2.3. Qo'shma korxonalar faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarga iqtisodiy baho berish
Qo'shma korxonalar tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan xara- jatlarga asosiy fondlar uchun sarflangan kapital mablag'lar, mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan joriy xarajatlar, shu jumladan, bank kreditlari va ijaraga olingan qurilmalarga oldindan to'lovlar kiradi. Har bir ta'sischi xarajati miqdori qo'shma korxonaning moliya va material mablag'larga ehtiyoji ularning nizom jamg'armasidagi ulushiga qarab belgilanadi. Nizom jamg'armasi - bu ta'sischilar tomonidan belgilangan qo'shma korxona ishlab chiqarish faoliyatini olib borish uchun talab etiladigan kapital sarf. Bu jamg'arma tomonlar mablag'lari va qo'shma korxona tomonidan olingan uzoq muddatli kreditlar- dan tashkil topadi.
Nizom jamg'armasini aniqlashda ta'sischilar tomonidan hal etiladigan asosiy masalalarga quyidagilar kiradi:
ta'sischilar jamg'armasini qiymat jihatidan baholash;
Nizom jamg'armasini kengaytirish imkoniyatlari va manbalari, faoliyatning boshlang'ich bosqichi va nizom fondidagi ta'sischilar ulushi.
Qo'shma korxonalarda tomonlarning nizom jamg'armasidagi ulushini baholashda bir necha holatlar:
ta'sischi tomonidan qoʻshilgan imorat, inshoot va infratuzilma qiymati;
ta'sischilar tomonidan qoʻyilgan yer, suv va boshqa tabiiy manbalar qiymati;
qo'shma korxonaga oʻtkazilgan mashina qurilmalar va boshqa mulklar qiymati va hokazolar nazarda tutilgan.
Qo'shma korxonaning normal faoliyati uchun yaroqli boʻlgan mashina va qurilmalar, transport vositalari va boshqa mulklar baholanib, nizom jamg'armasi tarkibiga kiritiladi. Baholashda asosiy vositalarning jismoniy va ma'naviy eskirishiga alohida e'tibor beriladi.
Chet el investori ta'sis shartnomasiga asosan o'z ulushi bada- lidan texnika va texnologiya, xomashyo olib kelish, zarur holatlarda esa bularning qiymatini pul shaklida qoʻyish majburiyatini olishi mumkin.
Masalan, quyida “Alisher Navoiy Interneshnl” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi O'zbek - Amerika qo'shma korxonasining nizom jamg'armasi tarkibi aks ettirilgan:
Fondning aksiyadorlik ulushi 3.750.000 AQSH dollariga teng baholangan, uning so'mdagi ekvivalenti 192.000.000 so'm. Ushbu mablag' evaziga quyidagi mashina va uskunalar sotib olingan:
Trepalnaya mashina - 1 dona (Xitoy);
Chesalnaya mashina - (Xitoy) - 35 dona;
Lentochnaya mashina - (Yaponiya) 4 dona;
Mashina simpleks - 8 dona (Xitoy);
Kolsevaya rama - 36 dona (Xitoy);
Avtokoner 7 dona (Yaponiya);
Sifat nazorati laboratoriyasi (AQSH) - 1 dona. Mahalliy korxonaning ulushi 3.000.000 AQSH dollariga teng baholangan, uning so'mdagi ekvivalenti 153.600.000 so'm.
Ushbu mablag' tarkibi ta'sischilar tomonidan yaroqliligi tan olingan va kelgusida foydalanish imkoniyati boʻlgan asosiy vosi- talar qiymatidan tashkil topgan.
Korxonaning aksiyadorlik ulushi 3.000.000 AQSH dollariga teng baholangan, uning so'mdagi ekvivalenti 153.600.000 so'm. Shu jumladan:
Trepalnaya mashina - 24 dona;
Chesalnaya mashina - 40 dona;
Lentochnaya mashina 14 dona;
Rovnichnaya mashina - 12 dona;
Pryadilnaya mashina - 105 dona;
Motolnaya mashina - 8 dona;
Snovalnaya mashina - 3 dona;
Shlixtovalnaya mashina - 2 dona;
To'quv stanogi - 470 dona;
Yaroqsiz mahsulotni hisobga oluvchi mashina 6 dona;
Transformator 5 dona;
Ventilyatsiya - 7 dona;
Markaziy remont ustaxonasi – 1 dona:
Qozonxona 10 dona;
Kompressor – 3 dona
Charxlash ustaxonasi - 1 dona;
Avtobus - 4 dona;
«Volga» avtomashinasi - 1 dona;
«Espero» avtomashinasi - 1 dona;
Traktor - 2 dona;
«KamAZ» avtomashinasi - 1 dona;
Karo - 1 dona;
Imorat, shu jumladan, hovlisi bilan: Markaziy ombor - 1 ta;
Yong'in xavfsizligi posti - 1 ta.
Bundan tashqari, ular tarkibiga jami qiymati 2.300.000 AQSH dollari, so'mdagi qiymati 117.760.000 so'm hisoblangan, xom ashyo va ishlab chiqarish chiqitlari, tayyor mahsulot va boshqa iste'mol tovarlari ham kiritilgan.
Uchinchi ta'sischining ulushi 700.000 AQSH dollari yoki so'mdagi qiymati 35.840.000 so'mni tashkil etadi.
Foyda yoki zarar qoʻshma korxonalarning moliyaviy natijasi hisoblanadi. Qo`shma korxona balansi foydasi quyidagilardan tarkib topadi: boshqa realizatsiya jarayonlari evaziga olingan foyda foydalanilmagan daromad va zarar.
Mahsulot sotishdan olingan foyda mahsulotni sotish evaziga olingan tushumdan ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Boshqa faoliyat yuzasidan moliyaviy natija korxonadagi ortiqcha tovar material boyliklarini sotish evaziga olingan tushum, sanoat xususiyatiga ega bo‘lolmagan xizmatlar, suv, gaz va elektr energiyasini tashqariga sotish evaziga olingan tushumlardan tashkil topadi.
Foydalanilmagan daromad va zarar — bu olingan yoki to‘langan jarimalar, ularning foizlari, qimmatbaho qogʻozlar sotishdan olingan foyda yoki zarar, kutilgan kapital mablaglar evaziga olingan daromadlar, valyuta kursi orasidagi farq evaziga foyda yoki zarar, tabiiy ofatlar hisobiga yo‘qotish, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan qarzlardan voz kechish, o‘tgan davr hisobotlarini tekshirish natijasida yuzaga kelgan foyda yoki zararlar hisoblanadi.
Qo‘shma korxonalar balans foydasidan qonunda belgilangan tartib bo‘yicha ta’sis shartnomasi asosida foydalaniladi. Uning hisobidan zaxira, sug‘urta, ishlab chiqarishni rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyoti, jamoaning ijtimoiy-igtisodiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan fondlar yaratiladi. Bank kreditlaridan foydalanganlik foizlari, foyda solig‘i to‘lanadi, korxona nizom fondi to‘ldiriladi.
Qo‘shma korxonaning balans foydasidan davlat byudjetiga to‘lovlar chegirib tashlashdan qolgan qismi ta’sischilar orasida ulushga qarab bo‘lib olinadi (dividend ko‘rinishida).
Chet ellik investorlarga foydadagi ulushi chet el valyutasida to‘lanishi nizomda kafolatlanadi. Chetga chiqarilgan tovardan tashqari, mahsulotlarning barchasi ichki bozorda sotiladi.
Qo‘shma korxonaning normativ hujjatlarida fondlar tizimining soni va foydalanish maqgsadlari aks ettiriladi. Zaxira fondi majburiy hisoblanadi. Qolgan fondlarni tashkil etish tartibi va ulardan foydalanish ta’sis hujjatlarida aks ettiriladi.
Qo'shma korxonalarning xalq xoʻjaligidagi samarasi uning daromadlari va xarajatlarini taqqoslash orqali aniqlanadi. Ular quyidagilarda namoyon boʻladi.
Birinchidan:
davlat byudjetiga ajratma miqdorida;
respublikamiz ishtirokchisiga ajratilgan foyda ulushida;
qo'shma korxonalar tomonidan boshqa xizmatlari uchun to'lovlar ko'rinishida;
qo'shma korxonalar evaziga boshqa tushumlar boʻyicha.
Ikkinchidan:
qo'shma korxonaga berilgan kreditlar;
qo'shma korxona mablag'larini davlat banklarida saqlash uchun to'lovlar.
Shuni ham unutmaslik kerakki, qo'shma korxonalar tashkil etish va faoliyat yuritishi xalq xoʻjaligi samarasining aniq o'lchovini talab qiladi.
Har bir ta'sischi qo'shma korxona tashkil etganligi uchun se- zilarli natijaga ega boʻlishi kerak. To'g'ridan-to'g'ri oladigan samarasi - bu ushbu korxona foydasining bir qismiga ega bo'lishdir.
Qo'shma korxona samaradorligini aniqlashning boshlang'ich prinsipi korxona kapitali va joriy sarflarini faoliyat natijasiga taqqoslashdir. Asosiysi, bu qo'shma korxonaning ichki va tashqi bozorda mahsulot realizatsiya qilishi evaziga (so'mda yoki chet el valyutasida) olgan foydasidir.
Qo'shma korxonalarda foyda mablag'larni banklarda saqlash, tovar va pul zayomlari, qimmatbaho qog'ozlarni sotib olish, har xil jamiyatlarda ulushchi sifatida qatnashishi evaziga ham olinishi mumkin. Qo'shma korxonalarning xarajatlari funksional ahamiyatiga koʻra ikki guruhga boʻlinadi:
kapital xarajatlar;
joriy xarajatlar.
Kapital xarajatlarga qo'shma korxonalarni tashkil etish, uni rivojlantirish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish xarajatlari kiradi. Foydaning ushbu xarajatlarga taqqoslanishi ularning rentabelligi va qoplash muddatini aniqlash imkonini beradi.
Joriy xarajatlar mahsulot tannarxini shakllantiradi (tashkil etadi). Ular tarkibiga material xarajatlar, amortizatsiya ajratmasi, manbalar uchun to'lovlar, ish haqi, yondashma xarajat va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari kiradi. Foydaning ushbu xarajatlarga nisbati ham samaradorlik imkonini beradi.
Samaradorlikni aniqlash uchun bir qator jadval ma'lumotlaridan foydalanishimiz mumkin.