Mavzu: Ta’limda innavotsion texnologiyalar



Yüklə 18,44 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü18,44 Kb.
#193009
1   2   3   4   5
Shoira Muyassar

Markllund yangilik va o’zgarishlar orasidagi farq haqida quyidagicha tushuncha beradi: “Yangilik tushunchasi maktabda va ta’lim jarayonida o’zgarish so’zi bilan o’xshash holda qo’llaniladi. Agar bu o’zgarish maktab tizimini qamrab olsa, uni islohot deb qabul qilinadi. Ammo har qanday o’zgarishni ham yangilik deb qabul qilib bo’lmaydi. Yangilik oldindan qo’yilgan maqsadga erishishni ta’minlashi lozim. Yangilik har doim bir yoki bir necha sifatli mezonlarni hosil qiladi.”
Yangiliklarni joriy qilish asosida ta’lim berish quyidagi holatlarda yuqori samara beradi:
1) shaxsiy qiziqtiruvchi omillarga asoslangan bo’lganda. Talabalar o’quv jarayoni uchun mas’uliyatli bo’ladilar, chunki ular o’z ehtiyojlarini yaxshi biladilar.
2) birinchi navbatdagi ehtiyojlarga javob berganda. Ta’lim talabalarning birinchi navbatdagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o’qishga intilish yuqori darajada bo’ladi.
3) o’quvchilarning jalb etilishini ta’minlanganda. O’quv jarayonida sustkashlik bilan emas faol ishtirok etish.
4) mustaqil fikrga asoslanganda. O’quv jarayoni mustaqil fikrga asoslanganda, u eng katta samara keltiradi; talabalar bir-birlaridan o’rganadilar.
5) Teskari aloqani ta’minlaganda. Samarali bilim berilishi uchun yo’naltiruvchi va qo’llab quvvatlovchi teskari aloqa mavjud bo’lishi talab etiladi.
7) o’rganuvchilarga nisbatan hurmat namoyish etilganda. Murabbiy hamda o’quvchi o’rtasida o’zaro hurmat va ishonch mavjud bo’lishi o’quv jarayoniga yordam beradi.
8) do’stona muhit yaratilganda. Do’stona kayfiyatda bo’lgan talaba cho’chib o’tirgan, hayajonlanayotgan, badjahl talabaga nisbatan materialni ancha osonroq o’zlashtirib oladi.
9) qulay vaziyat sodir bo’lganda. Talabada o’zlashtirishga nisbatan motiv hosil bo’lsa, o’quv materialini tez va oson o’zlashtiradi.
Ta’lim jarayoniga yangiliklarni joriy qilishda talabalarda motiv komponenti hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Motivlarni hosil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
  • Berilgan bilim va ko’nikmalarning zarurligini tushuntirish;
  • Shaxsiy mas’uliyat hissini yaratish;
  • Jarayon vaqtida ishtirokchilarning qiziqishini uyg’otish va saqlab turish;
  • Orttirilgan bilimlardan hayotda qanday foydalanish mumkinligini tushuntirish;
  • Ma’qullash, e’tirof etish, rag’batlantirish;
  • Sog’lom raqobat;
  • Olingan bilimlardan kelajakda talabalar qanday muvaffaqiyatlar qozonishilari mumkinligi haqida muloqot qilishga imkon berish;
  • Tanlash imkoniyatini yaratish.


Yüklə 18,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin