Avtoyo’llarni ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to’lovlarini amalga oshirish) manbalari
mahalliy byudjet mablag’lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Avtoyo’llarni ta’mirlash xarajatlarini moliyalashtirish (to’lovlarini amalga oshirish), qat’iy
ravishda tasdiqlangan byudjet (Buyurtmachi xarajatlar smetasining 4-guruhida shu maqsadlar
uchun ko’zda tutilgan) mablag’lari doirasida, Davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining 100-
bo’lim, 110-bobi quyidagi paragraflari orqali amalga oshiriladi:
Tasdiqlangan va kelishilgan avtoyo’llarni ta’mirlash manzilli ro’yxatlari,
shuningdek oyma-
oy taqsimlangan xarajatlar smetalari Buyurtmachilar tomonidan G’aznachilikning tegishli hududiy
bo’limlariga va xizmat ko’rsatuvchi banklarga taqdim qilinadi.
Pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan mukammal va o’rta ta’mirlash ishlarini
moliyalashtirish (to’lovlarini amalga oshirish) Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi:
bo’nak to’lovlar – birinchi ikki oy davomida joriy yilda bajariladigan ishlar qiymatining 30
foiz miqdorini teng ulushlarga bo’lgan holda;
joriy moliyalashtirish (to’lovlarni amalga oshirish) – ajratilgan bo’nak to’lovlarini oyma-oy
mutanosib ravishda chegirib qolishni hisobga olgan holda, haqiqatda bajarilgan ish hajmining 95
foizidan kam bo’lmagan qismi. Qolgan 5 foiz miqdordagi qismi shartnomada ko’rsatilgan kafolat
muddati tugaganidan so’ng amalga oshiriladi.
Avtoyo’llarni joriy ta’mirlash bo’yicha moliyalashtirish (to’lovlarni amalga oshirish) joriy
yil ish hajmining 15% miqdorida bo’nak berish yo’li bilan keyinchalik, ajratilgan bo’nak
to’lovlarini mutanosib ravishda hisobga olgan holda, oyma-oy moliyalashtirish (to’lovlarni amalga
oshirish) amalga oshiriladi.
Avtoyo’llarni ta’mirlash bo’yicha bajarilgan ish uchun Buyurtmachining
pudrat
tashkilotlari bilan hisob-kitoblari, o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan bir oyda bajarilgan ishlarni
qabul qilish dalolatnomalari asosida, bajarilgan ish miqdori (qilingan xarajatlar) to’g’risidagi
o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hisob varaq-fakturalar (ma’lumotnomalar) bo’yicha amalga
oshirilishi lozim.
Buyurtmachilar har chorakda avtoyo’llarni ta’mirlash manzilli ro’yxat- larini kelishgan
tegishli hududiy moliya idoralariga shartnomaviy narxlarda mablag’larni o’zlashtirishning borishi,
shuningdek manzilli ro’yxatga muvofiq ob’ektlar kesimida moliyalashtirish to’g’risida hisobot
topshiradi.
Davlat byudjetini iqtisodiyotga sarflash doirasida davlat ahamiyatidagi geodeziya va
kartografiyaga oid faoliyat moliyalashtiriladi.7
Geodeziya va kartografiya mahsuloti, shu jumladan davlat byudjeti mablag’lari hisobidan
amalga oshiriladigan faoliyat natijasida olingan to- pografiya, gidrografiya,
aerokosmik surat,
geodeziya va gravimetriya material- lari (ma’lumotlari) davlat mulki hisoblanadi.
Davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: geodeziya va
kartografiyaga oid faoliyat bilan shug’ullanuvchi barcha sub’ektlar normativ-texnikaviy hujjatlar
talablariga rioya etishi ustidan nazorat qilish; O’zbekiston Respublikasining davlat chegaralari va
hududi kartografiya xaritalari va boshqa hujjatlarda to’g’ri aks ettirilishi ustidan nazorat qilish;
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni ro’yxatga olish; geodeziya punktlarini hisobga olish;
davlat kartografiya-geodeziya fondining ishlashini ta’minlash; O’zbekiston Respublikasining
o’zgartishlar kiritib boriladigan ma’lumotnoma tariqasidagi xaritasini yuritish.
Dostları ilə paylaş: