Nizom (ustav) tadbirkorlik faoliyatining asosiy hujjati hisoblanadi. Qo'shma korxonalar nizomi ta'sischilar tomonidan tuzib chiqiladi va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Qo'shma korxonalar nizomi oʻzida quyidagilarni aks ettiradi:
bir ovozdan qabul qilishni talab etuvchi savollarni; qo'shma korxonalar tugatilishi tartibini:
Nizom (ustav)ga respublika qonunlariga zid kelmaydigan va ruxsat etilgan faoliyatning barcha turlari kiritiladi.
Qo'shma korxonalar faoliyatining davom etish muddati ta'sischilar kelishuvi asosida belgilanadi va nizomda qayd etib qo'yiladi.
Quyida “Alisher Navoiy Interneshnl” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi O'zbek - Amerika qo'shma korxonasining Nizomi mazmuni keltirilgan (3-jadvalga qarang):
3-jadval.
«Alisher Navoiy Interneshnl» yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Oʻzbek Amerika qo'shma korxonasining Nizomi mazmuni
Qo‘shma korxonalarni soligqa tortish tizimi ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Qo‘shma korxonalarda soligqa tortish O‘zbekiston Respublikasi gonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarda chet el sarmoyadorining ulushi 300 mingdan 1 million AQSH dollarigacha bo‘lsa, foyda solig‘ining stavkasi — 16 foiz qilib belgilanadi. 1 milliondanyuqori bo‘lsa, 12 foiz qilib belgilanadi.
Xorijiy sarmoyali korxonalarga 2004-yil uchun quyidagi soliq stavkalari belgilangan. Nizom fondida xorijiy sarmoyaning ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan nizom fondining hajmi 1 million va undan ko‘p AQSH dollari ekvivalentligi miqdorida bo‘lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun 16 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga asosan qo‘shma korxonalar daromad (foyda) solig‘idan tashqari, quyidagi turdagi soliqlarni to‘laydi:
a) qo‘shilgan giymat solig‘i;
b) aksiz soligi.
Bundan tashqari, mahalliy boshgaruv organlari o‘z hududida mahalliy soliglar belgilashi mumkin. Qonunda soliqga tortiladigan daromad (foyda) miqdori va to‘lov stavkasi belgilanib qo‘yiladi. To‘lov stavkasini belgilashda samaradorlik darajasi va chet ellik hamkorning ustav kapitalidagi ulushi hisobga olinadi.
Qo‘shma korxona 15-martdan kechikmay mahalliy moliya organlariga yillik buxgalteriya balansini topshirishi shart. Hisobot Moliya vazirligi tomonidan tasdiglangan shaklda topshiriladi. Bundan tashqari, moliya organlari talabiga ko‘ra, foyda solig‘ini aniglash bilan bog‘lig bo‘lgan boshqa materiallar ham tavsiya etilishi mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi balans foydadan soliqqga tortilgunga qadar tashkil etiladi. Ushbu fondlarga ajratmalar normasi qo‘shma korxona ta’sis hujjatlarida qayd etilishi lozim.
Yuqoridagi fondlarga ajratilgan mablag‘lar asosan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan turli
loyihalarni moliyalashtirish.
Korxona ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yoki rekonstruksiya gilish uchun vaqtincha asosiy fondlarni ijaraga olish holatida emas, balki tijorat asosida jalb etadi. To’lash xatida jalb etilgan vaqtdagi qoldiq qiymati bo‘yicha jalb etilgan fondler xarajatlarda hisobga olinadi. Foydalanib bo‘lingandan so‘ng ularning qoldiq giymatlari joriy xarajatlar tarkibidan chiqarib yuboriladi.