26.1. Cho'kindi tog’ jinslari
Cho'kindi jinslarga avval hosil bo'lgan tog’ jinslarining Yer yuzasida quyi temperatura va past bosim natijasida emirilishidan hosil bo'lgan jinslar kiradi. Shuningdek, vulqonning qattiq mahsulotlaridan hosil bo'lgan piroklast jinslar (vulqon ko'llari, toshlari, bombalari) cho'kindilarning alohida gruppasini tashkil qiladi. Ular litosferaning ustki qismida okean, dengiz, ko'l, dare, botqoqlik tublarida va chuqurlikda turli minerallarning ekzogen sharoitda to'planishidan hosil bo'ladi.
Cho'kindi tog’ jinslarining tarkibi ilgari hosil bo'lgan mineral va magmatik, cho'kindi, metamorflashgan tog’ jinslarining emirilishidan hosil bo'lgan mineral va jins bo'laklaridan, organik moddalarning (hayvon va o'simlik) qoldiqlaridan va kimyoviy yo'l bilan hosil bo'lgan moddalarning to'planishidan hosil bo'lgan cho'kindilardan iborat.
Cho'kindi jinslarning umumiy ta'rifini M.S. Shvecov quyidagicha keltiradi: "Cho'kindi jinslar organizmlarning hayot faoliyatidan hosil bo'ladigan va havo hamda suvdagi har qanday materiallar muhitidan cho'kib tushadigan, shunda ham hamisha Yer yuzasidagi bosim va temperatura ta'sirida vujudga keladigan jinslardir.
Cho’kindi tog’ jinslari magmatik jinslarga qaraganda litosferaning oz qismini, ya'ni atigi 5% tashkil qilsada, Yer yuzasining 75% maydonini qoplab yotibdi.
Muhim omillardan biri nurash jarayonidir. Cho’kindilarni hosil bo'lishi juda uzoq vaqt davom etadi. Avval cho'kish materiallari hosil bo'ladi. Ilgari paydo bo'lgan tog’ jinslari havo, suv va muzlarning ta'sirida, haroratning o'zgarishidan va organizmlarning hayot jarayoni natijasida emiriladi. Qattiq jinslar mayda bo'laklarga parchalanib ketadilar. Qolganlari esa eriydilar. Bularning hammasi cho'kish materiallaridir. Qisman ular o'z o'rinlarida qoladilar, kattagina qismi esa suv, shamol, muz, og’irlik kuchi ta'sirida olib ketiladi. Ularni olib ketish kuchi, ya'ni tezligi kamayishi yoki yo'qolishi natijasida emirilgan jinslar ushlanib qoladi. Shunday qilib suvga to'yingan Cho’kindi hosil bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan suv astasekin Cho’kindidan yo'qoladi, Cho’kindining tuzilishi va mineral tarkibi o'zgarib, bu-ning oqibatida tog’ jinsi hosil bo'ladi. Demak, Cho’kindi jinslar qadimda paydo bo'lgan jinslarning tabiiy va kimyoviy nurashidan hosil bo'lgan mahsulotdir. Cho’kindi tog’ jinslari faqatgina quruqliknigina emas, balki okean va dengiz tubini ham qoplab yotibdi.
Cho’kindi jinslarni hosil bo'lish sharoiti va uning to'planishiga yordam beradigan omillarga qarab quyidagi genetik guruhlarga ajratish mumkin:
O'z o'rnida qolgan qoldiq.
Ko'chkilar yotqiziqlar.
Erigan modda ko'rinishida.
Siniq qattiq bo'laklar ko'rinishida. Organizmlar hayot faoliyati natijasida hosil bo'lgan yotqiziqlar
Xilmaxil kimyoviy reaktsiyalar yo'li bilan hosil bo'lganlar (orgonogen jinslar), (suspenziya, kolloid va asl eritmalar).
Ajratilgan gruppalar eng so'nggi tur bo'lib, turlicha oraliq vositalar bilan o'zaro bog’liqdir. Yuqorida keltirilgan sxemadan magma jinslar kabi Cho’kindi jinslar uchun ham yotqizilish (to'planishi) usuli muhim ahamiyatga ega ekanligi ko'rinib turibdi.
Dostları ilə paylaş: |