Mavzu. Davlat budjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlari


O’simliklar karantinining



Yüklə 130,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix24.12.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#191946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
19-BOB. DAVLAT BUDJETINING IQTISODIY MAQSADLARDAGI XARAJATLARI

O’simliklar karantinining 
asosiy vazifalari o’simliklarning tashqi va ichki karantini 
bo’yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan iborat bo’lib, bu tadbirlar quyidagilarga 
qaratiladi:
5
 
respublika hududini chet mamlakatlardan kirib kelib, xalq xo’jaligiga katta iqtisodiy zarar 
yetkazishi mumkin bo’lgan karantindagi va boshqa havfli zararkunandalardan, o’simlik 
kasalliklari va begona o’tlardan muhofaza etish; 
karantindagi va boshqa havfli zararkunandalarni, o’simlik kasalliklari va begona o’tlarni 
vaqtida aniqlash, ularning yoyilishiga yo’l qo’ymaslik va ularni yo’q qilish, shuningdek 
respublikaning bu zararkunandalar, kasallik va begona o’tlardan xoli mintaqalariga ular kirib 
borgan;
mahsulotlari va boshqa o’simlik mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, tashish, saqlash, 
qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda o’simliklar karantiniga oid qoidalar va 
tadbirlarga rioya etilishi hamda ularning amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini olib borish 
O’simliklar karantini bo’yicha davlat xizmati, ixtisoslashgan fumigatsiya otryadlarini istisno 
etganda, respublika byudjeti mablag’lari hisobidan ta’minlanadi. O’simliklar karantini bo’yicha 
davlat xizmatining respublikaga olib kirilayotgan, respublikadan olib chiqilayotgan va tranzit 
bo’lib o’tayotgan karantindagi materiallarni tekshirish va ko’zdan kechirish, shuningdek hujjatlar 
berish bilan bog’liq xarajatlari yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan qoplanadi. 
Ixtisoslashgan fumigatsiya otryadlari o’z xarajatini batamom o’zi qoplash asosida faoliyat 
ko’rsatadi va karantindagi materiallarni zararsizlantirish ishlarini bajarganligi uchun kelgan 
tushumlardan hosil bo’ladigan maxsus mablag’lar hisobidan ta’minlanadi. 
Obodonlashtirish bo’yicha xarajatlar byudjetning iqtisodiyotga 
qilinayotgan 
xarajatlarining muhim qismi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklarining aholi punktlarini obodonlashtirish sohasidagi eng muhim 
vazifalaridan biri hisoblanib, quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi: 
obodonlashtirish ishlari arxitektura-qurilish me’yorlari va qoidalariga, shuningdek shahar 
va aholi punktlarining tashqi qiyofasiga nisbatan qo’yilgan zamonaviy talablarga qat’iy 
muvofiq ravishda o’tkazilishini ta’minlash; 
obodonlashtirish ob’ektlaridan sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq foydalanish 
hamda ularni saqlash ishlarini tashkil etish; 
 
4
O’zbekiston Respublikasining “Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan 
himoya qilish to’g’risida” 2000 yil 31 avgustdagi 116-II-son Qonuni. 
5
«O’simliklar karantini to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustdagi 113-I-son Qonuni. 


obodonlashtirish sohasida qo’shimcha ish o’rinlarini hamda aholi bandligini oshirish, 
samarali ishlash uchun shart-sharoitlar yaratish; 
obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 
Respublika shahar va aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini yanada shakllantirish, 
ularni obodonlashtirishni tubdan yaxshilash, obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maxsus 
transport va mexanizatsiya vositalari bi- lan jihozlash, shuningdek band bo’lmagan aholini 
obodonlashtirish ishlariga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va rag’batlantirish 
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi aholi punktlarini 
obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2009 yil 22 
yanvardagi PQ-1045-son Qaroriga 3-ilovaga binoan qo’shimcha xarajatlar va ularni 
moliyalashtirish manbalari belgilandi (50- jadval). Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi 
Mehnat va aholini ijti- moiy muhofaza qilish vazirligiga, "O’zkommunxizmat" agentligi Moliya 
vazir- ligi bilan birgalikda obodonlashtirish xodimlarini, ularni moddiy rag’batlantirishni 
kuchaytirish chora-tadbirlarini va xizmat ko’rsatish hududi hamda bajariladigan ishlarning 
sifatiga qarab ish haqi miqdori belgilani- shini hisobga olgan holda mehnatga haq to’lashning 
tarmoq tarif setkasiga o’tkazish bo’yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish 
yuk- latilgan. 
Nizomga
binoan

Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin