (trostnik) torfi, sapropel torfi va boshqa xillarga bo'linadi. Torf xalq xo'jaligida katta ahamiyatga ega. Shunday qilib torfli joy qalin Cho’kindi jins ostiga tushib qolishi natijasida torf avval malla ko'mirga, keyinchalik toshko'mirga aylanadi. Bu jarayon tufayli o'simlik moddalari butunlay parchalanadi. Torfning ustki qismida qalin jinslarning bosimi natijasida torf zichlashadi va suvsizlanadi (degidrotatsiya).
Bu jarayon va yana toshko'mirning antratsitga aylanishini ko'mirlanish deb yuritiladi.
Ko'mirlar - sayoz suvlar ostida yig’ilib qolgan o'sim­lik materiallaridan havosiz muhitda kumir paydo bo'ladi. Birinchi davrda o'simliklarning ko'mirga aylanishi, asosan biokimyoviy yo'l bilan o'tadi. Chunki organik moddalarni emirishda mikroorganizmlar - aerob va anaerob baketeriyalar va boshqalar ishtirok qiladi. Suv ostiga chukkan o'simliklar suvning Yuqori - havo kiradigan qis­mida emirilishiga, chirishiga gumus paydo qilish jarayoni deb yuritiladi. Bu emirilayotgan modda havo o'tmas chuqurlikka etganda deyarli bir xil mallasimon massaga, ya'ni torfga aylanadi. Ko'pincha ko'mirlar torfdan hosil bo'ladi. Ko'mirlar orasida ularning strukturasi va uglerodning (C) mikdoriga ko'ra mallako'mir (69%), asil toshko'mir 82% (C) va antratsit (95%C) ga bo'linadi.
Malla ko'mir yoki lignit qazilma ko'mir turlaridan biri bo'lib, sifatiga ko'ra toshko'mir bilan torf o'rtasida turadi. Toshko'mirga nisbatan yumshoq, torfga qaraganda qattiq va zichlangan. Rangi malla, ko'pincha malla­simon qora, qat-qat bo'lib yotadi, tabaqasining qalinligi 1 santimetrdan 30-35 m gacha, solishtirma og’irligi 0,8-1,4 2,1 g/sm3, 4000-7000 kal issiklik beradi. Bunda uglerod (karbon) 75%, suv 10-40% (suvga Yaqin joyda), kuydirilgandan keyin qolgan kuli, asosan noorganik moddalardan iborat. Bulardan tashqari, kumirni qizdirganda undan uchuvchan moddalar chiqadi, chizig’i qo'ng’ir, yaltiroq, chig’anoq sinishli.
Toshko'mir. Rangi qora, yog’liqsimon yaltiraydi. Odatda Yaxshi yuqmaydi, yirik yoki mayda donador, mo'rt. Qatlamlangan toshko'mirning Yaxshi xilidan koks tayyorlanadi. Chizig’i qora, yaltiroq va xira.
Antratsit - qattiqligi va yaltiroqligi bilan tosh-ko'mirdan farq qiladi. Unga qora rang, yarimmetallsimon yaltiroqlik, g’adir-budir sinish xosdir. Ko'lga yuqmay­di. Tezda o't olmaydi.
Yuqorida ko'rsatilib o'tilgan jinslar uglerod bilan to'yinishning yog’och-torfmalla ko'mir-toshko'mir-antratsit bosqich-ini tashkil qiladi. Yog’ochda 50%, antratsitda 95% bo'ladi. Shunday qilib torfli joy, qalin Cho’kindi jins ostida tushib qolishi natijasida torf avval mal­la ko'mirga, keyinchalik toshko'mirga aylanadi. Bu jara­yon tufayli o'simlik moddalari butunlay parchalanadi. Torfning ustki qismida qalin jinslarning bosimi natijasida torf zichlashadi va suvsizlanadi (degidrata­tsiya).
Bu jarayon va yana toshko'mirning antratsitga aylanishini
Yüklə 140,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin