Yo'l-yo'l tekstura - qatlamlar yuzasi deyarli parallel yoki to'lqinsimon buriladi va asta-sekin yo'qolib ketadi. Ko'pincha Cho’kindi jinslarning qat-qatligi va boshqa tuzilish xususiyati kichik jins bo'laklarida Yaxshi ko'rinmay bir butun qatlamda yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Bularni makrotekstura deb yuritiladi.
Ko'pchilik Cho’kindi jinslarning eng muhim belgisi bo'lgan qatlamlilik (sloistost’) shu teksturaga kiradi. Qatlamlanish (qatlamlilik). Cho’kindi jinslar dengiz va chuchuk suv havzalarida yoki quruqlik ustida hosil bo'lgan qatlamlangan jinslardan iboratdir. Bunday sharoitda hosil bo'ladigan qatlamlangan jinslarning mineral tarkibi ham, donachalarning kattaligi ham o'zgaradi. Mineral tarkibining o'zgarishi esa jins rangining o'zgarishiga sabab bo'ladi.
Agarda Cho’kindilar tinch sharoitda to'plansa, to'g’ri yoki gorizontal qatlamlanish hosil bo'ladi.
Bu esa to'plangan materialning tarkibi ancha katta maydonda o'zgarganligini ko'rsatadi. Agarda Cho’kindi havo yoki suv oqimlari orasida cho'ksa, qiyshiq yoki kesib o'tuvchi to'rsimon qatlamlanish vujudga keladi.
Qazilma jimjimasi (to'lqin izi). Kam suvli joylarda to'plangan Cho’kindilar shamol ta'sirida qiyshiq qatlamlanishdan tashqari g’alati to'lqin izlarini - jim-jimalarni hosil qiladi. CHo'qqilari yassi-simmetrik bo'lmagan shamol jimjimasi, shamol yuzaga o'xshagan, lekin amplitudasi kattaroq 1:4 dan 1:10 gacha bo'ladigan oqim izi jimjimasi simmetrik va o'tkir uchi bilan farq qiladigan to'lqin izi bordir.
Jimjimaning tabiatini to'g’ri tasvirlash uning qanday sharoitda paydo bo'lganini aniqlashda qo'l keladi. Shuning uchun jimjimani tasvirlash vaqtida uning rasmini solish yoki suratga olish lozim bo'ladi.
Qurish yoriqlari. Ba'zan gilli jinslar ustidagi suv yoki namlikning qurishi natijasida darzlar paydo bo'ladi. Ular bo'ylab ko'p burchakli gil payraxalari vujudga keladi. Ular ayniqsa yomg’ir yoqqan vaqtda suv halqob bo'lib turgan joylarda ko'zga tashlanib turadi, Shuningdek, qadimdan hosil bo'lgan gil qatlamlarida ham kuzatiladi. Bunday vaqtlarda ular boshqa jinslar bilan to'lib turadi.
Tamg’alar keyinchalik to'plangan Cho’kindilar tagida yoki qo'shilib qolgan qum yoki gil qatlamlarining yuzasida yog’ib o'tgan do'l yoki yomg’irlarning tik chekkalari ko'tarilib dumaloq chuqurcha ko'rinishidagi izlari saqlanib qoladi. Sudralib yuruvchi jonivorlarning (mollyuska yoki chuvalchanglarning) izlari ham tushib qoladi, bu izlar oyoq izlari yoki ariqchalar shaklida bo'ladi. Ba'zan toshtuz (galit) va boshqa minerallarning kristallari erib ketgandan keyin paydo bo'lgan bo'shliqlar saqlanib qoladi. Bu bo'shliqlarning shakliga qarab, erib ketgan mineralni aniqlash mumkin.
Sement Cho’kindi jinslarning yirikroq donalarini birlashtiruvchi mayin donali yoki amorf massaga tsement deb yuritiladi. tsementlar turiga va paydo bo'lishiga qarab sinflarga bo'linadi. Bu to'g’rida to'xtab o'tmaymiz. Faqat ikkita asosiy gruppani, ya'ni Cho’kindi cho'kkan vaqtda hosil bo'lgan tsementni va jins hosil bo'lgandan keyin o'sha jinsda oqib yuradigan eritmalardagi tuzlarning cho'kishidan hosil bo'lgan tsementni eslatib o'tish kerak. tsement va jins donalarining bir-biriga nisbati va shuningdek donalarning tsementda joylanishi teksturaning muhim belgisi hisoblanadi.
Sement tarkibiga ko'ra, gilli, qumli, ohakli, temirli, kremniyli bo'ladi va hokazo.
Ko'pchilik jinslarning nomi tsementning tarkibiga qarab qo'yiladi (masalan, ohakli yoki temirli qumtoshlar). Cho’kindi jinslarning qattiqligi, ya'ni zichligi tsementning tarkibiga, donachalarining katta-kichikligiga bog’liq bo'ladi.
G’ovaklik. Cho’kindi tog’ jinslaridagi g’ovaklik juda katta amaliy ahamiyatga egadir (neft’ geologiyasida, gidrogeologiyada va muhandislik geologiyasida) va juda muhim tashqi belgilardan biri hisoblanadi.
G’ovaklik bir necha xil omillarga bog’likdir. Bularga jins tashkil qiluvchi donachalarning kattaligi, tsementning miqdori va zichligi (ayniqsa qum-toshlar uchun) va jinsning ayrim qismi va uni tashkil qilgan zarrachalarining aylanuvchi eritmalarda yuvilishi (ohaktoshlar, dolomitlar va boshqalarda) muhim ahamiyatga egadir. G’ovaklik darajasiga qarab quyidagi jinslarga ajratish mumkin:
a) zich jinslar - g’ovaklari oddiy, ko'zga ko'rinmaydi;
b) mayda g’ovakli jinslar - g’ovaklari mayda-mayda
ko'rinadi;
v) yirik g’ovakli jinslar - g’ovaklari 0,5-2,5 mm;
g) ilma-teshik (kavernoz) kovak jinslar (ko'pincha ohaktoshlarda va dolomitlarda ko'p uchraydi) - katta kovaklari murakkab bo'shliqqa o'xshaydi. Ular erib ketgan chig’anoqlarni va boshqa organizm qoldiqlarini, shuningdek jinsning ayrim qismlarida saqlanib qolgan bo'shliqlarni eslatadi. Jinsning hajm birligi, uning g’ovaklik darajasiga bog’likdir.
Rangi. Cho’kindi jinslarning rangi va tuey rang-barang bo'lib, oqdan tim qoragacha o'zgaradi. Jinslarning rangi ularni aniqlashda muhim belgi bo'lib hisoblanadi. Jinslarning rangi quyidagilarga: 1) jinsni hosil qilgan mineralning rangiga; 2) jinsdagi siyrak aralashmalarning va sementning rangiga; 3) ko'pincha jinsni tashkil etuvchi mineral donachalarni o'rab olgan juda yupqa parda rangiga bog’liqdir.
Oq va och ranglar odatda Cho’kindi jinslarni tashkil etgan asosiy minerallar (kvarts, kal’tsit, dolomit, kaolinit va boshqalar) dan kelib chiqadi. Bu esa jinsning ma'lum darajada tozaligidan dalolat beradi.
To'q-kulrang va qora ranglar ko'pincha ko'mirsimon bo'yoq moddalar, ba'zan marganets va temir birikmalari aralashmasidan kelib chiqadi. Ba'zan qora jinslarning rangi mineral tarkibiy qismining rangiga bogliq (masalan, ko'mir, qum). Qizil va pushti ranglar, odatda jinsda temir oksidi aralashgan bo'lishiga bog’liq. Bunday ranglar odatda issiq iqlim sharoitida nurash natijasida yuzaga kelishidan darak beradi. Yashil rang temirning ikki valentli oksidi, glaukonit, ba'zan xlorit, malaxit va boshqa yashil minerallarning borligidan darak beradi. Sariq va qo'ng’ir ranglar jinsda limonit minerali borligini ko'rsatadi.
Sun'iy yorug’lik va namlik jinsning tusini o'zgartiradi. Shuning uchun ham jinsning rangini kunduz kuni aniklash kerak. O'rganilayotgan jinsning namligini hamma vaqt aniq ko'rsatish yoki namligida qanday, qurigan vaqtda qanday rangda bo'lishini ko'rsatish kerak.
Ko'pincha jinslarning rangini aniqlash uchun qo'shimcha belgilarni qo'llash kerak. Masalan, yashil-kulrang, limondek sariq, shishadek ko'k, jigarrang, qo'ng’ir, go'shtsimon qizil, havorang va hakozo. Shuning bilan bir vaqtda asosiy rangini ikkinchi o'ringa qo'yish kerak.
Masalan, go'shtsimon qizil qumtosh, buning ma'nosi qumtosh qizil bo'lib, go'shtdek tusda degan so'zdir.
Jinslarning rangini uchta so'z bilan (masalan, ko'kimtir-yashil-kulrang deb) belgilash to'g’ri emas, bunday ta'rif to'liq tushuncha bermaydi va ko'pincha o'quvchini adashtiradi. Ranglarning tasviri ko'p bo'lmasligi, lekin etarli darajada mukammal aniq bo'lishi kerak, chunki bu narsalar keyinchalik juda muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.