Sobitu sayyoruda Inson o`zing, Inson o’zing, Mulki olam ichra bir xotsop o `zing, sulton o `zing. «Inson» Erkin Vohidov o`z she`riyatida inson, mehnat, vatan, yoshlik, do`stlik, poklik, halollik, to`g`rilik, muhabbat, sadoqat, samimiylik va go`zallik singari abadiy dolzarb mavzularni lirika torlariga solib o`ziga xos yoqimli va ravon uslubda kuylaydi. Masalan, «Go`zallik» she`rida mehnat olamnigina emas, balki odamning o`zini ham o`zgartiradi; go`zal va ko`rkam qiladi, degan g`oya ustalik bilan ifodalangan:
Mulki borliq ichra bir mahal, Ko `rksizgina olam yaralgan. Bermoq uchun dunyoga sayqal Olam aro odam yaralgan. Shundan beri inson tinmayin Shu yer uzra ter to `kar hamon, Yerni go `zal qilgani sayin Go `zal bo `lar o `zi ham inson. Erkin Vohidov zamonamizning rang-barang mavzularini yoritishda barmoq vazni qulayliklaridan ham, aruz vazni imkoniyatlaridan ham birdek mahorat bilan foydalanadi. Darhaqiqat, Erkin Vohidov 60-yillarda: «Ey munaqqid, sen g`azalni ko`hna deb kamsitmagil, sevgi ham Odam Atodan qolgan inson qonida», – degan estetik nuqtai nazarni dadil ko`tarib chiqqan edi. Shu bilan birga, shoir yangi zamon ruhini aruz vaznidagi asarlar, jumladan, g`azallarda ham ifodalash mumkinligini amalda isbotladi.
Shoirning go`zal g`azallardan, muxammas va qasidalardan tashkil topgan «Yoshlik devoni» (1969) Erkin Vohidovning aruz vazni nozikliklarini chuqur o`zlashtirganini, yangi zamon g`oyalarini ifodalashda an`anaviy g`azal shaklidan mohirona foydalana olishini namoyish qildi. Erkin Vohidovning «Lola sayli», «Yoshligim, kel», «Barcha shodlik senga bo`lsin», «Shirin», «Do`st bilan obod uying» singari ko`plab she`rlari g`azal janrining mukammal, go`zal namunalaridir. Ularda qalamga olingan mavzular yuksak saviyada, g`oyat yoqimli qilib yoritilgan. Binobarin, bu g`azallardagi misralar o`zaro mustahkam bogiiq bo`lib, yaxlit bir hayotiy manzarani yoxud tugal bir g`oyaviy-poetik mazmunni hosil etadi. «Do`st bilan obod uying» g`azalida shoir xilma-xil tasviriy vositalar, xalq maqol va aforizmlari darajasidagi hikmatli misralar yaratib, o`zining do`stlik haqidagi shoirona xulosalarini g`azalning umumiy ruhiga singdirib yuboradi: