bilgan 3 4. Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55%dan kam o‘zlashtirgan o‘quvchilar 2 Izoh: o‘quv dasturining mantiqan tugallagan bilimi bo‘yicha o‘quvchi
albatta baholanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda qayta nazorat
belgilanadi.
20
(3-ilova) B/BX/B jadvali Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim “BBB” metodi Ushbu metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg‘ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quyidagicha tashkil etilishi mumkin: 1. Har bir guruh umumiy sxema asosida o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg‘ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo‘yicha umumlashtiriladi. 2. Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi. O‘quv faoliyati bevosita sinf doskasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi jadval (1, 2) asosida tashkil etiladi.