Investitsiya dasturi
o’zida tahliliy qism bilan ishlab chiqilishi zarur bo’lgan
istiqbolli
investitsion loyihalarning jamlanma ro’yxatini mujassamlashtiradi.
Tahliliy qismda kapital qo’yilmalar hajmlarining va ularni moliyalashtirish
manbalarining
respublika iqtisodiyoti rivojining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari,
Dastur
samaradorligining
baholanishi, loyihalarni tanlash mezonlari bilan bog’liqlikdagi asosnomalari
kiritilgan bo’ladi. Barcha hisob-kitoblar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
istiqbollari asosida uch
yillik muddatga va investitsion loyihalarning manzilli dasturiga binoan hisoblab chiqiladi.
Manzilli
qismga markazlashgan manbalar, Hukumat kafolati ostida
taqdim etiladigan xorijiy
kreditlar va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar evaziga amalga
oshirilayotgan investitsion
loyihalar kiradi.