Mаvzu: Cho'kindi tog’ jinslari



Yüklə 140,82 Kb.
səhifə5/14
tarix05.12.2023
ölçüsü140,82 Kb.
#172922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
26 ma\'ruza Cho\'kindi tog’ jinslari

Solishtirma og’irligi. Cho’kindi tog’ jinslarining solishtirma og’irligini aniqlash katta ahamiyatga egadir. Ularning solishtirma og’irligini laboratoriya sharoitida aniqlash kerak, le­kin ba'zan taxminan belgilash ham mumkin. Masalan, ko'pincha gipsni ko'rinishidan angidriddan ajratish qiyin, ammo bularning solishtirma og’irligidagi farqni shu jinslarning bir xil kattaliqdagi bo'lagini olib qo'lda salmoqlab ko'rib bilish oson (gips-2,4 va angidrid-2,9).


Cho’kindi jinslarni tasvirlash
Siniq (klastik) jinslar. Siniq jinslarning tasnifi bo'laklarining katta-kichikligiga, shakli va qanchalik tsementlanganligiga asoslangan. Bu belgilar jinslarning tashqi ko'rinishini belgilash bilan bir vaqtda, ularning hosil bo'lish sharoitini ham aks ettiradi.
Dag’al siniq jinslar (psefitlar) psefit strukturali siniq jinslar bo'shoq (chochiq) va tsementlangan turlarga bo'linadi. Chochiq psefitlar shakli va kattaligiga qarab yumaloqlangan va yumaloqlanmagan jinslarga bo'linadi. Ular yana yirik, o'rta va kichik donalarga bo'li­nadi.
Bo'laklari rosa dumaloq, odatda qirralari ham silliqlanib ketgan jinslar yumaloqlangan jinslarga kiradi. Yumaloqlanmagan jinslarning siniqlari (bo'laklari) odatda burchakli, ya'ni silliqlanmagan bo'ladi.
Chochiq pseoitlarning shakli va kattaligiga qarab yumaloqlangan va yumaloqlanmagan jinslarga bo'linishi

jadval 17.

Bo'laklarning diametri kam

Yumaloqlangan jinslar

Yumaloqlanmagan jinslar

2-10
10-200
200 katta

shag’al toshlar g’o'la toshlar

chaqiq tosh xarsang toshlar

Jinslarning yumaloq bo'lishi siniq jinslar emirilgan joyida to'planadigan eriga qadar kelguncha uzoq vaqt ichida ko'p masofani bosib o'tganligini ko'rsatadi. Jins­larning yumaloqlanmay qolganligi esa, aksincha uncha uzoq bo'lmagan masofadan keltirilganligidan darak beradi. tsement va toshning tarkibi qanday bo'lishidan qat’ynazar, tsement bilan birikkan, yumaloqlangan siniq dag’al toshlarning hammasini konglomeratlar, yumaloqlanmagan bo'laklardan iborat bo'lib, tsementlangan jinslarni esa brekchiyalar deyiladi.


Konglomeratlar faqatgina Cho’kindi tog’ jinsiga xosdir, brekchiyalar esa har xil sharoitda hosil bo'ladi. Kon­glomeratlar kabi bir xil tsement bilan tsementlangan brekchiyalar Cho’kindi jinslarga kiradi. Har xil kattalikdagi o'tkir qirrali bo'laklarining tarkibi tsementning tarkibi bilan bir xil bo'lgan brekchiyalar surilish jarayonlari natijasida hosil bo'ladi. Bundan tashqari tektonika brekchiyalari ham bor. Ulardagi har turli si­niq bo'laklari, jinsning turli qismida tarkibi har xil bo'lgan tsement bilan yopishgan bo'ladi. Jins bo'laklarida esa bosim izi saqlanib qolgan bo'lib, darzlar ko'rinadi. Jins bo'laklarida ham, tsementda ham siljish tekisligi (oyna), ya'ni uzunasiga ketgan chuqur ariqchalar bilan qoplangan silliq yuzalar uchraydi.
Tektonika brekchiyalar tektonik harakatlar natijasi­da jinslarning emirilishi va bir qatlamning ikkinchisi ustidan surilishi jarayonidan hosil bo'ladi. Shuning uchun ham bu brekchiyalarni Cho’kindi jinslar qatoriga kiritmay, tektonika, uziluvchanlik harakatlari ta'sirida paydo bo'lgan jinslar deb qarash kerak.
Psefitlarni tasvirlashda bo'laklarning tarkibini, rangini va kattaligini, qanchalik yumaloqligini, tsementning tarkibini, rangini hamda jinsdagi bo'laklar bilan tsement o'rtasidagi nisbatni ko'rsatish kerak. Konglomeratni tasvirlashga misol: shag’al konglomerat kulrang ohaktosh, pushti fanitdan, qora kremniydan hosil bo'lgan yumaloq shakldagi mayda tosh, o'rtacha donador, qo'ng’ir temirli qumtoshdan iborat bo'lgan, tsementi zich joylashgan, shagal bilan mayda tosh o'rtasidagi bo'shliqlarni to'ldirgan.
Qum va qumtoshlar (psammitlar). Psammitlar gruppasiga strukturasiga qarab kattaligi 0,1 mm gacha bo'lgan jinslar kiradi.
Bu jinslar zichlanganligiga va tsementlanganligiga qarab ikkita katta gruppaga a) bo'shoq (chochiq) - qumlarga va b) tsementlangan jinslar - qumtosh (peschanik)larga bo'linadi.
Qum va qumtoshlar donachalarining katta-kichikligi-ga qarab quyidagi kichik gruppalarga bo'linadi: a) 2 mm dan 1 mm gacha bo'lgan (shag’alga Yaqin) dag’al donali qum va qumtoshlar; b) 1 mm dan 0,5 mm gacha bo'lgan yirik donali qum va qumtoshlar; v) 0,5 mm dan 0,25 mm gacha bo'lgan o'rta donali qum va qumtoshlar; g) 0,25 mm dan 0,1 mm gacha bo'lgan mayda donali qum va qumtoshlar.
Psammitlarni tasvirlashda xuddi psefitlardek donalarining katta-kichikligini va yumaloqligini, mine­ral tarkibi va rangini ta'riflash kerak bo'ladi.
Psammitlar, asosan bir mineraldan tuzilgan bo'lishi mumkin. Masalan, kvartsdan, bunday hollarda uni kvartsli qum yoki qumtoshlar deyiladi. Bundaylarni oligomikt psammitlar deb yuritiladi. Har xil mineral bo'laklaridan iborat bo'lgan (kvarts, dala shpati, slyuda, glaukonit bo'laklari) polimikt psammitlar deyiladi.
Psammitlarni tasvirlashda Yuqorida ko'rsatilgan bel-gilardan tashqari ularning tsement va donachalari orasida uchraydigan ohakning bor-yo'qligini, 5-10% xlo­rid kislotasi yordamida aniqlashga e'tibor berish ke­rak. Jinslarda oz miqdorda ohak bo'lsa ham xlorid kislotasining bir tomchisidan qaynash hodisasi ko'riladi. Reaktsiya natija bermasa jinsda ohak yo'q deb hisoblanadi.
Sementlashgan jinslarda tsementining tarkibi bi­lan xususiyatini, mahkamlik darajasini, zichligi va g’ovakligini bir xil bo'lishini yoki har xilligini va boshqa belgilarini albatta ko'rsatish kerak. Psammit jinsni mikroskopik (ko'z bilan) yo'l bilan tasvirlashga misol keltiramiz. Odtsimizda ancha zich, yashil-kulrang jins bo'lagi turibdi. Bu jins qirralari silliqlangan 0,3-0,5 mm kattalikdagi kvarts donalaridan iborat. Jinsda kvartsdan tashqari 0,3 mm kattalikdagi glaukonit donalari ham ko'p. Shu donalar jinsga yashil tus beradi. NC1 kislotasi ta'sir qilganda jins kuchsiz qaynay boshlaydi. Bu esa jinsning tsementida bir oz ohak qo'shilgan yashil-kul­rang, o'rtacha donador polimikt (kvarts, glaukonit) qum-tosh ekanligini ko'rsatadi. Psammitlar donalarning nisbiy kattaligiga qarab teng donali (saralangan) va har xil donali (saralanmagan) turlarga bo'linadi.
Mineral tarkibiga ko'ra, psammitlar quyidagi gruppalarga bo'linadi: 1. Kvarsli qumlar va qumtoshlar, asosiy komponent-kvarts; aralashma shaklida dala shpatlari, slyuda, glaukonit va boshqalar uchraydi. tsementi har xil: kremniyli, gilli, glaukonit va boshqalar uchraydi. Bu qumtoshlar tsementiga qarab kremniyli, temirli va hokazo bo'ladi. 2. Magnetitli va granatli qumlar kam uchraydi, tarkibida minerallarning nomi ko'rsatilgan donalar ko'proq bo'ladi. 3. Glaukonitli qum va qumtosh­lar Glaukonit jinsning 20-40% ni va undan ko'prog’ini tashkil qiladi. Boshqa komponentlardan kvarts (60-80%) va slyuda ko'proq uchraydi. Glaukonitning miqdoriga va uning rangining ravshanligiga qarab qum to'q yoki ochyashil bo'ladi. Qum nuraganida esa glaukonit parchalanib, qo'ngir-qoramtir rangdagi temirli qumga aylanadi. 4. Temirli qum va qumtoshlar. Qum kvartsdan iboratdir. Kvarts dona­lari qo'ng’ir temir qobig’i bilan o'ralgandir; qumtoshlar esa shu temirli minerallar bilan tsementlangan. Rangi och-qo'ngirdan qizg’ish zarg’aldoq ranggacha bo'ladi.
5. Arkoz qum vya qumtoshlar. Asosiy komponentlari
granit va gneyslarning fizik emirilishidan hosil
bo'lgan kvarts, dala shpati va oz miqdorda rangdor minerallardan (rogovaya obmanka, biotit va piroksen) ibo­
ratdir. tsementining tarkibi juda mayda Yuqoridagi minerallar.

Yüklə 140,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin