85.Mintaqaviy tashkiliy tuzilma.Mintaqaviy, mahsulotli va iste’molchilik tuzilmalari divizional tuzilmaning turli-tumanligini ko‘rsatadi, unga ko‘ra tashkilot tovarlar yoki xizmatlarning turlari, xaridorlar guruhlari yoki geografik alomatlari bo‘yicha element va bloklarga bo‘linadi. Masalan, agar tashkilot faoliyati kattaroq geografik hududlarni qartirab olsa, unda uning tashkiliy tuzilmasini hududiy ta-moyil bo‘yicha, ya’ni uning bo‘limlari joylashgan joy bo‘yicha qurish maqsadga muvofiqdir.Mintaqaviy tuzilmada mahalliy qonunlari odatlar va iste’molchilarning zaruratlari bilan bog‘liq muammolar tezroq va osonroq hal qilinadi, chunki tashkilotning mijozlar bilan hamda tashkilot a’zolari o‘rtasidagi aloqalari yo‘lga qo‘yiladi
86. Boshqaruvning kombinatsiyalashtirilgan tuzilmasi. Boshqaruvninkombinatsiyaiashtirilgan tuzilmasi bitta tashkilot doirasidagi bo‘linmalar ishi xususiyatlari bilan belgilanadigan, to‘g‘ri chiziqli vazifaviy va boshqa tashkiliy tuzilmalar yig‘indisidan iboratdir. Bunda tashkilot ushbu vaziyat uchun yaxshiroq to‘g‘ri keluvchi shaklni o‘z ichiga oladi. Masalan, firmaning bitta bo‘limida mahsulotli, boshqasida vazifali, uchinchisida matritsa tuzilmadan foydalanish mumkin. Qoidaga ko‘ra, boshqaruvning yuqori darajasi to‘g‘ri chiziqli vazifaviy tuzilma bo‘yicha quriladi. Boshqaruvning quyi darajasi odatda boshqaruvning to‘g‘ri chiziqli tuzilmasi bo‘yicha quriladi. Bunda tashkilotlar boshqaruv tuzilmalarining egiluvchanligi, ularning turli-tumanligi asosan boshqaruvning o'rtacha darajasi bilan belgilanadi. Tashkilotlardagi boshqaruvning yuqori va quyi darajalari o'zgarishlarga nisbatan konservativroqdir
87. Korxonalarning asosiy tashkiliy-huquqiy shakllari. Hozirgi sharoitda tashkilot (xorij amaliyotida firma) bozordagi raqobat munosabatlarining asosiy harakatlanuvchi shaxsi hisoblanadi.Tijorat, ya’ni foyda olish uchun harakat qiluvchi tashkilotlar (korxona!ar)ning tarixi tomirlari bilan an’anaviy jamiyatga borib taqaladi. Ularning u yoki bu shakllari amalda uzoq o‘tmishning barcha buyuk sivilizatsiyalarida qayd etilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi hozir bozor munosabatlarini shakllanishi bosqichidadir. Ushbu jarayonning huquqiy ta’minlashi ко ‘pgina yo‘nalishlari hozir yangilangandir. Bu eng muhim yo‘nalish tashkilotlar faoliyatini huquqiy tartibga solishga ham tegishlidir. U avvalo 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining me’yorlariga muvofiq amalga oshiriladi, u korxonalar va tashkilotlar yuridik shaxslarning quyidagi tashkiliyHozirgi sharoitda tashkilot (xorij amaliyotida firma) bozordagi raqobat munosabatlarining asosiy harakatlanuvchi shaxsi hisoblanadi.Tijorat, ya’ni foyda olish uchun harakat qiluvchi tashkilotlar (korxona!ar)ning tarixi tomirlari bilan an’anaviy jamiyatga borib taqaladi. Ularning u yoki bu shakllari amalda uzoq o‘tmishning barcha buyuk sivilizatsiyalarida qayd etilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi hozir bozor munosabatlarini shakllanishi bosqichidadir. Ushbu jarayonning huquqiy ta’minlashi ко ‘pgina yo‘nalishlari hozir yangilangandir. Bu eng muhim yo‘nalish tashkilotlar faoliyatini huquqiy tartibga solishga ham tegishlidir. U avvalo 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining me’yorlariga muvofiq amalga oshiriladi, u korxonalar va tashkilotlar yuridik shaxslarning quyidagi tashkiliy— ishlab chiqarish kooperativlari;
— davlat unitar korxonalari;
— notijorat tashkilotlar.
0 ‘z navbatida xo‘jalik o‘rtoqliklari va jamiyatlari quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarga ega bo‘lishlari mumkin:
— to‘liq o‘rtoqlik;
— ishonchdagi o‘rtoqlik;
— mas’uliyati cheklangan jamiyat;
— qo‘shimcha javobgarlikka ega jamiyat;
— ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati;
— yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati;
— sho‘ba va bogliq jamiyatlar.