xorijga chiqarish va xorijdan keltirish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlar nobud bo’lishining sabablarini tahlil qiladi,
bunday hollarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, hayvonlarni davolash ishini
tashkil etadi;
hayvonlarning kasalliklarini aniqlash, shuningdek yem-xashak va ichimlik suv sifatini
baholash maqsadida laboratoriya-klinik hamda boshqa tadqiqotlar o’tkazadi;
hayvonlarning yuqumli, invazion kasalliklarining oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini
amalga oshiradi;
sog’liqni saqlash organlari va boshqa xizmatlar bilan birgalikda odamlar va hayvonlar
uchun xavfli bo’lgan yuqumli kasalliklarning manbaiga barham beradi, shuningdek o’zaro
axborotlar ayirboshlaydi;
veterinariya-sanitariya jihatdan yuqori sifatli chorva mahsulotlari va xom ashyosi ishlab
chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
barcha chorvachilik ob’ektlari, kushxonalar, go’sht-sut va boshqa chorva mahsulotlarini
qayta ishlaydigan korxonalar, bozorlar va xom ashyo omborlarining veterinariya-sanitariya holatini
nazorat qiladi, bu ob’ektlarning qurilishi va qayta qurilishini, shuningdek yer qazish ishlarini
veterinariya ekspertizasidan o’tkazadi;
O’zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan
yuqumli kasalliklar yoyilib ketishining oldi olinishi va bartaraf etilishini ta’minlash tadbirlari
o’tkazilishini, shuningdek hayvonlarning epizootik holatini aniqlash uchun zarur bo’lgan axborotni
taqdim etishni talab qiladi;
yuqumli kasallik aniqlanganda yoki hayvonlarning o’ta xavfli kasalligi mavjudligi haqida
shubha paydo bo’lganida yuridik va jismoniy shaxslarga mollarni so’yish yoki yo’q qilib tashlash,
chorvachilik mahsulotlari va hayvonotga mansub xom ashyoni zararsizlantirish, ularni ishlovdan
o’tkazish yoki ulardan foydalanishga doir bajarilishi majburiy talablarni belgilab qo’yadi;
Qonunga muvofiq davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi.
Davlat veterinariya xizmati:
respublika va mahalliy byudjet mablag’lari;
davlatning mollarni sug’urta qilish mablag’laridan ajratmalar;
pulli xizmatlar
ko’rsatganlik uchun veterinariya korxonalari, muassasalari va
tashkilotlari oladigan mablag’lar hisobiga ta’minlanadi.
“Veterinariya to’g’risida”gi Qonun talablarini buzganlik uchun undiriladigan ma’muriy
jarima pullari viloyatlar va Toshkent shahrining epizootik fondlariga tushadi.
Ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi- ning taqdimiga
asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomoni- dan belgilab qo’yiladigan
hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va bartaraf etish tadbirlari byudjet hisobidan
amalga oshiriladi.
3
Idoraviy veterinariya xizmati tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, xo’jaliklar hisobidan ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: