Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagilar kiradi:
davlat yer kadastri;
foydali
qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar
davlat kadastri;
davlat suv kadastri;
davlat o’rmon kadastri;
o’simliklar dunyosi ob’ektlari davlat kadastri;
hayvonot dunyosi davlat kadastri;
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri;
binolar va inshootlar davlat kadastri;
davlat shaharsozlik kadastri;
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri;
tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat kadastri;
avtomobil yo’llari davlat kadastri;
temir yo’llar davlat kadastri;
transport quvurlari davlat kadastri;
aloqa ob’ektlari davlat kadastri;
energetika ob’ektlari davlat kadastri;
chiqindilarni ko’mib tashlash va zararsizlantirish joylari davlat kadastri;
tabiiy xavfi yuqori bo’lgan tegralar davlat kadastri;
texnogen xavfi yuqori bo’lgan tegralar davlat kadastri;
kartografiya-geodeziya davlat kadastri;
hududlar davlat kadastri.
Yer, foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar, suvlar, o’rmonlar,
o’simliklar va hayvonot dunyosi, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy va texnogen
xavfi yuqori bo’lgan tegralar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini ko’mib
tashlash va
utillashtirish joylari, binolar va inshootlar, geodeziya punktlari, avtomobil yo’llari
va temir
yo’llar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari davlat kadastrlarining ob’ektlari
hisoblanadi.
Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli organ va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi
vakolatlariga
davlat y e r kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlarini
mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtirish kiradi.
Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat kadastrlarini yuritishga quyidagilar kiradi:
kadastr ob’ektlariga bo’lgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat ro’yxatidan
o’tkazish;
kadastr ob’ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
kadastr ob’ektlarini sifat va qiymat
jihatidan baholash;
kadastrga doir axborotni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
kadastr ob’ektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;
foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan
ta’minlash.
Byudjetdan
Dostları ilə paylaş: