ko'mirlanish deb yuritiladi.
Antratsit. Solishtirma og’irligi 1,4-1,7 2 g/sm3. Rangi qora. Metallsimon yaltiraydi. Uchuvchan moddalar 8% dan kam. Shuning uchun ham u o'z-o'zidan yonmaydi. Uzoq saqlash mumkin. Uni katta masofaga olib borish mumkin.
Organik moddalarning parchalanish jarayoni kislorodli sharoitda ro'y beradi va bitumlar deb ataladigan neftni yoki yonuvchi, uchuvchi moddalarni hosil qiladi va bu jarayon bitumlanish deb yuritiladi. Neftning paydo bo'lishi to'g’risida birinchi marta D.I. Mendeleev tomonidan aytilgan fikr ham bordir. Unga ko'ra neft’ noorganik yo'l bilan hosil bo'ladi. U Yer qobig’ining cho'nqir qismida sintezlanadi, keyinchalik Yuqoriga ko'tarilib, Yaxshi kollektor xususiyatiga ega bo'lgan Cho’kindi jinslar orasida to'planadi. Bitumlar ko'pincha dengizda, gillar bilan aralashib cho'kadi. Natijada yonuvchi slanetslar deb ataluvchi jinslar hosil bo'ladi. Ular yupqa qatlamli, qat-qat qoplangan, to'q kulrang, malla yoki qoramtir jinslardir. Ko'pincha slanetslarning yuzasi turli qazilma tamg’alar bilan qoplangan bo'ladi.
Quruq yonuvchi slanetsga olov tutilsa is chiqarib yonadi yoki quyuq tugun chiqarib tutaydi, ayni vaqtda bitumning kuchli hidi kelib turadi.
Neftning Yuqorida tasvirlangan jinslardan farqi, uning suyuq bo'lishidir. Uning rangi solishtirma og’irligiga qarab och-sariqdan (engil xillari) malla-qoragacha (og’ir neft) bo'ladi. Neftga moydek yaltirab turish xosdir. Neftning o'ziga xos hidi bor. Agar neftda ko'p miqdorda oltingugurt bo'lsa (masalan, Uraldagi neft’), vodorod sul’fid hidiga o'xshagan o'tkir hidi bo'ladi.
Suvga tushgan kichik neft tomchisi rangdor toblanuvchi pardani hosil qiladi (flyuorestsentsiya).
Ba'zan juda katta neft konlari har xil g’ovak yoki yoriklari ko'p bo'lgan jinslar orasida uchraydi. Bunday jinslar (qum, qumtosh-konglomerat, ohaktosh va boshqalar) ayni vaqtda neft konlari kollektorlarning rolini bajaradi.
Bitumli jinslar ichida oksidlangan (quyuqlashgan) holdagi neft siyrak tarqalgan bo'ladi. Bunday jinslarga qoramtir rang, bolg’a bilan urganda bitum hidini berishi xosdir. Jins kukuni erituvchini bitumi bilan bo'yaydi. Erituvchilar sifatida benzin va benzol ishlatiladi. Jinsning bitumi ko'p bo'lsa, bu erituvchilar har xil quyuqliqtsagi malla rangga bo'yaladi. Yogli dog’ qoldiradigan reaktsiya ancha sezgirdir - 1-2 sm3 xloroformli idishga tekshiriladigan jins bo'lagini tushirib, idish bir necha marta qattiq chayqatiladi. Agar jinsda ozgina bitum bo'lsa, yupqa qog’ozda yog’ dogi qoladi.
Fаnning mаqsаdi vа vаzifаlаri. Fаn rivоjining tаrixi.
Fanning izlanish usullari
Quyosh turkumining tuzilishi va tarkibi.
Quyosh turkumining paydo bo'lishi haqidagi gipotezalar
Yerning shakli va hajmi.
Yerning ichki tuzililishi.
Yer zichligi va radioaktivligi.
Yer po'stining kimyoviy tarkibi
Yer po’stining mineral tarkibi
Geologiyada vaqt. Geoxronologiya.
Endogen geologik jarayonlar. VULQONLAR, ularning turlari.
Magmatik tog’ jinslari
Zilzilalar
Metamorfizm. va ularning turlari
Tektonik harakatlar
Platformalar va geosinklinallar
Metomorfik tog’ jinslari
Geotektonika va geodinamika asoslari
Ekzogen geologik jarayonlar. NURASH
Shamolning geologik ishi
Daryoning geologik ishi
Yer osti suvlarining turlari, hosil bo'lishi va tarkibi