Mаvzu: Cho'kindi tog’ jinslari


Dolomitlar. Tarkibida kamida 95% CaMg (СО3)2 bo'lgan jinslar dolomit



Yüklə 140,82 Kb.
səhifə10/14
tarix05.12.2023
ölçüsü140,82 Kb.
#172922
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
26 ma\'ruza Cho\'kindi tog’ jinslari

Dolomitlar. Tarkibida kamida 95% CaMg (СО3)2 bo'lgan jinslar dolomit deb yuritiladi. Sof dolomit tabiatda juda kam uchraydi. Odatda ohaktosh bilan dolomit o'rtasida turadigan juda xilma-xil oraliq jinslar uchraydi.
Dolomitlarning anchagina tekshirilgan xillaridan: CaMg (СО3)2 kamida 50% bo'lgan ohakli dolomitni, CaMg (СО3)2 kamida 5% bo'lgan dolomitlashgan ohaktoshni ko'rsatish mumkin.
Oddiy ko'z bilan dolomitni ohaktoshdan ko'pincha ajratib bo'lmaydi. Dolomitga quyidagi belgilar xosdir. Maydalangan dolomit sovuq NCl da qaynaydi. Buning uchun jinsning pichoq bilan qirib, kichkina kukun to'plami hosil qilinadi va unga NCl tomiziladi. Dolomitning bo'lagi qizdirilgan NCl da “qaynaydi”. NCl bo'lmagan taqdirda uni sirka kislotasi bilan almashtirish mumkin, lekin bu kislota dolomitga ta'sir kilmay, balki ohaktoshga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, chig’anoqsimon sinish bo'lmay, g’adir-budir, mayda qum donalaridek, unsimon sinishning bo'lishi dolomitga xos­dir. Dolomitning darzlarida ko'pincha dolomit uni deb ataladigan, oqish, sarg’ish yoki oq chang yig’ilib qoladi. Dolomitlar struktura va teksturasiga qarab juda xilma-xil bo'ladi. Bularning ichida donador - kristallangan (qandga o'xshash) marmarsimon dolomit, afanitli dolomit, qumsimon, yumshoq unga o'xshash katakli dolomitlar va boshqalar uchraydi. Dolomitlarning rangi odatda oq, sarg’ish yoki kulrang bo'ladi.
Kremniyli jinslar. Kremnezyomdan tashkil topgan Cho’kindi jinslar diatomit, trepel organik qoldiqlardan va kimyoviy yo'l bilan hosil bo'lishi mumkin. Organik qoldiqlardan hosil bo'lgan diatomitlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega va ular suvli kremnezyomdan (opaldan) iborat bo'lgan diatomitli suv o'simliklarining skeletlaridan tashkil topgandir.
Tashqi ko'rinishidan diatomit oq yoki sarg’ish, g’ovakli, juda engil va yumshoq, bo'sh, bir oz tsementlangan jins bo'lib, ko'pincha burga o'xshash bo'ladi. Bo'rdan farqi uning NCl da erimasligidir, chunki bo'r NCl da qattiq qaynaydi, diatomit esa mutlaqo qaynamaydi. Diatomit juda nozik bo'shoq jins bo'lib, qo'l bilan osongina maydalanadi. Diatomit namni tez shimadi va nam barmoqqa yopishadi.
Trepeller tashqi ko'rinishidan organik diatomitlardan hech farq qilmaydi. Biroq trepellar kolloid-kimyoviy yo'l bilan hosil bo'ladi.
Trepellar diatomlar po'stining yig’indisidan hosil bo'lgan, faqat mikroskop ostida ko'rinadigan mayda opal zarrachalaridan tashkil topgandir.
Diatomit va trepellar qurilishda, kimyo sanoatida yutuvchilar o'rnida, dinamit tayyorlashda, jihozlash materiali sifatida va boshqa ishlarda qo'llaniladi.
Bu gruppaga ko'pincha organik usulda hosil bo'lgan va o'zgarishga uchragan kremniyli jinslar kiradi.
Opoka deb kulrang, havorang, ba'zan qora rangdagi (ko'pincha xol-xol) qattiq engil kremniyli jinsga aytiladi. Tashqi ko'rinishidan bir xil opokalar (yumshoq opoka) diatomit va trepelga o'xshasa, boshqa turlari (qat­tiq zich opoka) kremniyga o'xshaydi. Qattiq opoka urilganda parchalanib chig’anoqsimon sinishli o'tkir qirrali mayda-mayda bo'laklarga bo'linadi. Opokalar g’ovak bo'lgani uchun solishtirma og’irligi 0,9 dan 1,2 gacha bo'ladi. Ko'pincha ular o'zgargan va juda tsementlashgan diatomit-dan tashkil topgandir.
Sof kimyoviy yo'l bilan hosil bo'lgan kremniyli jins­lar juda kam uchraydi. Ularga sovuq suvdan hosil bo'lgan geyzeritlar va kremniyli tuflar kiradi. Ular oqiq (kon­kretsiya) shaklida bo'lib, qaynoq (geyzer) va sovuq buloqlar mahsulidir.
Metamorfizm natijasida kremniyli jinslar yashmaga va kremniyli slanetslarga aylanib qoladi. Kremniylilar ichida kremniy konkretsiyalari uchraydi.
Kremniyli konkretsiyalar odatda kremniyli o'zagi bo'lgan tugunchalardan iborat bo'lib, o'zagi esa kontsentrik bo'lib usadi va atrofidagi jinsga qo'shilib ketgandek ko'rinadi. Kremniyli konkretsiyalar ohaktoshlar orasida shar, uzunchoq va boshqa shaklda uchraydi. Bundam kremniy konkretsiyalar Ko'ksuv va Chatqol daryolarining quyi qismlaridagi toshko'mir davrining ohaktoshlari ichida ko'plab bor.
Kremniy konkretsiyalarining markazida ko'pincha o'zgarmagan jins uchraydi. Uning atrofini kontsentrik tarzda o'sgan sferik shaklli kremniy qobig’i o'rab olgan bo'ladi. Odatda kremniyli tugunchalar aylanib yurgan eritmalardan kremniy kislotasi ajralib chiqqanda jinsdagi bo'shliq va yoriqlarni to'ldirish yo'li bilan hosil bo'ladi. Bunday kremniyli konkretsiyalar odatda opal-xaltsedonli va xaltsedonli bo'ladi. Bu tuzilmalarni tasvirlashda ularning joylanishiga, atrof jinslar bilan munosabatiga, shakliga, kattaligiga, ichki tuzilishiga, mineral tarkibiga e'tibor berish lozim.

Yüklə 140,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin