Mavzu: Milliy iqtisodiyotda qo’shma korxonalarning tutgan o’rni Mundarija


Qo'shma korxonalar iqtisodiy samaradorligini aniqlashning uslubiy qoidalari



Yüklə 62,58 Kb.
səhifə10/11
tarix19.04.2023
ölçüsü62,58 Kb.
#100815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qur.men OZOD

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

2.4. Qo'shma korxonalar iqtisodiy samaradorligini aniqlashning uslubiy qoidalari


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida har bir korxona va firma oldida kelgusida qanday rivojlanish muammosi turadi. Bu muammoning hal etilishidagi bosh maqsad fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir. Bu muammolarni hal etish uchun har bir mamlakat, har qanday davlat investitsion faoliyatni kuchaytirish hisobiga iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarga erishishga harakat qiladi. Buning uchun:

  • mavjud mablag'larni ishlab chiqarishning infratuzilmasi- ni, transport va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishga sarflash;

  • xalq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan inshootlar qurilishini boshlash;

  • iqtisodiyotga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantiruvchi huquqiy tizim yaratish muhimdir.

Shuning uchun chet el sarmoyasi ishtirokida qo'shma ishlab chiqarish korxonalarining tuzilishini har tomonlama rag'batlan- tirish, xususiylashtirilgan korxonalar aksiya paketlarining kamida 1/4 qismini chet ellik investorlar tomonidan sotib olinishiga erishish muhimdir. Bu sarmoyalarni jalb etish va undan foydalanish ko'p jihatdan uning samaradorligini aniqlash usulini yaratish bilan bogʻliq boʻladi.
Bu yerda baholashning asosiy mezoni tanlangan loyiha boʻyi- cha ma'lum bir davrda olinadigan iqtisodiy samara hisoblanadi. Ushbu davrga to'g'ri keladigan iqtisodiy samara (Si) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Si=Tt-Xt.
Bu yerda:
Tt - t davrga hisoblangan xoʻjalik faoliyatining natijasi qiymat ko'rinishda,
Xt - t davrga qo'shma korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish sarflari qiymat ko'rinishida.
Korxona va firmalarda iqtisodiy samaradorlik ma'lum bir yangi texnika-texnologiyani joriy etish, modernizatsiya qilish, yangi turdagi mahsulot yaratish, ishlab chiqish, tayyorlash va foydala- nish jarayonida yuzaga keladi.
Xalqaro doirada iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda: sof daromad, rentabellik, ichki samaradorlik koeffitsiyenti, kapital mablag'lari sarfini kamaytirish muddati, zararsizlik normasi kabi ko'rsatkichlardan foydalanadi.
Chet ellik sheriklari bilan ochilgan qo'shma korxonalar tashkil etilishining samaradorligini aniqlashda o'tkazish koeffitsiyentidan foydalaniladi. U quyidagi tartibda aniqlanadi:

Bu yerda:
tp-hisob yili;
t-yil, hisobot yiliga toʻgʻri keladigan xarajat va natijalar.
O'tkazish koeffitsiyenti t- o'z navbatida diskont koeffitsiyenti deb ham yuritilishi mumkin. Ko'p holatlarda u kapital mablag'- larning normativ samaradorlik koeffitsiyentiga tenglashtiriladi (En = 0,1).
Qo'shma korxona iqtisodiy samaradorligini aniqlaganda ikkala tomon manfaatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Bu yerda ayrim hollarda chet ellik hamkorlar sarmoyani kredit hisobiga tashkil etadi. Shuning uchun samaradorlik darajasi kreditni daromaddan kelib chiqishi yoki bir so'z bilan aytganda, kreditning oʻrtacha darajasi past bo'lmog'i lozim.
Hisobot davriga qo'shma korxonaning qiymat ko'rinishdagi daromadlari quyidagi formula orqali aniqlanadi (Tt):

Bu yerda:
Tt - hisob davrining t yiliga qiymat ko'rinishidagi natija;
th - hisob davrining boshlang'ich yili;
tk - hisob davrining oxirgi yili.
at - hisob davrining amortizatsiya ajratmasi. Qo'shma korxona tashkil etishning iqtisodiy jihatdan asoslanishi.
Hisobot yilining boshlang'ich ishlab chiqarish davri sifatida loyihani moliyalashtirish boshlangan davr olinadi. Shu jumla- dan, ilmiy izlanishlar olib borilgan davr ham hisoblanadi.
Oxirgi yili bu mahsulotlarning yangilanishi normadagi (reja- dagi) davriga mos keladi.
Qo'shma korxonalarda xoʻjalik faoliyati natijalarini qiymat jihatidan baholashda asosiy va yondashma natijalar yig'indisi hisobga olinadi.
Asosiy faoliyat natijalari sifatida mahsulot ishlab chiqarish sotishdan kelib tushgan tushum boʻlsa, yondashma natijalar boshqa tushumlar, shu jumladan, bank krediti foizi, olingan jarima, peniya, asosiy fondlarni chiqarib tashlash hisobiga olingan tushumlar kiradi.
Daromad tarkibiga asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangi- lash uchun ajratilgan qismi ham kiradi, chunki u vositalardan xizmat qilish davrida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi.
Qo'shma korxonalar tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar hisobot davriga quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Bu yerda:
Xt - ma'lum davrga barcha manbalar sarfi (xarajat) miqdori;
at - t yiliga asosiy fondlarni yangilash uchun ajratilgan amortizasiya ajratmasi qiymati hisobga olingan holda mahsulot ishlab chiqarish va sotishning joriy sarflari;
Kt - t davriga doimiy sarflar. Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan doimiy xarajatlar;
Shunday holatlar boʻladiki, hisobot davri oxiriga kelganda asosiy fondlardan kelgusida ham foydalanish mumkin boʻlib qoladi. Bunda likvidatsiya qiymati qoldiq qiymat sifatida yuritiladi.
Joriy va doimiy xarajatlarni aniqlash iqtisodiy samaradorlikni baholashda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun shunday hisob joriy etish kerakki, ayrim sarflar qayta hisobga olinib qolmasin. Shu maqsadda doimiy sarflar tarkibi ko'rsatib o'tilgan:

  • loyiha, texnologik, konstruktorlik, eksperimental va ilmiy izlanish sarflari;

  • yangi tovarning tajriba nusxasi, maketi va modelini ishlab chiqish xarajatlari;

  • asosiy vositalar, qurilmalarini sotib olish, keltirish, joylashtirish, ishga tushirish sarflari;

  • korxonani qurish, rekonstruksiya qilish uchun zarur may- donlar va asosiy fondlarning boshqa elementlari qiymati;

  • aylanma mablag'larni to'ldirish qiymati;

  • yer holati yomonlashuvi va ekin maydonlar yo'qolishi bilan bogʻliq boʻlgan qo'shimcha sarflar;

  • ekologik oqibatlarni qoplash sarflari;

  • ijtimoiy (sotsial) infratuzilma yaratish bilan bogʻliq boʻlgan sarflar.

Texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash uni loyihalashtirish, investitsiyalash oldidan boʻladigan barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoʻshma korxonalarda davr xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Qo'shma korxonalarda foyda sotishdan tushgan tushumdan ish- lab chiqarish xarajatlarini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. U quyidagi formulada hisoblanadi:
Ft=Tst-Xt.
Bu yerda:
Ft - mahsulot ishlab chiqarish va sotish evaziga olingan foyda;
Tst- qo'shma korxonalarda mahsulotni sotishdan tushgan tushum;
Xt-qo'shma korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari.
Qo'shma korxona mahsulotining toʻla tannarxi barcha turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qilingan joriy sarflar va realizatsiya qilinmagan xarajatlar yig'indisidan iborat.
Samaradorlikni aniqlashda sotishdan olingan daromaddan tashqari realizatsiya bilan bog'liq boʻlmagan xarajatlar katta ahami- yatga ega boʻladi. Shuning uchun qo'shma korxona balans foydasini aniqlashda korxona daromadlaridan barcha xarajatlarni chiqarib tashlash zarur.
Qo'shma korxonalardan balans foydadan zaxira fondi va boshqa fondlarga ajratma chegirib tashlangandan so'ng soliq olinishi mumkin boʻlgan foyda topiladi:
Fgt=Fbt-Zt-Fat.
Bu yerda:
Fgt - t yilga qo'shma korxonalarda soliqqa tortiladigan foyda; Zt - zaxira fondiga ajratma;
Fat - qo'shma korxonaning t davrida fan va texnikani taraqqiy ettirish fondiga ajratma;
Fbt - qo'shma korxonaning t davriga balans foydasi.
Qo'shma korxonalarda sof foyda balans foydadan davlat byudjetiga soliq summasini chegirib tashlash orqali aniqlanadi:
Fs=Fbt-Fgt
Bu yerda:
Fs - sof foyda.
Qo'shma korxona xoʻjalik faoliyati iqtisodiy samaradorligini (si) aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:

Bu yerda:
Fst - qo'shma korxonaning t yilgi sof foydasi;
at - t davrga amortizatsiya ajratmasi;
Lt - t davrda chiqarib tashlanayotgan asosiy fondlarning (likvidatsiya qilish qiymati) qoldig'i;
Kt - t davrga doimiy sarflar (kapital).
Kredit bank tomonidan qo'shma korxonaning kredit faoliyati- ni chuqur tahlil etish asosida beriladi. Bu yerda qo'shma korxona texnik-iqtisodiy holatini asoslashda bank xodimining qatnashishi shart.
Qo'shma korxonalarga maqsadli kreditlar berishda milliy bank va tashqi savdo banki qo'shma korxona ta'sischilari bilan shartnoma tuzadilar. Bu yerda kreditning aniq maqsadi koʻrsatilgan boʻladi.
Agar kredit belgilangan maqsadda foydalanilmasa, kredit shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinishi va qaytarib olini- shi mumkin.
Kreditning o'z vaqtida qaytarilmasligi va bank foizlari toʻlan- magan holatlarda bank qo'shma korxonaga nisbatan quyidagi cho- ralarni ko'rishi mumkin:
1. Qaytarilmagan kredit miqdorini muddati oʻtgan hisoblab, oshirilgan foizda undirib olish.
2. Kelgusida kreditlashtirishni to'xtatish.
3. Yangi kreditlar berishdan voz kechish.
Xorijiy valyutada kredit berilganda milliy bank kredit oluvchining yillik foydalanmagan mablag'i qismidan 6,5 foiz undirib oladi. Shu jumladan, qo'shma korxona telegraf elektron pochta va boshqa sarflarni ham qoplaydi.
Qo'shma korxona tomonidan qaytarish muddati o'tib ketsa, bank o'tish sababini ko'rib chiqadi va o'z ixtiyori bilan qaror qabul qiladi:

  • qo'shma korxonaning valyuta schyotidagi mablag'i hisobiga qaytarib olish;

  • korxonaning valyuta schyotida yuqoridagi mablag' bo'lmagan holda muddati oʻtgan kreditlar hisobiga kiritish va chet el valyutasida qo'shimcha shartnomalarda koʻrsatilgan miqdorda foiz olish;

  • barcha qarzlarni foizi bilan majburiy to'lash muddatini belgilash;

  • berilgan kreditlardan kelgusida foydalanishni to'xtatib qoʻyish;

  • qo'shma korxonadan ilgari xorijiy valyutada olingan barcha kreditlarni qaytarishni talab qilish.

Qo'shma korxona tomonidan investitsiya xususiyatiga ega bo'lma- gan tovar va xizmat xarajatlarini qoplash uchun so'mga aylanti- rilgan muddatli kreditlarni beradi. Qo'shma korxonalar mulki va mulk manfaatlari tomonidan amalga oshiriladi. Sug'urta to'lovlarini qo'shma korxonalar balans foydasidan to'laydilar. Qo'shma korxonalarda quyidagi mulk va mulkiy munosabatlar sug'urta qilinadi:

  • ijaraga olingan yoki ijaraga olinmagan asosiy vositalar;

  • aylanma mablag'larning bir qismi, ya'ni ombordagi ishlab chiqarish zaxiralari, oʻzi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar;

  • xoʻjalik faoliyati to'xtashi evaziga zararlar;

  • qo'shma korxona fuqarolik javobgarligi.

Yuqoridagi sug'urta turlari barcha qo'shma korxonalar uchun zarur. Ularga qoʻshimcha tarzda xoʻjalik faoliyatidan kelib chiqib, yana quyidagi sug'urta turlari tavsiya etilishi mumkin:

  • mashina va qurilmalarni sinishdan;

  • yuklarni transport vositalari orqali tashishni sug'urtalash; mulkni oʻgʻirlashdan.

Bu sug'urta turlari qo'shma korxonalar o'z xohishiga qarab ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Qoʻshma korxonalar sug'urta haqida shartnoma tuzishi uchun belgilangan tartibda va muddatda sug'urta kompaniyalariga ariza beradi.
Sug'urta organlari tomonidan ariza ko'rib chiqilgandan so'ng qo'shma korxonaga sug'urta qoidalari, shartlari, sug'urta summasi, javobgarlik chegarasi, muddati, sug'urta qiymati va boshqa ma'lumotlar beriladi. Loyiha maʼlumot olingan kundan boshlab 14 kun muddat ichida tuzib chiqiladi. Qo'shma korxona loyihani olgandan so’ng 30 kun ichida sug’urta organig barcha xujjatlarning 1 tadan asl nusxalarini mas’ul shaxslar imzosi bilan jo’natadi.


Xulosa


Qo'shma korxonalar tashkil etish bu murakkab jarayon hisoblanadi. Bu yerda hamkorlar tanlanadi, ular orasida ushbu masala yuzasidan muzokaralar olib boriladi. Muzokaralarda tomonlarning asosiy qarashlari aniqlanadi, oldindan olib borilgan muzokaralar bosqichida kelgusidagi maqsadlar kelishib olinadi va ular shartnomalarda rasmiylashtiriladi. Tuzilgan shartnomalar qo'shma korxonalar tashkil etishning asosiy hujjati hisoblanmaydi.
Chunki qo'shma korxona tashkil etilganini tasdiqlovchi hujjat faqat mahalliy hokimiyat qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatdan oʻtkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma asosiy hujjat hisoblanadi. Ro'yxatdan o'tgan kundan boshlab esa qo'shma korxona yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
Qo'shma korxonalar faoliyati doirasi keng hisoblanib, u tadbirkorlikning barcha faoliyat turlariga xosdir, ya'ni ishlab chiqarish sohasida, xizmat koʻrsatish sohasida, savdo vositachilik sohasida, moliya bozorida va hokazo.
Qo'shma korxonalar tashkil etilishi natijasida ishlab chiqa- rishda mashina va qurilmalar yangilanishi ortadi, mahsulot raqobatbardoshliligi bosh mezonga aylanadi.
Ro'yxatdan chiqarilgandan so'ng O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika departamentiga, Davlat Soliq qo'mitasiga va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga bu haqda ma'lum qilishi kerak.
Qo'shma korxonalar nizomi vaqti-vaqti bilan ta'sischilar to- monidan qayta ko'rib chiqilishi va unga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Qo'shma korxonalar nizomining yangi tahriri ham tegishli davlat organlari tomonidan qaytadan tasdiqlanadi.
Agar qo'shma korxonaning filiali tashkil etilayotgan boʻlsa, filial haqidagi nizom ham taqdim etiladi.
Tashqi investor o'z ulushini pul ko'rinishida, texnologiya holatida taklif etishi mumkin.
Qo'shma korxonalar iqtisodiy samaradorligini keng doiralarda hisoblashimiz mumkin:

  • qo'shma korxonalar iqtisodiy koʻrsatkichlarining loyihaga mos kelishi;

  • eng qulay joy tanlanishi;

  • ishlab chiqarish navbatining maqbul tuzilishi tanlab olini-

  • korxona maqbul quvvatining aniqlanishi;

  • bir necha manbalar boʻyicha moliyalashtirilgan kapital sarf- larni taqqoslash natijalari;

  • harakatdagi korxonada kapital mablag'lar joriy etish qaro- rini qabul qilish tartibi;

  • asosiy fondlar yangilanish va chiqarib tashlash muddati masalalarini oʻrganish;

  • turli texnologik jarayonlarni taqqoslash;

  • qurilmani sotib olish yoki ijaraga olish qulayligining samaraliligini taqqoslash;

  • korxona qiymatini taqqoslash va h.k.


Yüklə 62,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin