4. O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy investitsion faoliyati tahlili.
Bu rejada men asosan 2017-2021 yillarda mamlakatimizda olib borilgan investitsiya faoliyati va uning tahlillarini, shuningdek, istiqboldagi yirik investitsiya loyihalariga to’xtalib o’tmoqchiman. Garchand rejada yaqin yillardagi investitsiya faoliyati haqida so’z yuritisada, e’tiboringizni, avvalambor, mamlakatimizning oz yillik tarixi davomidaga asosiy kapitalga kiritilga investitlar dinamikasiga qaratmoqchi edim:
18 yil ichida 310 martaga ortish, albatta, bu tempdagi o’sish o’z-o’zidan amalga oshayotgani yo’q, bunda mamlaktimiz tanlagan erkin bozor iqtisodiyoti va uni qurishga qaratilgan keng ko’lamdagi ichki va tashqi siyosati sababchi. Buning uchun mamlakatimizda ko’plab islohotlar, investorlar uchun qulay muhit, xususan, soliq imtiyozlari, valyuta almashunivi, bojxona to’lovlari bo’yicha bir qator imtiyozlar berilda(I bobda bu haqida to’xtalib o’tgandik). Bu o’zgarishlar faqat miqdorlarda emas balki tarkiban ham o’zgargan.
Solishtirish uchun e’tiboringizga quyida keltirilgan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yo’nalishi o’zgarishini keltirishimiz mumkin.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yo’nalishi o’zgarishi
2-diagramma
Manba: www.stat.uz
Bu shundan dalolat beradiki, mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimiz investitsiyalarni katta qismini SSSR tarqab ketgandan so’ng o’z ishlab chiqarish faoliyatini to’xtatgan, buning natijasida mavjud bino-inshoat, asbob uskunalar ham ma’nan ham jismonan eskirgan korxonalarni rekonstrutsiya qilishga sarflagan. Hozirda esa deyarli hamma korxonalar rekonstruktsiya qilinib bo’lingan, ammo, haligacha modernizatsiya qilish jarayoni jadal davom etmoqda va asosiy etibor yangi ishlab chiqarish korxonalari qurishga qaratilayapti.
O‘zbekistonda 2021-yilning o‘zida kapital investitsiyalar hajmi dollar hisobida qariyb 14 milliardni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizni tashkil etadi. “O‘zbekiston 2021” almanaxi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu investitsiya resurslari asosan sanoat (34,5%), uy-joy qurilishi (21,9%) va transport (15,5%) sohasiga yo‘naltirildi.
Dostları ilə paylaş: |