qo’riqxonalar va milliy parklarni saqlash ham moliyalashtirish. Qo’riqlanadigan tabiiy hududlar
va ob’ektlarga davlat qo’riqxonalari, milliy, tarixiy-tabiiy va memorial parklar, zakazniklar (ov
qilish vaqtincha taqiqlangan yoki o’simliklar alohida qo’riq ostida bo’lgan qo’riqxona),
tabiat
yodgorliklari, botanika va zoologiya bog’lari, dendrariylar, shuningdek xalqaro Qizil kitobga va
O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va o’simliklar kiradi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
sohasida davlat
boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston
Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
huzuridagi o’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan
ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosining muhofaza qilinishini va undan oqilona foydalanilishini ta’minlash
uchun hayvonlarning davlat tomonidan hisobga olinishi va ulardan foydalanish hajmlarining
hisobga
olinishi amalga oshiriladi, hayvon turlarining jo’g’rofiy tarqalishi, ularning miqdori
to’g’risidagi ma’lumotlar
majmuini, ular yashaydigan muhitning tavsifini, hayvonlardan
foydalanish tavsifini va boshqa zarur ma’lumotlarni o’z ichiga olgan davlat kadastri yuritiladi.
Hayvonlarni davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish
hajmlarini hisobga
olish, hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Hayvonlarni davlat tomonidan hisobga olish va hayvonot
dunyosi kadastrini yuritish davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: