Cho’kindi jinslarning eng muhim belgilari Cho’kindi tog’ jinslarini o'rganishda magmatik jinslar kabi ularning struktura va teksturalarini o'rganish katta ahamiyatga ega. Jinsni tashkil qilgan bo'lak zarrachalarining shakli va katta-kichikligi struktura, o'sha bo'lak zarrachalarning joylashuvi esa tekstura deb yuritiladi.
Strukturasi. Cho’kindi jinslar maydalanishdan hosil bo'lgan jins bo'laklarining kattaligiga qarab quyidagi asosiy gruppalarga bo'linadi.
a) dag’al bo'lakli (psefit) jinslar-bo'laklarning diametri 2 mm dan katta bo'lgan yirik bo'lakli jinslar;
b) qumli (psammit) jinslar-bo'lakchalari 2 mm dan
0,1 mm gacha bo'ladi;
v) changsimon (alevrit) jinslar-zarrachalari 0,1 mm dan
0,01 mm gacha bo'ladi;
g) gilli (pelit) jinslar-zarrachalari 0,01 mm dan
kichik bo'ladi.
Jinslar bo'laklarining ko'rinishi va shakliga qarab burchakli (dumaloqlanmagan), chala dumaloqlangan (burchakli, dumaloq) va dumaloqlangan - silliq (dumaloqlangan) bo'lishi mumkin, Tufogen jinslarda esa hamma bo'laklar juda ko'p burchakli bo'ladi.
Qumli jinslar orasida donalarning katta-kichikligiga qarab: a) dag’al donali (2-1 mm); b) yirik donali (0,5 mm); v) o'rta donali (0,5-0,25 mm); g) mayda donali (0,25 dan 0,1 mm gacha); d) alevrolit (0,1 mm dan mayda) jinslarga bo'linadi. Kimyoviy va organik yo'l bilan hosil bo'lgan jinslarni ham shunday, ya'ni belgilariga qarab sinflarga bo'lish qo'llaniladi (kristall yoki donalarning kattaligiga, shuningdek jins hosil qiluvchi organizmlarning tarkibiga qarab). Bundan tashqari, donalarining bir-birlariga nisbatan katta-kichikligiga qarab quyidagi strukturalar bo'ladi: a) teng va har xil donali struktura; b)donalari turli kattaliqtsagi mayda (1-2 mm) sharchalar shaklida bo'lgan oolit struktura; v) jinslar varaqsimon struktura (qat-qat varaqsimon tuzilishdagi) struktura; g) jinsni tashkil qilgan mineralning kattaligi va shakliga bog’liq bo'lgan igna-simon va tolasimon struktura; d) jins bir-biriga qattiq, tsementlangan o'tkir qirrali bo'laklardan iborat bo'lgan brekchiyasimon struktura.
Testurasi. Zarralarning o'zaro joylanishlariga qarab Cho’kindi tog’ jinslari orasida quyidagi teksturalar mavjuddir: a) tartibsiz tekstura - jinsni tashkil etgan material betartib joylashgan, ya'ni xuddi aralashgan holatda bo'ladi. Bunday tekstura muz yotqiziqlariga, morenalarga, dag’al konglomeratlarga va boshqalarga xosdir; b) varaqsimon va (qat-qat teksturalar) qat-qatlik yuza bo'ylab turli kattaliqdagi donalar tez-tez almashinib turganligidan jins yupqa-yupqa varaqchalarga (qavatchalarga) ajraladi; v)cherepitsasimon tekstura (varaqsimon teksturaning bir xili). Jins donalari osonlikcha yupqa, mayda taxtachalarga, ko'pincha bir-birini qoplaydigan cherepitsalarga ajraladi.