Mavzu: Milliy iqtisodiyotda qo’shma korxonalarning tutgan o’rni Mundarija


Qo'shma korxonani ro'yxatdan oʻtkazish va faoliyat yuritish tartibi



Yüklə 62,58 Kb.
səhifə8/11
tarix19.04.2023
ölçüsü62,58 Kb.
#100815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qur.men OZOD

2.2.Qo'shma korxonani ro'yxatdan oʻtkazish va faoliyat yuritish tartibi


Qo'shma korxonani ro'yxatdan oʻtkazish Respublika Adliya vazirligi, Moliya vazirligi qoshidagi davlat daromadlari boshqarmasi tomonidan o'tkaziladi. Buning uchun:

  • davlat daromadlar boshqarmasiga oʻzbekistonlik ta'sischi tomonidan ariza beriladi;

  • qo'shma korxona tashkil etilayotgan vazirlik yoki Vazirlar Mahkamasi qarorining nusxasi ilova qilinadi.

Davlat daromadlari boshqarmasi qo'shimcha ta'sischilar, moliyalashtiruvchi banklar haqidagi ma'lumotni so'rashlari mumkin. Chet ellik investorlar O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokida korxonalar tashkil etishlari hamda O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan o'zlariga berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishga haqlidirlar. O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan qo'shma korxonalarda chet ellik investorning aksiya (pay) ulushi Nizom (ustav) jamg'armasining kamida 30 foiz qismini tashkil qilishi shart.
Qo'shma korxonalar tashkil etish toʻgʻrisida berilgan barcha arizalar qonun doirasida hal etiladi. Agar topshirilgan hujjatlarda respublika qonunlariga zid keladigan holatlar mavjud boʻlsa, rad etiladi.
Buning uchun ta'sischilardan quyidagi hujjatlarni taqdim etish tavsiya etiladi:

  • oʻzbekistonlik ta'sischi tomonidan Moliya vazirligi qoshidagi davlat daromadlar boshqarmasiga yozma ravishda ariza;

  • qo'shma korxona tashkil etayotgan vazirlik yoki Vazirlar Mahkamasi qarorining nusxasi;

  • ta'sis shartnomasini notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

  • Nizom (ustav).

Qo‘shma korxonalar faoliyatidagi baholarni shakllantirish muammolarini ikki guruhga bo‘lamiz.
Birinchi guruh muammolari ta’sischilar orasida yuzaga keladigan muammolar: nizom fondidagi ulushni baholashdagi muammolar, tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlarni o‘zaro almashuvdagi muammolar va hokazo.
Qo’shma korxonalar orasidagi ikkinchi guruh muammo — bu qo‘shma korxona tomonidan uchinchi shaxsga o‘tadigan baho muammosidir.
Yuqoridagi barcha holatlarda quyidagi ko‘p tomonli, har xil darajadagi giymatga asoslanish kerak, ya’ni jahon bozoridagi shartnoma baholari, ichki bozordagi baholar va qo‘shma tadbirkorlikda gatnashuvchilarning individual xarajatlari.
Ichki va tashqi jahon bozori baholarida yagona aniq tartib yoki bir mezon mavjud emas, shuning uchun baho muammosini hal etishda yuqorida ko*rsatib o‘tilgan har ikki guruhdan ham foydalanish mumkin.
Ta’sischilarning nizom kapitalidagi ulushini quyidagi tartibda aniqlab borish mumkin:

  • birinchidan, qo‘shma korxonaning mulkka nisbatan egalik huqugi (yer, suv va boshqa turdagi tabiiy resurslar, imorat, inshoot, mashina va qurilmalar, ilmiy izlanishlar natijasi, yangiliklar yoki kashfiyotlardan foydalanish);

  • ikkinchidan, qo‘shma korxonaga material boyliklarni mulk shaklida o‘tkazib berish;

  • uchinchidan, pul ko‘rinishidagi ta’sischilar mablag‘lari (milliy valyuta yoki erkin konvertatsiyalangan valyuta hisobida).

Barcha holatlarda ulushlarni pul shaklida baholashda aniq bir baho yoki kurs mutanosibligi evaziga bu muammolarni xal etish mumkin. Bu yerda asosiy tamoyil kelishilgan asosda baholash hisoblanadi. Har bir aniq holatda ushbu tamoyildan alohida ko‘rinishda foydalaniladi. Masalan, yer uchastkasi ko‘rinishidagi hissa yillik yerdan foydalanish huqugi giymatini bizning mamlakatda tomorgadan foydalanish muddatiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Tabiiy resurslarning pul ko‘rinishidagi baholash tizimi hali to‘la tartibga solinmagan. Yer hagidagi gonunlarda bular yetarli darajada ochib berilmagan.
Yerni baholashning asosiy omillari quyidagilar bo`lishi kerak:
1. Yer rentasini hisobga olgan holda yigʻilgan daromad.
2. Qoʻshma korxona ushbu yer maydoni foydalanish evaziga kutilayotgan zarar yoki foyda.
3. Infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi.
4. Jahon bozoriga ushbu mahsulotni chiqarayotgan davlatlarning tabiiy sharoitga mos keladigan bahosi.
Qoʻshma korxona oʻziga zarur bo’lgan mahsulotlarning iste'molchisi hisoblansa, birinchidan, oʻzi joylashgan bozordagi bahoga, ikkinchidan, tashqi bozordagi aniq va jahon bozori bahosiga asoslanishi mumkin.
Agar korxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon bozoriga chiqsa, ishlab chiqarish vositalarini sotib olishda ulgurji savdoning qulay yoʻllarini tanlab oladi. Ta'minot organlari orqali yetkazib berilsa, tashqi savdo bahosi orqali amalga oshiriladi.
Bahoni shakllantirishda xalqaro shartnoma va ichki bozor baholari asos qilib olinadi. Bularning orasida eng asosiysi jahon baholari boʻlib, u mahsulotlar raqobatbardoshliligini rag‘batlantiradi hamda tashqi bozorga chiqishni ta'minlaydi.
Eksport baholari raqobatbardoshlilikni hisobga olib belgilanadi va bu baho oʻzida muomala xarajatlari bilan bir qatorda, bozorning iste'mol imkoniyatlarini ham aks ettiradi.



Yüklə 62,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin