Mаvzu: Cho'kindi tog’ jinslari



Yüklə 140,82 Kb.
səhifə7/14
tarix05.12.2023
ölçüsü140,82 Kb.
#172922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
26 ma\'ruza Cho\'kindi tog’ jinslari

Qoldiq gilli jinslar. Turli jinslarning fizik va kimyoviy nurashi natijasida hosil bo'lgan materiallar, ba'zan o'z o'rnida qoladi (elyuviy) yoki bir oz siljib o'z o'rnidan ketadi va boshqa joyda to'planadi. Shunday yo'l bilan hosil bo'lgan jinslarga kaolinlar va lateritlar kiradi.
Kaolinlar - juda toza, o'ta plastik va oq rangli kao­linit to'plamidir. Kaolinlar magmatik tog’ jinslaridagi dala shpatlarining kimyoviy nurashi (gidroliz) natijasida hosil bo'ladi. Bunday dastlabki kaolinlar o'zida, kvarts, slyuda va o'sha jins tarkibiga kiruvchi boshqa minerallarning donalari bo'lishi bilan farq qilib turadi.
Boksitlar. Odatda qattiq, ba'zan kulrang gilli jins bo'lib, asosan alyuminiy gidroksidi (A12O3·2H2O) dan iborat bo'ladi, ba'zan unga temir oksidi ham aralashadi. Boksitlar va amiminiy minerallarining cho'kishi natijasida nurash qobiqlarining yuvilishi qayta yotqizilishidan hosil bo'ladi. U xalq xo'jalikda katta ahamiyatga ega. Undan alyuviy, olinadi.
Gillar. M.S. Shvetsovning ta'rifiga kura, gil bu suv bilan aralashganda plastik massa hosil qiluvchi, quriganda qotuvchi, qizdirganda esa toshdek qattiq bo'lib qoluvchi tuproqsimon jinsdir.
Ko'pincha gilning unga uxlagandan keyin bo'ladigan hidi (“pechka hidi”) bo'ladi deb hisoblaydilar. Ba'zi xillarda haqiqatdan ham bu xususiyat bor, lekin bu hamma gillar uchun anikdash belgisi bo'la olmaydi. Gillar quruq holida tashqi ko'rinishidan tuproqsimon, yumshoq, oson maydalanadigan va eziladigan yoki juda qattiq, “toshdek” jinsdir. Gillarning qattiqligi birga teng. Shunga kura ularga tirnoq bilan oson chiziladi. Zich gilning yuzasi barmoq bilan ishqalansa, yaltiroq iz qoladi. Gillar ho'l barmoqqa yopishib, suvni tez shimib oladi. Gil suvga to'yingandan keyin bo'kadi, yumshaydi va yopishqoq plas­tik massaga aylanadi. Unga yana suv qo'shilsa asta-sekin suyuq massaga aylanadi.
Gillarning muhim xususiyatlariga quyidagilarni ko'rsatish mumkin: 1) qayishqoqlik, ya'ni bosim ta'sirida osonlik bilan har qanday shaklga kira olish va bosim to'xtagandan so'ng shu shaklni saqlab qolish xususiyati. Bu xususiyat gilni tashkil qiluvchi zarrachalarning juda mayin va asosan plastinka (taxtacha) shaklida bo'lishi, shuningdek gilga xos bo'lgan boshqa belgilarga bog’liqdir. Gil haddan tashqari quritilsa yoki qizdirilsa qayishqoqligi yo'qoladi. 2) Ko'p suvni (hajmning 40-70% i) shima olishi, jins suvni shimib olganda ko'pchiydi (gigroskopiyli). 3) Suvga juda to'yingandan so'ng suv o'tkazmasligi. 4) Ba'zi kolloid va bo'yoqli moddalarni, tuzlarni va yog’larni yuta olishi va hokazo. Hamma gillarda bu xususiyat turlichadir. 5) O'tga chidamliligi - erimasdan Yuqori temperaturaga chidashi. Gillar xilma-xil yo'llar bilan paydo bo'ladi. Ular orasida kontinental (ko'l, allyuvial va boshqa gillar) va dengizda paydo bo'lganlari bor. Gillar turli sharoitlarda, sayoz suvlarda ham, chuqur suvlarda ham to'planadi. Shunga kura, gillar teks­tura belgilariga (qatlamli va boshqa), fizik xossalariga, rangiga, tarkibiga, shuningdek aralashmalari (qum, ko'mirli, ohak, kremniy) va eritmalarning xarakteriga qarab farq qiladilar.
Toza gillar yog’liq gil, bir oz qum aralashgani yog’siz gil deyiladi. Qumli gillar tarkibida qum ko'paysa gil­li qumga, changsimon zarralari ko'paysa, gilli alevrit jinsiga aylanadi. Gilning tarkibida oz miqdorda kal’tsiy karbonat (ohak CaСO3) bo'lsa, ular ohakli yoki mergelli gil deyiladi. Ohak ko'p bo'lsa, mergelga o'tadi. Gillarning suvli kremnezemga boy bo'lgan xillari ham bo'ladi. Bunda gil zarrachalarini kremnezem tsementlaydi. Gillarni tasvirlashda uning rangini (shu bilan bir vaqtda uning namligini ko'rsatish kerak); qayishqoqligi, yog’liq, quruq va qumliligini, rang beruvchi aralashmalarning tabiatini (gil, ko'mirga o'xshagan qoramtir, deyarli qora, bitumli va bi­tum hidli, bitumga juda to'yingan bo'lsa qog’ozda yog’li dog’ qoldiradigan va engil erituvchilarni (benzin va boshqa) bo'yaydigan: teksturasini (varaq-varaq mayda qavatchali va hokazo), hayvon, tosh tamg’alaryni va o'simlik qoldiqlarini ko'rsatish lozim bo'ladi.
Gilli jinslar turli aniqlash jarayonlari natija­sida odatda kremnezem bilan tsementlashgan, ko'pincha juda qattiq argilitlarga aylanadi. Bunda gilga xos bo'lgan bir qancha xususiyatlar, masalan, plastiklik va suv shimuvchanlik xususiyatlari yo'qoladi.

Yüklə 140,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin