Xavflarning ko‘pligi - xatarlar va xususiyatlar soni loyihaning hajmiga va to‘liqligiga bog’liq.
Tadqiqot loyihasi namunasi Tadqiqot loyihasi 1-shakl 1.1. Loyihaning nomi: “Harbiy atamalarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha izohli lug‘ati”ni tayyorlash va chop etish.
1.2. Tanlov turi:amaliy, ilmiy-texnik
1.3. Dastur nomi: ITD -1 Jamiyatni ma’naviy –axloqiy va madaniy rivojlanishi, ma’naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy meros, o‘zbek xalqi va davlatchilik tarixini hamda ta’limning uzviylik va uzluksizligini, barkamol avlod tarbiyasini tadqiq etish.
1.4. Ilm-fan sohasi: Demokratik va huquqiy jamiyatni ahloqiy-ma’naviy, madaniy-ahloqiy rivojlantirish, innovatsion iqtisodni shakllantirish.
1.5. Annotatsiya: O‘z Qurolli Kuchlarini qurayotgan va uning kuch-qudratini oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan har qaysi davlat harbiy tuzilmalarini eng zamonaviy, mutlavo yangi tamoyillar asosida yaratilgan texnika va harbiy uskunalar, qurol-yarog’ bilan ta’minlashi darkor.
Ammo bunday vazifani hisobga olgan holda Qurolli Kuchlarimizning harbiy mahoratini oshirish, har qanday vaziyatda ham har qanday mashaqqatli sinovdan sharaf bilan chiqish, avvalo, bugun xizmat qilayotgan harbiylardan nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, balki yuksak aql-idrok, intellektual salohiyat, alohida ruhiy-ma’naviy xususiyat va fazilatlarga ega bo‘lishni, eng zamonaviy qurol-yarog’larning sir-asrorini, harbiy aloqa qurilmalarini puxta egallashni taqozo etadi. Bularning barchasi bugun nafaqat dolzarb vazifa, balki davlatimiz va jamiyatimizning, mamlakatimiz taqdiri va kelajagi uchun befarq bo‘lmagan har bir insonning muqaddas burchidir. Ayni paytda davlatimizda harbiy xizmatchilarning kasbiy malakasini oshirishga, harbiy bilim yurtlari va serjantlar tayyorlash maktablaridagi o‘quv-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashga, ularni zamonaviy texnika va jihozlar, o‘quv qo‘llanmalari va ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlashga birinchi darajali e’tibor qaratilishi, kursantlar bilim yurtlari va serjantlar tayyorlash maktablari bitiruvchilarining intellektual tayyorgarlik darajasiga alohida ahamiyat berilishi davr talabiga aylandi.
Shu talablar asosida harbiy bilim yurtlarida mutaxassislikka doir zarur o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, lug’atlar yaratilmoqda, ammo harbiy atamalarning o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi qiyosiy muqobillarining jamlanmasi va izohlari keltirilgan adabiyotlar yaratilmaganligi soha vakillarining o‘qish va ish jarayonida bir muncha qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun ingliz, rus va o‘zbek tillarida harbiy atamalarning lug‘atini tayyorlanishi va nashr qilinishi bu muammoning hal etilishiga katta hissa qo‘shishi tabiiy. Bunday lug‘at hozirgacha deyarli to‘liq yaratilmagan.
Ushbu lug’at harbiy murojaat so‘zlari, vatanparvarlik, harbiy taktika, harbiy unvonlar, harbiy aloqa texnikasi ishlab chiqarish, fan va texnika sohasida muntazam ishlatiladigan atamalar, so‘z va so‘z birikmalarining tarjimasini o‘z ichiga olgan bo‘lib, harbiy soha mutaxassislarining qo‘llanmasiga aylanadi.