Mavzu: Milliy iqtisodiyotda qo’shma korxonalarning tutgan o’rni Mundarija


I BOB.Qo’shma korxona tashkil etish asoslari



Yüklə 62,58 Kb.
səhifə2/11
tarix19.04.2023
ölçüsü62,58 Kb.
#100815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qur.men OZOD

I BOB.Qo’shma korxona tashkil etish asoslari

1.1. Qo'shma korxonalar tashkil etishning zarurati, mohiyati va vazifalari


Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qoʻshma korxona hisoblanadi. Qoʻshma korxonalarning yuzaga kelishi — bu ko'p ukladli iqtisodiyot shakllanishining bir usulidir. U qoʻshma tadbirkorlik xoʻjalik yuritishining yangi usullarini joriy etadi va takror ishlab chiqarishning baynalminallashuvini taʼminlaydi.
Qo'shma korxonalar tashkil etish xoʻjalik yuritish faoliyatiga yangi turdagi munosabat va fazilatlarni olib kiradi. Korxona va tashkilotlarning chet ellik sheriklari bilan aloqasini yuksaltiradi. O'zbekiston hududida chet el tadbirkorlariga keng sharoit yaratadi, mamlakat hududiga chet el investitsiyasini jalb etadi.
Qo'shma korxonalar mulkchilikning aralash koʻrinishi hisob- lanib, bunda davlat, jamoa va xususiy mulk umumlashgan boʻladi. Korxonaning oʻzi bir necha davlatlar ta'sischilarining shartno- malari asosida shakllanadi. Bu yerda qo'shma korxona ta'sischilari davlat korxonalari va tashkilotlari, jamoa xoʻjaliklari, hissadorlik jamiyatlari va jamoat tashkilotlari boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim fuqarolar (jismoniy shaxslar) ham ta'sischi bo'lish huquqiga egadirlar.
Qo'shma korxonalar tashkil etishning zarurati: birinchidan, chet ellardan mashina va qurilmalarni kredit olish hisobiga xarid qilish iqtisodiyotni tanglik holatidan olib chiqishga to'la imkon bermasa-da, tovar ishlab chiqarishni koʻpaytirishga sezilarli hissa qoʻsha oladi.
Ikkinchidan, xalq iste'moli tovarlarini chetdan keltirish keyingi yillarda ma'lum darajada muammolar tug'dirmoqda. Bu esa iqtisodiyotni tubdan qayta qurish, mamlakatlarni xalqaro savdo uyushmasiga iloji boricha tezroq kirib borishlarini talab etadi. Hozirga qadar jahon amaliyotida xalqaro savdo uyushmasiga tovar almashinuvi va keng xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish uchun kreditlar berish tartibi keng qo'llanilib kelingan. Garchand murakkab usul bo'lsa-da, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya tariqasida unumli kapitalni import qilish samarali boʻlib qoldi. Bunda import qiluvchi mamlakatlar hech qanday qo'shimcha foizlar toʻlamaydilar. Shu bilan bir qatorda, chet ellik investorlardan soliqlar, ijara to'lovlari kabi boshqa ko'rinishlarda daromad ham oladilar.
Buning yana bir muhim tomoni - chet elda o'z korxonasini tashkil etayotgan jamoa mahsulot ishlab chiqarishdan tortib, to tayyor mahsulotlarni sotishga qadar boʻlgan jarayonlarni oʻz zim- masiga oladi. Qo'shma korxonalarning tashkil etilishi mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishni jadallashtiradi va xalqaro doirada mavqei ortishiga olib keladi.
Hozirgi kunda yuqoridagi kabi davlatlararo iqtisodiy aloqalar quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

  • korxonalar to'lov valyuta balansini turg'unlashtirish va mamlakatlar valyuta holatini normallashuvini ta'minlash;

  • iste'mol tovarlari bozorini turg'unlashtirish va ishlab chiqarishning samarali faoliyat yuritishiga ko'maklashish;

  • bozor infratuzilmasini shakllantirishda texnik-iqtisodiy maslahatlar va moliyaviy xalqaro hamkorlikning zarurligi.

Mulk shaklidan qat'iy nazar, barcha ta'sischilar investitsion loyihani to'lig'icha yoki qisman moliyalashtirishda ishtirok etadi. Sharoitdan kelib chiqib, mablagʻlar davlat yoki boshqa sektorlarga qayta taqsimlanishi mumkin.
Qo'shma korxonalarning ahamiyatli tomoni olingan foydani taqsimlash, sarfni qoplash, korxona faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borishdadir.
Chet el investitsiyalarini respublikamiz iqtisodiyotiga jalb etish to'g'risidagi qonun-hujjatlariga binoan hozirgi kunda:

  • korxonaning nizom fondida ta'sischilarning oʻz ulushi bo'yicha ishtirok etishi;

  • korxonalarning mulki, aksiyasi va boshqa turdagi qog'oz- larni sotib olishi;

  • mahalliy fuqarolar bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda yerlarni sotib olish koʻrinishlarida koʻproq jalb etilmoqda.

Xorijiy sarmoyali korxonalarga quyidagi ikkita asosiy talab qo'yiladi:
birinchi: chet ellik sarmoyadorlarning nizom kapitalidagi ulushi 30 foizdan kam boʻlmasligi kerak;
ikkinchi: nizom kapitalining qiymati 150 ming AQSH dollari miqdoridan ortiq boʻlishi lozim.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida chet el investorlari (yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlishidan qat'iy nazar) qoʻshma tadbirkorlikning barcha shakllarini tashkil etishda ishtirok etishga haqlidirlar. Shu jumladan, toʻligʻicha (100%) chet el kapitali asosida tashkil etilgan qo'shma korxonalar respublikamiz hududida toʻla himoya qilinadi.
Ularning barcha tartib va qoidalari respublikamiz hududida faoliyat olib borayotgan mahalliy korxonalar tartibiga mos kelishi va qulay bo'lishi lozim, ya'ni:

  • qo'shma korxonaning nizom kapitalining qiymati 150 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlsa;

  • qo'shma korxona ta'sischilarining kamida bittasi xorijiy yuridik shaxs hisoblansa;

  • xorijiy sarmoyadorlar ulushi 30 foizdan kam boʻlmasa, xorijiy sarmoyali korxona sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi.

Qo'shma korxonalar nizom fondi ta'sischilar kapitali ulush- lari jamg'armasi asosida tashkil etiladi. Nizom fondi miqdori kor- xona ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqib aniqlanadi. Foydasi esa ta'sischilar qo'shgan hissaga mos ravishda taqsimlanadi. Nizom fondi yer uchastkasi, imorat va inshootlar, har xil kommunikatsiyalar, tabiiy manbalar kabi material koʻrinishida boʻlishi mumkin. Nizom fondining qiymati bu asosiy va aylanma kapital qiymatidan iborat boʻladi.
Chet el sarmoyadorlarining nizom fondidagi hissasi chet el valyutasida jahon bozori baholari asosida aniqlanadi. Chet ellik ta'sischining nizom fondidagi ulushi shartnoma imzolanayotgan davrdagi davlat bankining tijorat kursi bo'yicha hisoblanadi.
Mahalliy ta'sischining nizom fondidagi ulushi uning mavjud imkoniyatlarini kelishilgan asosda baholash orqali aniqlanadi.
Qo'shma korxonalar tashkil etish muvaffaqiyatining bosh omili bir-biriga qiziquvchan hamkorlarning topilishiga bog'liqdir. Bu yerda ko'p narsa bankka bog'liq boʻladi, ulardan ta'sischilarning imkoniyatlari haqida to'la ma'lumot olish mumkin.
Qo'shma korxonalarni tashkil etishda birinchi navbatda korxonaning faoliyati texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab beriladi.

Yüklə 62,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin