XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki - masofaviy o`qitish bugungi kunda nafaqat o`quv maskanlari uchun zarur, balki bugungi kundagi globalizatsiyalash jarayonida katta-katta korxonalarga, muassasalarga o`zlariga mutaxassislar tayyorlashda, ularni qayta tayyorlashda, ularning bilim darajalarini va ko`nikmalarini yuqori darajada ushlab turishda muhim o`rin tutadi. Masofaviy o`qitishni qo`llagan holda aholining umumiy bilim darajasini va bu bilimning sifatini oshirish imkoni mavjud. Aholining barcha qatlamlarini bilim olishdagi ixtiyoriy talablarini qondirish mumkin bo`ladi. Bilimlarni o`z vaqtida keng aholiga tarqatish imkoni mavjud. Yagona ta`lim muhitini yaratib, unda barcha bilimlarni mujassamlashtirish imkoni mavjud.
Masofadan o`qitish usulida o`quvchi va o`qituvchi bir-biridan masofa bilan ajralgan bo`lsa ham doimiy muloqot saqlanib qoladi. Bu o`qitishni nazorat qilishning alohida usuli bo`ladigan elektron pochta va internet texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Malakani himoya qilish ishida asosan quyidagilar karab o`tilgan:
masofadan o`qitish haqida umumiy tushunchalar;
masofaviy o`qitishning hozirgi zamon holati va muammolari, kamchiliklarni tuzatish nazariyasi;
masofaviy o`qitish texnologiyalari va tashkil qilish usullari;
masofaviy ta`limda o`qituvchi aloqasi;
masofaviy ta`limda qo`llaniladigan texnologiyalar va ularning tavsiflari;
masofaviy kurslarni yaratishning kontseptual asoslari;
kursni elektron o`quv qo`llanma yaratuvchi “Natata ebook Compiler” dasturi bilan ishlash;
masofaviy o`qitish texnologiyalarining vositalari, videokonferentsiya qurilmalari;
masofaviy ta`limga mo`ljallangan portallar, ulardan qanday foydalanish, usullari qaralgan.
Malakani himoya qilish ishida umumiy qaralgan masalaning echimi va uning natijalari ilovada batafsil keltirilgan. Mavzuda ko`rib chiqilgan va keltirilgan ma`lumotlar masofaviy ta`limdan foydalanuvchilar qo`llanma sifatida foydalanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |