Atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atmosfera havosini muhofaza qilish davlat
boshqarmasi, Tabiatni muhofaza qilish O’zbekiston Respublikasi Davlat qo’mitasi va mahalliy
davlat hokimiyati organlari ta’minlaydi.
Ushbu tadbirlarni moliyalashtirish iqtisodiy tasnifga binoan amalga oshiriladi. Ish haqi
va unga tenglashtirilgan xarajatlar hisob-kitobi yagona tarif setkasiga binoan amalga oshiriladi.
To’rtinchi guruh xarajatlari – “Boshqa xarajatlar” alohida xususiyatlarga ega bo’lib, ular atrof
muhitni muhofaza qilish tadbirlari doirasida amalga oshiriladi. Masalan, atmosfera havosini
kuzatish, to’plash, umumlashtirish, tahlil qilish bilan bog’liq axborot va prognozlar yoki
o’rmonda joriy ko’chat ekishlar, sanitar daraxt kesish (shoxlash), o’rmon yong’inlariga qarshi
kurash tadbirlari va boshqalar.
18.2. Markazlashtirilgan investitsiyalarga xarajatlar Davlat byudjetidan moliyalashtirishdan tashqari milliy iqtisodiyotning turli sohalarini
investitsiyalash ham amalga oshiriladi.
Davlat investitsiyalarining maqsadlari:
iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish;
korxonalarning investitsion faoliyatini faollashtirish;
xorijiy investitsiyalarni, ayniqsa to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni modernizatsiya,
ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirish maqsadida
keng jalb qilish va samarali ishlatish;
ilg’or texnologiyalarni joriy etish;
yangi ish o’rinlarini tashkil etish;
O’zbekiston iqtisodiyotini barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvorliklariga binoan loyihalarga amalga
oshirilayotgan investitsiyalar Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va
xo’jalik sub’ektlari bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlatning