Mavzu: Milliy iqtisodiyotda qo’shma korxonalarning tutgan o’rni Mundarija


Qo'shma korxona tashkil etish va uning xalq xoʻjaligidagi samarasi



Yüklə 62,58 Kb.
səhifə4/11
tarix19.04.2023
ölçüsü62,58 Kb.
#100815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qur.men OZOD

6. Qo'shma korxona tashkil etish va uning xalq xoʻjaligidagi samarasi
1. Respublika daromadining o'sishi:

  • qo'shma korxonadan olingan foyda solig'i;

  • chet ellik ta'sischi ulushini chetga chiqarish evaziga olingan foydasidan toʻlov;

  • chet el qatnashchisining chet elga oʻtkazib berilgan foyda soligʻi.

2. Mahalliy qatnashchi foydasi.
3. Oʻzbekiston banklari tomonidan qo'shma korxonalarga be- rilgan kreditlar:

  • kreditning qaytarilishi hisobiga tushum, shu jumladan, foizi qo'shib hisoblanganda;

  • respublika banklarida qo'shma korxona mulkini saqlash evaziga olingan to'lovlar.

4. Oʻzbekistonlik ta'sischining nizom fondidagi hissasi.
Qo‘shma korxonalarda zaxira fondi balans foydadan soliqqa tortilgunga gadar o‘z ulushidan tashkil topadi. Uning miqdori nizom fondining 25 foiziga yetgunga qadar zaxira fondiga ajratib boriladi.
Asosiy zaxira fondiga yillik ajratma miqdori ta’sis hujjatlarida belgilangan tartib bo‘yicha korxonaning birinchi faoliyat ko‘rsata boshlagan yilidan amalga oshiriladi. Chunki belgilangan foyda darajasiga erishgunga qgadar bir-ikki yil davlat byudjeti to‘lovlaridan ozod etiladi.
Zaxira fondi ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan maqgsadlarga sarflanadi.
Bundan tashqari, ta’sis hujjatlarida sarflangan mablag‘larning o‘rnini qoplash shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Korxona nizomida ko‘rsatilgan bo‘lsa, amortizatsiya fondi, ishlab chigarishni rivojlantirish fondi va hokazo, boshqa fondler ham tashkil etilishi mumkin.


1.2. Ta'sischilar va ularning manfaatlari


Ta'sischilar manfaatlari - bu qo'shma tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan tomonlar orasidagi koʻzlangan maqsadlardir. O'zbekiston tomoni manfaatlari:

  • Oʻzbekiston Respublikasi ulushiga yarasha foyda olish, bu kelgusida mustaqil ravishda korxona fondiga yo'naltiriladi;

  • ilg'or texnika va texnologiyadan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi shakllariga oʻtish;

  • marketing xizmatini yaxshilash, mahsulotni sotish va rek- lama qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;

  • bozor talabini sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan ta'minlash. Chet ellik ta'sischilar manfaatlari;

  • ma'lum bir mehnat intizomiga ega boʻlgan arzon ishchi kuchiga ega boʻlish, evaziga oʻz texnologiyasidan samarali foyda- lanishga erishish;

  • chet ellarga kapital chiqarish evaziga nisbatan yuqori foyda olish; mahsulotlar sotib olish bozorini ma'lum bir miqdorga kengaytirish.

Qo'shma korxonalarning strategiyasi iqtisodiy va ilmiy-texnik sohalarda koʻzlangan bosh maqsadga erishishdir. Qoʻshma korxonalarning asosiy maqsadi keng qamrovli boʻlib, u shaxsiy xoʻjalik faoliyatining xarakteri va yoʻnalishidan kelib chiqib belgilanadi. Ularga:
1. Murakkab va chuqur fundamental izlanishlar talab qiladigan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish.
2. Chetga mahsulot sotishni kuchaytirish va jahon bozorida o'z o'rniga ega boʻlish.
3. Valyuta koʻrinishida daromad olish.
4. Yollangan kapitalga nisbatan kam foizlar belgilangan sar- moyalarga ega boʻlish.
Qo'shma korxonalarning tashkil etilishi ta'sischilarning bir qancha afzalliklarga ega boʻlishiga olib keladi.
Jumladan:

  • kapital mablag'ni jalb etishda naqd pulga boʻlgan ehtiyoj- ning uncha katta emasligi;

  • chet el investitsiyasidan foydalanish evaziga daromad olishda ishtirok etish;

  • jahon bozorini oʻrganish, tajriba orttirish va ulardan kelgusi- dagi hamkorlikda keng foydalanish;

  • mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish;

  • ma'muriy boshqarish, sotish xarajatlarini iqtisod qilish.

Yuqoridagilar orasida oxirgi ikki omil qo'shma korxonalar samaradorligi ortishida alohida oʻrin tutadi. Qo'shma korxonalarning asosiy tashkiliy shakllariga quyidagilar kiradi:

  • mas'uliyati cheklangan kompaniya;

  • hissadorlik jamiyatlari;

  • shartnoma asosida qoʻshma tadbirkorlik.

Yuqoridagi qo'shma tadbirkorlikning qaysi bir tashkiliy-huquqiy shaklining tanlanishi ta'sischilar tomonidan qo'shma faoliyat tashkil etilayotgan davlat qonunlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Mas'uliyati cheklangan korxonalar jahonning bir qator mam- lakatlari - Angliya, Avstriya kabi davlatlarga xos bo'lib, har ikki tomon ham korxonani boshqarishda ishtirok etadi. Korxonaning nizom fondidagi ulushiga qarab moliyaviy shartlarni bajaradilar.
Hissadorlik jamiyatlarining asosiy koʻrinishi korporatsiya hisoblanadi. Hissadorlik jamiyatlari G'arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSHga xosdir.
Hozirgi zamon amaliyotida xalqaro qo'shma korxonalarning eng ko'p tarqalgan shakli qo'shma hissadorlik jamiyatlari hisob lanadi. Mulk shaklining ushbu ko'rinishida hamkorlar faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar aksiyalarini sotib oladi yoki yangi kompaniyalarni ro'yxatdan o'tkazib, o'z aksiyalarini chiqaradi. Masalan:
“Alisher Navoiy Interneshnl” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi O'zbek- Amerika qo'shma korxonasi ta'sischilari:
1. Markaziy Osiyo - Amerika tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi.
Prezident: Richard Brensshrot, Vitse-prezident: Patrik Diki.
2. Ochiq turdagi «Alisher Navoiy» hissadorlik jamiyati:
Rais: Haitboy Abdulhakimov.
Bosh muhandis: G'iyos Xudoyberdiyev.
3. Aksiyador: Muhammad Iqbol.
“Alisher Navoiy Interneshnl” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi O'zbek-Amerika qo'shma korxonasi nizom fondi.
Nizom fondi: 6.756.750 AQSH dollari: 345.945.600 so'm.
Aksiyalar soni: 10000 ta.
Bir aksiyaning nominal qiymati: 34.594,56 so'm.
Nizom fondi quyidagi 1-jadvalda koʻrsatilgan tartibda ta'sis- chilar orasida taqsimlangan:
Alisher Navoiy Interneshn” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi O’zbek – Amerika qo’shma korxonasi joylashtirgan aksiyalar




Yüklə 62,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin